Ta'lim nazorati
105K subscribers
4.12K photos
969 videos
469 files
6.22K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#Xalqaro_aloqalar

“Oliy taʼlimni rivojlantirish istiqbollari” Erasmus+ dasturining yillik konferensiyasi oʻtkazildi

Joriy yilning 15-dekabr kuni Erasmus+ dasturi Milliy va xalqaro ekspertlar guruhi aʼzolari ishtirokida Oʻzbekistonda “Oliy taʼlimni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida konferensiya oʻtkazildi. Unda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi Delegatsiyasi vakillari, oliy oʻquv yurtlar xodimlari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

https://tdi.uz/news/588/

👉@uztdi
#Xalqaro_aloqalar

Navoiylik oʻquvchilar Finlyandiyada oʻqish imkoniyatiga ega boʻldi

https://tdi.uz/news/594/

👉 @uztdi
#Xalqaro_aloqalar

Taʼlim sifatini milliy va hududiy baholashda Rossiya tajribasi oʻrganilmoqda

Bugun, 17-dekabr kuni Taʼlim inspeksiyasi, Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligi Jahon bankining READ dasturi koʻmagida “Taʼlim sifatini milliy va hududiy baholashning asosiy xususiyatlari. Rossiya tajribasi” mavzusida onlayn vebinar boshlandi.

Ikki kun davom etadigan mazkur vebinar milliy baholash tizimini yaratishda Rossiya Federatsiyasining tajribasi, milliy va hududiy miqyosda taʼlim sifatini baholashning oʻziga xos xususiyatlari, taʼlim muassasalarda taʼlim natijalarini mustaqil baholash vositalari, Rossiya Federatsiyasining milliy baholash tizimining ilmiy-metodik asoslari boʻyicha milliy baholash tizimini yaratishda xalqaro tajribalarni oʻrganish uchun munosib sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/595/

👉 @uztdi
#Reyting
#xalqaro_aloqalar

THE mintaqaviy direktori: “Oʻzbekiston OTMlarining xalqaro reytinglarga kirish imkoniyati yuqori”

Joriy yilning 28-yanvar kuni Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati va Times Higher Education xalqaro reyting agentligi mintaqaviy direktori Lachin Italmazova oʻrtasida onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining THE reytingidagi natijalari va “Oliy taʼlimda YUKSALISH-2030” dasturi loyihasi bilan bogʻliq qator masalalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Batafsil: https://tdi.uz/oz/news/the-bilan-uchrashuv

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi