Ta'lim nazorati
100K subscribers
4.01K photos
968 videos
428 files
5.94K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#Qabul2023   #RasmiyMunosabat

Ushbu test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga oid bo‘lib, OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2023   #RasmiyMunosabat

Turli telegram kanallarda Sardor ismli abituriyentga tegishli javoblar varaqasi tarqatilib, unda 90 ta test topshirig‘ini ishlagan abituriyent 0 ball olgani muhokama qilinmoqda.

1. E’lon qilinayotgan rasmdan ham ko‘rish mumkinki, ushbu javoblar varaqasi joriy yilga emas, balki 2022-yilda o‘tkazilgan test sinovlariga tegishli.

2. Internetda tarqalayotgan ushbu rasm soxta bo‘lib, aslida abituriyent test sinovi natijasiga ko‘ra 45 ball to‘plagan.

Izoh: chap tomondagi (telegram kanallarda tarqatilayotgan) rasm - soxta, o‘ng tomondagi rasm - haqiqiy.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#RasmiyMunosabat

Kun.uz internet nashrida e’lon qilingan maqola yuzasidan

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida” nizomda maqsadli qabul tartibi belgilangan.

Unga ko‘ra ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan taqdirda, tanlov har bir hudud bo‘yicha alohida o‘tkaziladi.

Hududlar kesimida maqsadli qabul kvotalari tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul muayyan hududda doimiy yashaydigan (pasportdagi ma’lumoti bo‘yicha) abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda abituriyent mazkur hududda muayyan muddat yashagan bo‘lishi kerak degan talab belgilanmagan.

Shu sababli maqsadli kvota uchun tanlov abituriyentning doimiy yashash hududi (pasportdagi ma’lumoti bo‘yicha) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlarning doimiy yashash manzili Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimidan olinadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM