Ta'lim nazorati
102K subscribers
4.01K photos
967 videos
425 files
5.93K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Қўшма хат!.pdf
629.3 KB
#savol_javob

👉 Yangi joriy etilgan “Tarbiya” fanidan kimlar dars berishlari mumkin?

👉“Odobnoma”, “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlaridan olingan malaka toifasi “Tarbiya” fani uchun ham kuchga egami?

👉 “Boshlangʻich taʼlim” boʻyicha olingan malaka toifalari boshlangʻich sinflarda oʻqitiladigan qaysi fanlar uchun kuchga ega?

Mazkur savollarga Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligining yuqorida keltirilgan qoʻshma xatida javob olishingiz mumkin!

Taʼlim inspeksiyasi kanaliga ulanish👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEm4cpr_D6kNejJ68A
#Pedagoglar_attestatsiyasi
#Savol_javob

📥 Assalom alaykum.2021-yil navbatdan tashqari attestatsiyaga ro'yxatga yozildim. Yanvar oyida bola ta'tiliga chiqaman. Attestatsiya mart oyida o'tkazilsa, bola ta'tilida bo'lsam ham ishtirok eta olamanmi?

Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgan holda uzoq muddat (uch oydan ortiq) davolanayotgan, homiladorlik, tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtilidagi pedagog kadrlar ish faoliyatiga qaytganlariga bir yil toʻlgandan soʻng attestatsiyaga jalb etiladi.

📥 Assalomu alaykum, 13 yillik pedagogik stajim bor. 2020-o'quv yilida boshqa ta'lim muassasasiga ishga o'tdim. Ish jarayonimda uzilish bo'lmagan toifa uchun hujjat topshirsam, bo'ladimi? Menga faoliyatingizga 1 yil to'lmagan deyishyapti.

Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandiga ko'ra, ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar bir yildan soʻng, oliy yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini bitirib birinchi bor ishga kirganlar kasbiy faoliyatiga uch yil toʻlgandan soʻng attestatsiyaga jalb etiladi.

📥 Assalom alaykum, kollejlar yopilganidan keyin maktabimizga informatika o‘qituvchisi ishga o‘tdilar. Ular 2017-yilda Vazirlar Mahkamasining 107-sonli qarori asosida oliy malaka toifasini olgan ekanlar. Bugungi kunda ushbu qaror normalariga asosan, ularga toifalari tushishi mumkinligini aytishayotgan ekan. Shu masalga oydinlik kiritib bersangiz.

Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandida pedagoglar attestatsiyasi prinsiplari qatorida majburiylik va davriylik kabilar sanab o‘tilgan. Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019-yil 13-maydagi 392-sonli qarorida keltirilgan normalar qabul qilingan sanadan boshlab kuchga kiradi. Ya’ni 2017-yilda olingan malaka toifasi muddati Vazirlar Mahkamasining 107-sonli qaroriga asosan, amal qiladi.

❗️Pedagog kadrlar attestatsiyasi bilan bogʻliq
shu kabi savollarga Taʼlim inspeksiyasining rasmiy kanali (@uztdi) orqali javob berib boriladi.

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari 👇👇👇
Telegram | Facebook| YouTube|Instagram
#savol_javob

Vaqtincha ishsiz pedagoglar attestatsiyaga jalb qilinmaydi

Savol: Men Termiz shahridagi maktabda dekabr oyiga qadar ishladim va ishdan boʻshadim. Hozir Navoiy viloyatiga koʻchib keldik. Bu yerdan ish topa olmadim. Termizdagi maktab nomidan bahorgi attestatsiyada qatnashsam boʻladimi? Shu maktabdan ball olgandim. Hozir hech bir maktab hisobida emasman.

Javob: Afsuski, mumkin emas. Malaka toifasi olish uchun oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun pedagog albatta, taʼlim tashkilotida asosiy yoki oʻrindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan boʻlishi kerak. (Asos Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 dagi 572-sonli qarori)

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#savol_javob

Savol: Boquvchisini yo‘qotgan ayolga, marhum erining o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomasi asosida, to‘lovdan ozod etish uchun imtiyoz beriladimi?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-87-sonli Farmoniga muvofiq, boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-ona badal to'lovidan ozod etiladi.

Shuningdek, ularning 3 yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjetidan subsidiyalar belgilangan tartibda to'lab beriladi.

💸Bundan tashqari, qonunchilikka koʻra, taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilari va talabalari oʻqishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga toʻlguniga qadar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#savol_javob

"Google for Education” sertifikatiga ega oʻqituvchilarga oylik ustama bir vaqtning oʻzida, ham ish joyidan, ham oʻrindoshlik asosida ishlayotgan ish joyidan toʻlanishi mumkinmi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimlari javob berdi.

Prezidentning 11.05.2022 yildagi PF-134-son Farmonning 9-bandiga koʻra xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida, har oylik qoʻshimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida toʻlanishi belgilangan.

Shunga koʻra xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga har oylik qoʻshimcha ustama bir vaqtning oʻzida asosiy ish joyi hamda mehnatiga soatbay ish haqi toʻlash asosida ishlayotgan ish joyi uchun ham tatbiq etiladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#savol_javob

Men umumta’lim maktabida matematika fanidan dars beraman. Menga har oylik ustama to’lanadi. Ustama olayotgan o‘qituvchilarga ham mukofot puli beriladimi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Yuridik bo‘limi xodimlari javob berdi:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2019-yildagi 823-son Qarori bilan tasdiqlangan "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida" 1-ilovaning 9-bandiga ko‘ra, pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalaridagi tashkil etiladigan ishchi guruh qarori bilan ochiq muhokama orqali hamda umumta’lim muassasasining pedagogik kengashi fikrlarini hisobga olib, Jamg‘armada nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi.

Nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat “1-oktabr— O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, Nizomning 32-bandida Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi mazkur Nizomning 29-bandidan tashqari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin. Umumta’lim muassasasi xodimlarini mukofotlashda adolat va xolislik prinsiplariga amal qilinadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#savol_javob

Sirtqi taʼlimda oʻqib dars berayotgan pedagoglar ham mukofot puli olishi mumkin

Men oliy taʼlim dargohlarining birida sirtqi taʼlim asosida oʻqiyman. Shuningdek, maktabda dars ham beraman. Direktorimiz mening ham oʻqib, ham ishlayotganimni sabab qilib mukofot puli bermayapti. Shu qonunan toʻgʻrimi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Matbuot kotibi javob berdi:

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra umumtaʼlim muassasalarida tashkil etiladigan tegishli ishchi guruh tomonidan direktorlar jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumtaʼlim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish belgilangan.

Umumtaʼlim muassasalari xodimlariga mukofot puli mazkur jamgʻarma hisobidan 1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 50 foizigacha berilishi mumkin. Mazkur nizom talablarida sirtqi taʼlim asosida faoliyat olib borayotgan pedagoglarga mukofot puli belgilanmasligi qayd etilmagan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#Savol_javob

Olis hududdagi maktabga borib ishlash niyatida boʻlgan pedagog xodim oliy yoki birinchi toifali oʻqituvchi boʻlishi kerak, toʻgʻrimi?

Albatta. Endigina oliy ta’limni tamomlagan oʻqituvchilarga bunday imkoniyat mavjud emas.

Qolaversa, pedagog xodim beriladigan imtiyozlardan foydalanishi uchun, albatta, boshqa hududdan kelgan boʻlishi kerak.

Yanada tushunarliroq qilib aytadigan boʻlsak, oʻqituvchining oʻzi shundoq ham olis hududdagi manzilda yashaydigan boʻlsa, ularga bu imtiyozlar berilmaydi.

Oʻqituvchi boshqa tuman yoki viloyatdan kelib ishlagan taqdirdagina, ustama toʻlanishi mumkin.

Oyina.uz saytida ushbu mavzu bo'yicha foydali maqola e’lon qilindi:
👉 https://oyina.uz/uz/article/1723

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Maktab direktorligiga nomzodlar uchun menejerlik o‘quv kurslariga sohadagi istalgan nomzod ishtirok etishi mumkinmi? Asosiy talablar nimalardan iborat?

Mazkur savolga Abdulla Avloniy nomidagi Milliy tadqiqot instituti rektori Abduvali Ismoilov javob berdi.

Nomzodlar vazirlikning hududiy boshqarmalari tavsiyasiga asosan ixtiyoriy ravishda qabul qilinishi ko’zda tutilgan. Bunda ular maxsus portal orqali elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tadi hamda menejerlik o‘quv kursida o‘qish uchun ariza topshiradi.

Nomzodlar kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumotga, ta’lim sohasida besh yillik pedagogik ish stajiga, xorijiy tillardan birining boshlang‘ich darajasi hamda zamonaviy axborot-texnologiyalaridan foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Savol: “Men 2000-yilda maktabda ish faoliyatimni boshlaganman. 2021-yilda birinchi malaka toifasini oldim. 2026-yilda malaka toifa sertifikatim muddati tugaydi. Ungacha pedagogik stajim 26 yilga yetadi. 2026-yilda birinchi malaka toifam saqlanib qoladimi?

Ushbu savolga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi mutaxassisi Safarali Xamrayev javob berdi:

"Ha albatta yangi tartib boʻyicha 25-yillik pedagogik staj boʻlsa amaldagi malaka toifasi saqlanib qoladi. Bunday holatda 2026-yilda birinchi malaka toifasini bir umrga saqlab qolish boʻyicha murojaat qilish lozim boʻladi. Ushbu murojaatga asosan bir umrlik birinchi malaka toifasi sertifikati beriladi."

Onlayn muloqotdagi boshqa savollarga javoblarni kanalimiz (@uztdi)da e`lon qilamiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Telegram botimiz(@uztdibot)ga “Biz oʻqiyotgan universitet litsenziyasi bekor qilingani uchun ariza yozib boshqa universitetga koʻchiryapmiz. Lekin shu paytgacha oʻqib kelgan universitetimiz toʻlov kontraktni ikkinchi yarim yillik uchun ham toʻlashni talab qilmoqda. Biz oʻqishni koʻchirgan universitetga ham ikkinchi yarim yillik uchun kontrakt toʻlayapmiz. Qaysi biriga toʻlashimiz kerak oʻzi? Ikki barobar xarajat qilishimiz kerakmi?”

Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov kontrakt summasi talabalar va universitet oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan toʻlanadi. Siz pulni oliy taʼlim xizmatlaridan foydalanganimiz uchun toʻlaysiz. Agar universitetingiz litsenziyani bekor boʻlib, siz boshqa bir oliygohga koʻchirgan boʻlsangiz. Bu holatda Siz faqat ayni paytda oʻqishingizni koʻchirgan universitetga kontrakt toʻlaysiz.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent #savol_javob

Imtihonda ishtirok etib chiqqan abituriyentlar tomonidan eng koʻp berilayotgan savollar 1-qism

@Uztdibot telegram botimizga eng koʻp berilayotgan savollarga javob berib oʻtamiz.

➡️ Imtihonda ishtirok etib chiqqan abituriyentlar yoʻnalishni qachon tanlaydi?

Joriy yilda davlat OTMlariga hujjat topshirgan barcha abituriyentlar uchun test sinovlari toʻliq yakunlanib boʻlgach, abituriyentlarga yoʻnalish tanlash imkoniyati ochiladi.

➡️ 66,5 balldan kam toʻplaganlar davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinmaydimi ?

Hozirlikcha minimal oʻtish ballari tasdiqlanmagan. Davlat qabul komissiyasi bir hafta muddatda tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishining oldingi oʻquv yilidagi oʻrtacha oʻtish ballarini hisobga olgan holda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish balini tasdiqlaydi.

➡️ Minimal oʻtish ballidan kam toʻplaganlar bir yil kutishi kerakmi?

Agar abituriyent davlat oliy taʼlim tashkilotlariga kirmoqchi boʻlsa kelasi yilni kutishi va qayta imtihon topshirib koʻproq ball toʻplashi lozim. Yoki nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan biriga hujjat topshirib shu yilning oʻzida talaba boʻlishi mumkin. Litsenziyasi mavjud, davlat namunasida diplom beradigan ishonchli nodavlat universitetlar haqida Taʼlim nazorati rasmiy kanali (@uztdi) orqali eʼlon berib boriladi.

📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM