Ta'lim nazorati
104K subscribers
4K photos
965 videos
420 files
5.91K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#Bilasizmi #Qabul2023 #Abituriyent2023
Test topshiriqlari soni va ularning qiyinlik darajasi

▶️ Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:

🔹 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
🔹 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi.

📚 Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

1️⃣ oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
2️⃣ o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
3️⃣ qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.

📌 Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023
Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklardan olinadi

🏫 my.uzbmb.uz saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tishda ta’lim muassasasini tugatgan yili sifatida 2022-yilgacha bo‘lgan yillarni tanlash mumkin. Bunda 2023-yil chiqmaydi.

📌 Chunki joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari ular tahsil olgan ta’lim muassasasi qaysi vazirlik tasarrufida bo‘lsa, mazkur vazirlikning bazasidan real vaqt rejimida olinadi.

❗️ Lekin ayrim ta’lim muassasalari tomonidan o‘z bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq shakllantirilmagani sababli abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularning tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari chiqmayapti.

Shunday holatda abituriyentlardan tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmasdan, o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasasi (maktab, litsey, kasb-hunar maktabi) ga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

👨‍💻 Ta’lim muassasasi tomonidan tegishli ma’lumotlar bazaga kiritilganidan so‘ng abituriyentlar “Tugatgan ta’lim muassasasi” bo‘limidan “Yangilash” tugmasini bosish orqali tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini yangilab olishlari mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023 #Abituriyent2023
Chet tilidan ijodiy imtihonlarni o‘tkazish tartibi

Bu yil 8 ta OTMda chet tilidan ijodiy imtihon olinadi. Ularga hujjat topshirgan abituriyentlar faqat shu OTMlar ichidan 5 ta yo‘nalish tanlashi kerak. Chet tilidan test olinadigan OTMdagi yo‘nalishni tanlash imkoni yo‘q. Sababi test va ijodiy imtihon formati va beriladigan ballar bir-biridan farq qiladi.

👉 Chet tilidan ijodiy imtihon olinadigan OTMlar ro‘yxati

Ijodiy imtihon qanday olinadi?
Ijodiy imtihonlarda abituriyentlarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.

📚
Imtihonlar 11 ta chet tili — ingliz, nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon, hindiy, turk, arab va fors tillari bo‘yicha tashkil etildi va chet tillarni bilishning B1 darajasi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.

📆 Imtihon natijalarini hisoblash oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga qadar yakunlanadi va natijalar abituriyentlarning shaxsiy kabinetida e’lon qilinadi. So‘ng abituriyent qolgan bloklar uchun bo‘lib o‘tadigan test sinovida qatnashadi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM