Ta'lim nazorati
98.5K subscribers
4.02K photos
973 videos
432 files
5.96K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
Forwarded from Xalqaro tadqiqot
Google hamma narsani biladi. Zamonaviy dunyo sizni bilganingiz bilan nima qila olishingizga qarab mukofotlaydi. Bular orasida katta farq bor"
© Andreas Shlyaher.

"Avvallari biz ta’limni qancha o‘quvchi o‘qiyotgani, qancha pul sarflayotganimizga qarab solishtirardik. Ammo, o‘quvchilar nimani biladilar va ular bilganlari bilan nima qilishlari mumkinligi muhimroqdir.

Ta'limni yaxshilashga buyurtma berish biz o‘ylaganchalik oson emas. Rivojlanish sinfda sodir bo'ladi. Bu haqiqatan ham hammani jarayonga jalb qilish lozimligini anglatadi. Bu esa - ta'limni butun jamiyat loyihasiga aylantirish demakdir. Jonkuyar o'qituvchilar, salohiyatli liderlar va birgalikda ishlashga tayyor ota-onalarni talab etadi.

Bugungi kunda yoshlar bilimlarni Google yoki boshqa platformalardan qidirmoqda
va hech kim ularga nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanligini aytmaydi.

Bugungi kunda
savodxonlik endi faqat bilim olishdan iborat emas. Tabiiy fanlarni misol keltiradigan bo'lsak, avvallari tabiiy fanlar fizika, kimyo, biologiya haqidagi bilimlar edi. Bugungi dolzarb masala - siz olim kabi fikrlay olasizmi? Tajribani loyihalashtira olasizmi? Ilmiy tadqiqot o‘tkazish mumkin bo'lgan savollarni bir-biridan, unchalik farq qilmaydigan savollardan ajrata olasizmi?

Zamonaviy dunyo endi sizni faqat bilimingiz uchun mukofotlamaydi. Google hamma narsani biladi. Zamonaviy dunyo sizni bilganingiz bilan nima qila olishingizga qarab mukofotlaydi. Bular orasida katta farq bor"
© Andreas Shlyaher.

Bu haqida PISA xalqaro dasturi asoschisi Andreas Shlyaherning "Ta'limdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi O'zbekiston taraqqiyotidagi o'rni" mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi nutqi orqali batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Mazkur nutq pedagoglar jamoasi uchun foydali bo'ladi degan niyatda Ta'lim inspeksiyasi huzuridagi Milliy markazda o'zbek tiliga o'girildi (1-qism).

#Shlyaher, #PISA, #Savodxonlik, #Xalqarotadqiqot, #Tabiiyfanlar, #Bilim, #OECD, #Sifat, #mashqdaftarlari, #Axborotnoma

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Facebook|Telegram|Youtube|Instagram
Forwarded from Xalqaro tadqiqot
1-том.pdf
6.8 MB
📢 Хабарингиз бор, жорий йилнинг 11-12 апрель кунлари Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси томонидан тегишли вазирлик ва идоралар, халқаро ва хорижий ташкилотлар билан ҳамкорликда “Таълимдаги халқаро тадқиқотларнинг Янги Ўзбекистон тараққиётидаги ўрни” мавзусидаги халқаро илмий-амалий конференция ташкил этилган эди.

Ушбу конференцияга халқаро ва хорижий ташкилотлар экспертлари, маҳаллий вазирлик, идора ва ташкилотлар ходимлари, олий таълим муассасалари профессор ўқитувчилари, умумтаълим мактаблари педагоглари, ёш олимлар, таянч докторантлар ҳамда мустақил изланувчилар, таълим тизими бошқарув органлари вакиллари томонидан юборилган мақолалар тўпламининг 1-томи эътиборингизга ҳавола этилмоқда.

#Shlyaher, #PISA, #Savodxonlik, #Xalqarotadqiqot, #Tabiiyfanlar, #Bilim, #OECD, #Sifat, #mashqdaftarlari, #Axborotnoma

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
Forwarded from Xalqaro tadqiqot
2-том.pdf
5 MB
📢 “Таълимдаги халқаро тадқиқотларнинг Янги Ўзбекистон тараққиётидаги ўрни” мавзусидаги конференцияга юборилган мақолалар тўпламининг 2-томи эътиборингизга ҳавола этилмоқда.

#Shlyaher, #PISA, #Savodxonlik, #Xalqarotadqiqot, #Tabiiyfanlar, #Bilim, #OECD, #Sifat, #mashqdaftarlari, #Axborotnoma

📍Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram