Ta'lim nazorati
103K subscribers
4.01K photos
967 videos
425 files
5.93K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
⚡️Umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli bayon qaroriga asosan, umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli 2023-yilning 17-yanvarigacha davom etadi.

2022-2023-o‘quv yilining III choragi 2023 yilning 18-yanvaridan boshlanadi.

Joriy yilning 11-17- yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2023-yil 10-18-yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati

— — — — — — — — — —

В дошкольных образовательных организациях объявлены внеочередные каникулы

Согласно протоколу соответствующего заседания Правительства Республики Узбекистан, в целях предупреждения резкого роста заболеваемости сезонным гриппом и простудными заболеваниями в связи с резким понижением температуры воздуха, 10-18 января 2023 года дошкольным образовательным учреждениям объявлены внеочередные каникулы.

Информационная служба Министерства дошкольного и школьного образования

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Nаvbаtdаn tаshqаri tа'til kunlаri dаvomidа tа'lim tаshkilotlаridа fаoliyat yuritаyotgаn xodimlаrning ish hаqi toʼliq toʼlаnаdi

SAVOL: Men maktabda oʼqituvchi boʼlib ishlayman. Qishki taʼtil kunlarining uzaytirilishi mening oylik ish haqimga taʼsir qilmaydimi?


Javob: Oʼzbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yigʼilish bayoniga asosan, 2023-yil 10-18-yanvar kunlari beriladigan navbatdan tashqari taʼtil kunlari davomida taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlar, tarbiyachilar, pedagoglar, professor oʼqituvchilar va boshqa xodimlar, jumladan, mehnatiga soatbay haq toʼlanadigan xodimlarga amaldagi ish haqi toʼlovlari saqlangan holda toʼlab boriladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Hurmatli professor-oʻqituvchilar, qadrli ota-onalar va talaba-oʻquvchilar!

Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga asosan 10-yanvardan boshlab, havo haroratining keskin pasayishi davrida aholi oʻrtasida, ayniqsa taʼlim tashkilotlarida mavsumiy gripp kasalligining keskin koʻpayishining oldini olish maqsadida oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirildi.

Dars mashg‘ulotlari 18-yanvardan boshlanadi.

Bu davrda taʼlim tashkilotlari pedagog va boshqa xodimlarga amaldagi ish haqi toʻlovlari saqlanib qoladi.

Shuningdek, taʼtil kunlari talabalar uchun ilmiy maqolalar tayyorlash boʻyicha onlayn seminarlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkaziladi.

Talaba-oʻquvchilarning oʻz taʼlim muassasalariga qaytishlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida avia hamda temir yoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirma berilishi muddati ham 2023-yilning 18-yanvariga qadar uzaytirildi.

Eng asosiysi, 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yoʻl chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi.

Bundan tashqari, taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yoʻllarda qoʻshimcha joy (reys)lar ajratiladi.

Ushbu davrda belgilangan dars mashgʻulotlari oʻquv yili davomida tigʻizlashtirib oʻqitiladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Farzandi maktabgacha taʼlim tashkilotiga borayotgan byudjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarning ish vaqti ish haqi kamaytirilmagan holda qisqartiriladi

Joriy yilning 10-18-yanvar kunlari maktabgacha taʼlim tashkilotlarida navbatdan tashqari taʼtil eʼlon qilinishi munosabati bilan maktabgacha taʼlim yoshidagi (3-7 yoshli) bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga toʼlanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Umumta’lim hamda ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining qishki ta’til kunlari uzaytiriladi

👉Batafsil

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi

👉Batafsil

Nаvbаtdаn tаshqаri tа'til kunlаri dаvomidа tа'lim tаshkilotlаridа fаoliyat yuritаyotgаn xodimlаrning ish hаqi toʼliq toʼlаnаdi

👉Batafsil

Oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litsey talaba-oʻquvchilari uchun qishki taʼtil muddati 2023-yil 18-yanvarga qadar uzaytirildi

👉Batafsil

Farzandi maktabgacha taʼlim tashkilotiga borayotgan byudjet tashkilotlarida ishlaydigan ayollarning ish vaqti ish haqi kamaytirilmagan holda qisqartiriladi

👉Batafsil

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishki taʼtil muddatining 17-yanvargacha uzaytirilishi barcha boʻgʻindagi taʼlim muassasalari, xususan, nodavlat umumtaʼlim maktablari, professional taʼlim muassasalari, nodavlat oliy taʼlim muassasalari, ularning filiallari va xorijiy OTMlarga ham taalluqli.

Eslatib oʻtamiz, oʻqish 18-yanvardan boshlanadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#савол_жавоб

Men Jizzax shahridagi maktabda informatika fani oʻqituvchisi boʻlib ishlayman. Maʼlumotim mutaxassis. Men yaqinda Google Certifiet Educator Level 1 va Level 2 sertifikatlarini olganman. Bu sertifikat malaka toifamni oshirishga taʼsir qiladimi. Agar taʼsir qilsa necha marta foydalansam boʻladi? Sertifikat amal qilish muddati 3 yil.

☑️Javob: Yoʻq taʼsir qilmaydi. Bu sertifikatlar uchun toifa olishda imtiyozlar belgilanmagan.

Amaldagi tartibga koʻra, Nizomning 36-bandi: Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uzaytirilgan qishki ta’til kunlari maktablarda o‘quvchilar ishtirokida to‘garaklar tashkil etilmaydi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qishki ta’til davrida umumta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun to‘garaklar tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berilmaganligini ma’lum qiladi.

Vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlari — Bolalar kutubxonasi, "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan barcha loyihalar onlayn tarzda tashkil etilmoqda.

Hukumatining tegishli yig‘ilish bayonida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, qishqi ta’til davomida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida kitob mutolaasini oshirishga qaratilgan onlayn intelektual viktorinalar, radio eshittirishlar hamda teleko‘rsatuvlar namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Shu o‘rinda vazirlik hududiy bo‘linmalari hamda vazirlik tarkibidagi barcha ta’lim muassasalari rahbarlaridan qishgi ta’til kunlari o‘quvchilar ishtirokida turli to‘garaklar tashkil etilmasligini shaxsiy nazoratga olishlari so‘raladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
АМАЛДАГИ САНИТАРИЯ-ЭПИДЕМИОЛОГИК НОРМАЛАР (СанҚваН)ГА ЎЗГАРТИРИШ ВА ҚЎШИМЧАЛАР КИРИТИЛДИ!

✳️ Умумтаълим мактабларида таълим шароитлари ва ташкил этилишига қўйиладиган санитария-эпидемиологик талаблари (0341-16-сон СанҚваН)га иловага мувофиқ киритилган ўзгартиришлар ва қўшимчада ҳафталик ўқув юкламасининг максимал даражасига бўлган гигиеник талаблар қуйидагича белгиланди:

📌 1-синфлар учун — дарслар кунига 4 соатдан ва ҳафтада 2 кун 5 соатдан кўп бўлмаслиги керак (5 соатлик ўқув кунида жисмоний тарбия ёки енгил фанлар — технология, тасвирий санъат, мусиқа маданияти, тарбия фанлари ўқитилади). 1-синфлар учун дарс соатлари 1 ҳафтасига 22 соатдан ошмаслиги керак.

📌 2 — 4-синфлар учун — дарслар кунига 4 соатдан ва ҳафтада 4 кун 5 соатдан кўп бўлмаслиги керак (5 соатлик ўқув кунида жисмоний тарбия ёки енгил фанлар — технология, тасвирий санъат, мусиқа маданияти, тарбия фанлари ўқитилади);

📌 5 — 9-синфлар учун — дарслар кунига 6 соатдан кўп бўлмаслиги керак;

📌 10 — 11-синфлар учун — дарслар кунига 6 соатдан кўп бўлмаслиги керак;

📌 Бир йил давомида ўқув ҳафталиги 1-синфлар учун — 33 ҳафта, 2 — 11-синфлар учун 34 ҳафтадан ошмаслиги лозим.

Санэпидхизмат
Матбуот хизмати

Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/uztdi
#savol_javob

Vaqtincha ishsiz pedagoglar attestatsiyaga jalb qilinmaydi

Savol: Men Termiz shahridagi maktabda dekabr oyiga qadar ishladim va ishdan boʻshadim. Hozir Navoiy viloyatiga koʻchib keldik. Bu yerdan ish topa olmadim. Termizdagi maktab nomidan bahorgi attestatsiyada qatnashsam boʻladimi? Shu maktabdan ball olgandim. Hozir hech bir maktab hisobida emasman.

Javob: Afsuski, mumkin emas. Malaka toifasi olish uchun oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun pedagog albatta, taʼlim tashkilotida asosiy yoki oʻrindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan boʻlishi kerak. (Asos Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 dagi 572-sonli qarori)

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari bugun e’lon qilinadi

2022-yil 22-30-dekabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari bugun e’lon qilinadi.

👨🏻‍💻 Natijalar my.gov.uz saytiga kun yakuniga qadar joylashtiriladi va talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalarini bilishlari mumkin boʻladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#Биласизми

❗️Олий таълим муассасаларининг педагогика йўналишларида кундузги, кечки, сиртқи бўлимларнинг 3-4-курсларида ўқиётган шахслар давлат мактабгача таълим тизимида педагогик фаолиятни амалга ошириши мумкин.

☑️ Бунда уларга ўрта махсус, касб-ҳунар маълумотга эга бўлган тегишли лавозимдаги ходимнинг базавий тариф ставкаси сингари базавий тариф ставкаси белгиланади.

Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/uztdi
#savolga_javob

САВОЛ: Оилавий боғча очиш учун ҳужжат топширгандим, жавобини қаердан олсам бўлади?

❗️Жавоб: Оилавий мактабгача таълим ташкилотини ташкил этиш учун берилган аризалар ҳолатини 👉🏻 https://nodavlat-bogcha.uz/ сайтига кириш орқали Ариза ҳолатини текшириш бўлимидан билиб олиш мумкин.

📌Маълумот учун, ариза топшириш жараёнида кўрсатилган телефон рақамига аризанинг IDси юборилган бўлади.

📣 Агар ID ҳақидаги юборилган СМС сақланиб қолмаган бўлса ёки бошқа телефон рақами киритилган, олдингиси алмаштирилган бўлса, унда 👉🏻 https://nodavlat-bogcha.uz/public/pages/petition_status саҳифаси орқали ариза IDси билиб олинади.

⚠️ Мазкур саҳифада аризачи паспорт маълумотларини киритиши лозим.

Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/uztdi
🔔 Abituriyentlar, maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilar diqqatiga!

📚 Qishki taʼtil uzaytirilgani mustaqil oʻqib oʻrganish uchun qulay imkoniyat yaratadi.

🖤 Youtube tarmogʻida Matematik Repetitor kanalida:

➡️ maktab darsliklaridagi 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan mavzular, qiziqarli ,nostandart va mantiqiy masalalar hamda ularni yechishning sodda usullari;

➡️ DTM tomonidan chop etilgan testlar tahlili, tezkor testlar, tadbirlar;

➡️matematika tarixiga oid maʼlumotlar jamlangan.

Qisqasi, ushbu kanalga obuna boʻlib matematika faniga doir koʻplab maʼlumotlarga ega boʻlish mumkin.

📤 Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumanidagi 63-maktabning matematika fani oʻqituvchisi Murodjon Xoʻjaniyozov tomonidan tashkil qilingan kanalga hozirgacha 900 ga yaqin video yuklangan.

Kanal obunachilari soni 62,7 mingta yetib, jami 5,5 mln martadan ortiq koʻrilgan.

👉 Matematik Repetiror kanaliga obuna boʻlish:
https://www.youtube.com/@MatematikRepetitor/?sub_confirmation=1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 22-30-dekabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

🖥 Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

🔰 Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (10-12-yanvar) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#Педагоглар_аттестацияси

Шахсий кабинетдан малака (тоифа) сертификатини юклаб ололмаяпман, нима қилишим керак?

Барча педагогларнинг сертификатларлари 2022 йил 29 декабрь санаси билан расмийлаштирилган ва шу санадан бошлаб кучга кирган.

📥 Сертификатлар шахсий кабинетларда доимий равишда сақланиб туради ва сертификатларни исталган вақтда юклаб олиш мумкин бўлади.

❗️ Ўқитувчилардан шахсий кабинетларидан малака (тоифа) сертификатларини юклаб олишда шахсий маълумотларни учинчи шахсларга тақдим этмасликларини сўраймиз.

♻️ Маълумот учун, 2022 йил 1 апрелдан бошлаб Молия вазирлиги Ахборот технологиялари марказининг UzASBO дастурий мажмуаси ва pedkadr.tdi.uz платформаси ўртасида икки томонлама маълумот алмашинуви йўлга қўйилган бўлиб, ушбу модуль орқали педагогларнинг малака тоифа сертификат маълумотларини шакллантириш автоматик равишда бажарилмоқда.

🔰 Шу асосда, педагог ўқитувчиларнинг малака тоифа сертификати учун ойлик иш ҳақига қўшимча устамалар ўз вақтида ва тўғри тўланади.

💹 Шунингдек, Молия вазирлиги томонидан марказлашган бюджет ташкилотларига ўқув йили бошида давлат бюджетидан маблағлар режалаштириш жараёнида педагог ўқитувчиларнинг малака тоифа сертификати маълумотларидан келиб чиқиб, тарификация учун маблағлар ажратилиши автоматик равишда шаклланади.

📹Малака тоифа сертификатларини юклаб олиш бўйича видеойўриқнома: https://youtu.be/FybzgLpnQMc

СМС келган логин ва паролим телефонимдан ўчиб кетди. Бундай пайтда логин ва паролимни қандай топсам бўлади?https://t.iss.one/uztdi/3944

Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Андижонда ҳам ўқув жараёнлари об-ҳаво шароитидан келиб чиқиб ташкил этилади

Ижтимоий тармоқларда "Эртага 11 январдан Андижондаги барча мактаблар ва олий ва ўрта махсус таълим даргохларида ўқиш бошланиши айтилмоқда" сарлавҳаси остида тарқалган хабарлар юзасидан Андижон вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати муносабат билдирди.

"Юртимизда жорий йил январь ойининг иккинчи ўн кунлигида ҳаво ҳароратининг кескин пасайиб кетиши муносабати билан Андижон вилоятдаги олий таълим, профессионал таълим муассасалари ва умумий ўрта таълим мактабларида белгиланган тартибда иш ташкил этилиб, қишки тайёргарлик ишлари амалга оширилди.

Жумладан, мавжуд бинолар ва талабалар турар жойлари ўқув жараёнларини бошлаш учун шай ҳолатга келтирилди.

Мазкур таълим муассасаларида ўқув жараёнларини бошланиши об-ҳаво шароитидан келиб чиқиб ташкил этилади.

Қўшимча маълумот сифатида расмий хабар берилади." — дейилади муносабатда.

Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Андижон вилоятидаги таълим муассасаларида 11 январдан расман ўқув жараёнлари бошланади

Ҳокимлик берган расмий маълумотга кўра, таълим муассасаларининг келгуси фаолияти об-ҳаво шароитидан келиб чиққан ҳолда ташкил этилади.

Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2023-yil 11-yanvardan boshlab oliy hamda professional taʼlim muassasalari va akademik litseylarda bosqichma-bosqich dars mashgʻulotlari boshlanadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli bayoni bilan OTM, texnikum, kollej, kasb hunar maktablari va akademik litseylarda oʻquv jarayonini mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda tashkil etish tavsiya etildi.

Ushbu jarayonlarni belgilangan tartibda amalga oshirish maqsadida har bir taʼlim muassasasida kecha-yu kunduz faoliyat olib boradigan, malakali mutaxassislardan iborat “Shtab” tashkil etiladi. Anomal sovuq boʻlishi kutilayotgan 10–18-yanvar kunlarida barcha taʼlim muassasalarida har qanday majlislar (jumladan ZOOM shaklida), tadbirlar, masʼullarni asosiy faoliyatidan chalgʻituvchi boshqa yigʻilishlar oʻtkazish taʼqiqlanadi.

Shuningdek, taʼlim muassasalari binolarining issiqlik tizimlarini barqaror ishlashi taʼminlanadi.

Taʼlim muassasalari rahbarlari va tegishli mahalliy hokimliklar talaba-oʻquvchilarni xabardor qilish, ularni OTM joylashgan hududga yetib kelishini taʼminlash hamda mazkur jarayonlarni shaxsan nazoratga oladilar. Oʻquv jarayonlarini tashkil etishda xudud imkoniyatlari, talabalarning noqulay ob-havo sharoitlarida oliygohlarga yetib kelishlari toʻla inobatga olinishi va bunga zarur shart-sharoitlar yaratilishi lozimligi boʻyicha koʻrsatma berildi.

Oʻquv jarayonini tashkil etishda zaruriyat tugʻilganda oʻquv grafigiga oʻzgartirish kiritish ruxsat beriladi. 20-yanvarga qadar talabalarning imtihonlarga tayyorgarlik koʻrishlari tavsiya etiladi.

Alohida taʼkidlaymizki, 20-yanvarga qadar yakuniy nazorat ishlari tashkil etilmaydi.

Ob-havo sharoitlari tufayli oʻqishga kelolmagan talabalarga oʻquv jarayonlarini boshlash hamda nazorat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha tegishli masofaviy dasturlar taklif qilinadi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
⚡️ Fizika va kimyo fanlaridan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi

📣 2022-yil 18-dekabr kuni o‘tkazilgan fizika va kimyo fanlari bo‘yicha milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Test natijalari my.dtm.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

📋 Test natijalariga ko‘ra eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron shakldagi sertifikat taqdim etiladi.

Sertifikat ega abituriyentlarga OTMlarga kirishda mutaxassislik fani bo‘yicha quyidagicha ball beriladi:

🔹 60 foizdan 86 foizgacha — maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;

🔹 86 foiz va undan yuqori — maksimal ball.

❇️ Shuningdek, milliy sertifikatga ega abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha eng yuqori ball beriladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi