Ta'lim nazorati
104K subscribers
4.08K photos
970 videos
451 files
6.07K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
📽 Xitoyning Shanxay provinsiyasi xalq ta'limi tizimi qanday qilib dunyoda yetakchilikka erishdi? Bu haqida ushbu video orqali tanishtiramiz.

📊 Qariyb 10 yildan buyon Shanxay o‘quvchilari PISA xalqaro tadqiqoti reytingida dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etib kelmoqda.

Ushbu yutuqlarning negiziga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Shanxayda boshlang‘ich ta’lim juda uzoq tarix va an’anaga ega.

So‘nggi o‘ttiz yilda ushbu provinsiya hukumati yoshlar uchun ta’limni moliyalashtirish hamda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ta’lim siyosatini olib borib, bunda xalq ta’limi tizimining rivojlanishiga keng miqyosda e’tibor qaratdi.

Shanxay hukumati yoshlarning ta’lim olish imkoniyatlarini yaxshilash uchun ko‘plab chora-tadbirlarni amalga oshirdi.

Batafsil: https://youtu.be/bBd7CVbdXuk

✒️ Milliy markaz bilan bog'lanish:
@milliymarkaz_aloqabot

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
#O'qish #PIRLS #IEA

⚡️O'zbekistonda o'qish savodxonligiga oid maqola IEA xalqaro tashkilotining "PIRLS ensiklopediyasi"da chop etildi!

❇️ Nashrda, PIRLS tadqiqotida qatnashgan mamlakatlarning o'qish savodxonligiga oid ta'lim siyosati, o'quv dasturlari, o'qitish tizimi, o'quvchilarning o'zlashtirishi, o'qish savodxonligini rivojlantirishga doir tashabbuslar keltirligan.

Shuningdek, Ensiklopediyada pandemiya tufayli maktablarning yopilish davrida o'tkazilgan yagona tadqiqot davomida mamlakatlarda kelib chiqqan muammolar va innovatsiyalar yortilganligi bilan ahamiyatlidir.

Shu bilan birga quyidagi yo'nalishlardagi xulosalar berilgan:
- raqamli o'qish savodxonligidagi standartlar;
- maktablar yopilishidagi asosiy gʻoyalar;
- 4-sinf o'quvchilarini qo'llab-quvvatlashga oid tashabbuslar.

➡️ Batafsil: PIRLS 2021 Encyclopedia

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
#Seminartrening #Matematiksavodxonlik #Tabiiyilmiy #PISA #PIRLS #TIMSS

🖥 Joriy yilning 9-dekabr kuni Ta’lim Inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Buxoro davlat pedagogika instituti bilan hamkorligida “Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining roli” mavzusida onlayn vebinar tashkil etildi.

Vebinarda Buxoro davlat pedagogika instituti direktori va professor-o'qituvchilari hamda Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi mutaxassislari ishtirok etdilar

Tadbir tafsilotlari bilan “Buxoro MTRK” telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan lavha orqali batafsil tanishishingiz mumkin.

📺 Youtube da ko'rish:
https://youtu.be/5ELvV6Nsg7g

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram