Ta'lim nazorati
141K subscribers
4.16K photos
1K videos
492 files
6.38K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#Nodavlat_tashkilotlar

⚡️Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari boʻyicha onlayn muloqot oʻtkaziladi

Bugun 27-avgust kuni soat 16:00 dan 17:00 ga qadar nodavlat ta’lim tashkilotlari boʻyicha Ta'lim inspeksiyasining masʼul xodimlari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirokida onlayn muloqot oʻtkaziladi.

🎙Muloqot telegramning ovozli chat xizmatidan foydalangan holda tashkil etiladi.

📌
Muloqot davomida nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridagi qabul jarayonlari hamda bu borada e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar boʻyicha savollarga javob beriladi.

❗️Taʼlim inspeksiyasi masʼullariga bevosita mavzu bo‘yicha savol yoki taklif laringizni @uztdibot orqali #savol xeshtegi bilan yuborishingiz yoki inspeksiya matbuot kotibi kanalida ushbu e’longa izoh sifatida yozib qoldirishingiz mumkin.

Savollarga ovozli chat davomida javob qaytariladi.

📌 Onlayn muloqotda ishtirok etish uchun Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga obuna boʻling: https://t.iss.one/uztdi
⭕️⭕️⭕️

⚡️ Pedagog kadrlar attestatsiyasi boʻyicha onlayn muloqot oʻtkaziladi

Joriy yilning, 5-dekabr kuni soat 17:00 dan 18:00 ga qadar Taʼlim inspeksiyasining Telegramdagi rasmiy kanali orqali pedagog kadrlar attestatsiya boʻyicha inspeksiyaning masʼul xodimlari ishtirokida onlayn muloqot oʻtkaziladi.

📌 Muloqot davomida oʻqituvchilar navbat bilan inspeksiya xodimlariga attestatsiya jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazishdagi yangiliklar hamda apellatsiya natijalari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin.

❗️Shuningdek, jarayon bo‘yicha savollaringizni Ta’lim inspeksiyasining murojaatlar boti (@uztdibot)ga #Savol heshtegi bilan yuborishingiz ham mumkin.

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Vaqtincha ishsiz pedagoglar attestatsiyaga jalb qilinmaydi

Savol: Men Termiz shahridagi maktabda dekabr oyiga qadar ishladim va ishdan boʻshadim. Hozir Navoiy viloyatiga koʻchib keldik. Bu yerdan ish topa olmadim. Termizdagi maktab nomidan bahorgi attestatsiyada qatnashsam boʻladimi? Shu maktabdan ball olgandim. Hozir hech bir maktab hisobida emasman.

Javob: Afsuski, mumkin emas. Malaka toifasi olish uchun oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun pedagog albatta, taʼlim tashkilotida asosiy yoki oʻrindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan boʻlishi kerak. (Asos Vazirlar Mahkamasining 17.09.2021 dagi 572-sonli qarori)

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Kanalimizda pedagoglar attestatsiyasi natijasiga ko‘ra 26 ming nafardan ortiq o‘qituvchining mutaxassis lavozimiga muvofiq emasligi ma’lum qilingach, botimiz (@uztdibot)ga "Attestatsiyadan o‘ta olmagan mutaxassis-pedagog bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi mumkinmi?" mazmunidagi savollar yuborilmoqda.

🖊 Vazirlar Mahkamasining 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, mutaxassis (oliy ma’lumotli o‘qituvchi) lavozimidagi pedagog bilan tuzilgan mehnat shartnomasi quyidagi holatlarda bekor qilinishi mumkin:

🗄 navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan taqdirda (55 balldan kam ko‘rsatkichga ega bo‘lsa);

🗄 uzrsiz sababga ko‘ra attestatsiyada ishtirok etmagan taqdirda.

🛡 Ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor qilmagan taqdirda, navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘ta olmagan mutaxassis lavozimidagi pedagog navbatdan tashqari attestatsiyaga ko‘pi bilan uch marta jalb etiladi.

ℹ️ Bunda uch martadan birortasida ham navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan yoki uzrli sababsiz (kasallikka chalinishi oqibatida uzoq muddatli mehnatga qobiliyatsizlik hamda davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligidan tashqari hollarda) attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog bilan tuzilgan mehnat shartnomasi xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli bekor qilinadi.

❗️ Pedagoglar attestatsiyasi bo‘yicha savollaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga #Savol heshtegi bilan yuborishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Savol: Boquvchisini yo‘qotgan ayolga, marhum erining o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomasi asosida, to‘lovdan ozod etish uchun imtiyoz beriladimi?

Javob:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-87-sonli Farmoniga muvofiq, boquvchisini yo‘qotgan ayollarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-ona badal to'lovidan ozod etiladi.

Shuningdek, ularning 3 yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjetidan subsidiyalar belgilangan tartibda to'lab beriladi.

💸Bundan tashqari, qonunchilikka koʻra, taʼlim tashkilotlarining oʻquvchilari va talabalari oʻqishning butun davri davomida, biroq 23 yoshga toʻlguniga qadar boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasini olish huquqiga ega.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Dolzarb savollar bo‘yicha onlayn muloqot tashkil etiladi!

👉 Pedagogik va psixologik mahorat uchun ball qanday beriladi?

👉 Dars taqsimotida qaysi jihatlarga e’tibor qaratishlari kerak?

👉 O‘qituvchilarga ustama ajratishda nimalar hisobga olinadi?

🎙 Shu kabi savollarga 25-fevral soat 20:00 dan boshlab, 29 yillik pedagogik va o‘quv ishlarini boshqarish bo‘yicha 16 yillik tajribaga ega ekspert, telegramdagi O‘TIBD o‘rinbosarlari va "ЗАВУЧЛАР" guruhlari administratori Sanobar Ummataliyeva bilan Ta’lim nazorati (@uztdi) da o‘tkaziladigan onlayn muloqot davomida javob olishingiz mumkin.

📤 Mavzu bo‘yicha savollaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga #Savol heshtegi bilan yuborishingiz ham mumkin.

Savol egalari tasodifiy usulda ("Randomus" randomayzeri yordamida) tanlab olinib, botga savol yuborgan eng omadli obunachi 500 ming so‘m mukofot puli bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
❗️Onlayn muloqot boshlanishiga 2 soatdan kam vaqt qoldi!

Savollarga 29 yillik pedagogik va o‘quv ishlarini boshqarish bo‘yicha 16 yillik tajribaga ega ekspert, telegramdagi O‘TIBD o‘rinbosarlari va "ЗАВУЧЛАР" guruhlari administratori Sanobar Ummataliyeva javob beradi.

📤 Mavzu bo‘yicha savollaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga #Savol heshtegi bilan yuborishingiz ham mumkin.

Eslatib o‘tamiz, savol egalari tasodifiy usulda ("Randomus" randomayzeri yordamida) tanlab olinib, botga savol yuborgan eng omadli obunachi 500 ming so‘m mukofot puli bilan taqdirlanadi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
#savol_javob

"Google for Education” sertifikatiga ega oʻqituvchilarga oylik ustama bir vaqtning oʻzida, ham ish joyidan, ham oʻrindoshlik asosida ishlayotgan ish joyidan toʻlanishi mumkinmi?

Mazkur savolga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimlari javob berdi.

Prezidentning 11.05.2022 yildagi PF-134-son Farmonning 9-bandiga koʻra xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida, har oylik qoʻshimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin uch yildan koʻp boʻlmagan vaqt mobaynida toʻlanishi belgilangan.

Shunga koʻra xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagoglarga har oylik qoʻshimcha ustama bir vaqtning oʻzida asosiy ish joyi hamda mehnatiga soatbay ish haqi toʻlash asosida ishlayotgan ish joyi uchun ham tatbiq etiladi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#DIQQAT_EʼLON

📣“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2023-yilgi 1-stipendiya tanlovini eʼlon qiladi!

🔰Tanlov 500 oʻringa moʻljallangan boʻlib, bakalavriat taʼlim dasturi uchun 75 oʻrin, magistratura uchun 275 oʻrin, doktorantura uchun 150 oʻrin stipendiyalar ajratiladi.

Shu jumladan, xorijdagi nufuzli universitetlarda jamgʻarma hisobidan oʻqish uchun pedagoglarga ham 35 ta o‘rin ajratilgan.

❗️Nomzodlarning hujjatlari 2023-yil 1-apreldan – 1-mayga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

📎Onlayn hujjat topshirish: https://admission.eyuf.uz

Tanlovda gʻolib boʻlgan stipendiatlarning xorijiy universitetlarda taʼlim olishlari uchun barcha xarajatlar Jamgʻarma tomonidan qoplab beriladi.

🎙Joriy yilning 3-aprel kuni kanalimiz orqali (@uztdi) “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari Javohir Ahmedov bilan onlayn muloqot tashkil qilinadi.

📤 Mavzu bo‘yicha savollaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga #Savol heshtegi bilan yuborishing.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat onlayn muloqot

Kanalimiz (@uztdi) orqali “El-yurt umidi” jamgʻarmasi 2023-yilgi 1-stipendiya tanlovini eʼlon qilgani haqida avval xabar bergan edik.

🎙 Ushbu jarayonda jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javob olish uchun 3-aprel kuni soat 15:30 da “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari Javohir Ahmedov bilan onlayn muloqot tashkil qilinadi.

📤 Mavzu bo‘yicha savollaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga #Savol heshtegi bilan yuborishingiz mumkin.

📌 Eslatib o‘tamiz, xorijdagi nufuzli universitetlarda jamgʻarma hisobidan oʻqish uchun pedagoglarga ham 35 ta o‘rin ajratilgan.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Onlayn muloqot boshlanishiga 1 soatdan kam vaqt qoldi

🎙 Bugun soat 15:30 da Ta’lim nazorati (@uztdi) kanalida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi direktori oʻrinbosari Javohir Ahmedov bilan onlayn muloqot boshlanadi.

Ushbu jarayonda jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javob beriladi.

📤 Mavzu bo‘yicha savollaringizni Ta’lim nazorati kanalining murojaatlar boti (@uztdibot)ga #Savol heshtegi bilan yuborishingiz mumkin.

📌 Eslatib o‘tamiz, xorijdagi nufuzli universitetlarda jamgʻarma hisobidan oʻqish uchun pedagoglarga ham 35 ta o‘rin ajratilgan.

🗓 Nomzodlarning hujjatlari 2023-yil 1-apreldan – 1-mayga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

📥 Onlayn hujjat topshirish: https://admission.eyuf.uz

Tanlovda gʻolib boʻlgan stipendiatlarning xorijiy universitetlarda taʼlim olishlari uchun barcha xarajatlar Jamgʻarma tomonidan qoplab beriladi.

Kanalga
ulanish👇
https://t.iss.one/uztdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM