Ta'lim nazorati
99.4K subscribers
4.02K photos
969 videos
431 files
5.95K links
Ta'lim nazorati (yangiliklar, muammolar, tahlillar)

Savollar bo‘yicha: @Uztdibot

Hamkorlik bo‘yicha: @Uztdihamkorbot
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Erasmus+ hamkorlik loyihalari uchun ajratiladigan mablagʻlarni 11,5 milliard yevroga oshirdi

Joriy yilning 3-dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Erasmus+ loyihalari tanloviga bagʻishlangan axborot kuni tashkil etildi.

Yevropa Ittifoqining eng muvaffaqiyatli va uzoq muddatli dasturi sifatida eʼtirof etilgan Erasmus+ dasturi taʼlim, oʻqitish, sport va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash sohalarida loyihalar,
hamkorlik aloqalari, turli yoʻnalishda oʻtkaziladigan tadbirlar hamda mobillikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1129/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
#Diplomlarni_tan_olish
#Xalqaro_hamkorlik

Ta’lim inspeksiyasi boshlig‘i: Diplomlarni tan olish jarayonlari soddalashtirilib borilmoqda

Joriy yilning 10-dekabr kuni poytaxtimizdagi “Tashkent City Palace” mehmonxonasida “Oliy taʼlim kvalifikatsiyalarini tan olish boʻyicha konvensiyani qabul qilish va joriy etish uchun manfaatdor tomonlar hamkorligini mustahkamlash” mavzusidagi yuqori darajadagi ekspertlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbirni
kirish soʻzi bilan ochib bergan Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev Prezidentimiz tomonidan xalqaro taʼlim hamjamiyati bilan integratsiyani hamda milliy diplomlarni xorijda tan olinishini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab berilganligini ta’kidlar ekan, bu borada amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berdi.

Batafsil: https://tdi.uz/news/1138/

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
#Xalqaro_hamkorlik

Viloyat hokimi ishtirokida matematikani oʻqitishi boʻyicha fin tajribasini oʻrganishga bagʻishlangan seminar tashkil etildi

Batafsil:
https://tdi.uz/uz/news/buxoro-matematika-fin-tajribasi

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
#Xalqaro_hamkorlik
#Nazorat_materiallari

Nemis tili oʻqituvchilarining malakasini baholash boʻyicha germaniyalik mutaxassislar bilan hamkorlik qilinadi

Joriy yilning 17-fevral kuni Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati va Germaniyaning Toshkent shahridagi Xorijdagi maktablar boʻyicha markaziy idorasining nemis tilini chet tili sifatidagi mutaxassis maslahatchisi Barbara Damboldt oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/nemis-tili-xalqaro

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
#Xalqaro_hamkorlik
#Nazorat_materiallari

Ingliz tili oʻqituvchilarining malakasini baholash boʻyicha Britaniya kengashi bilan hamkorlik qilinadi

Joriy yilning 22-fevral kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyati va Britaniya Kengashi vakillari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Buyuk Britaniya maktablaridagi oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimi, malaka sinovlarini 4 ta kompetensiya asosida kasbiy baholash hamda
xalqaro imtihon tizimlarini mahalliy talablardan kelib chiqqan holda qayta shakllantirish bilan bogʻliq qator mavzular muhokama qilindi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/ingliz%20tili-attestatsiya

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Joriy yilning 26-fevral kuni soat 13:00da matematika fani o’qituvchilari uchun Matematika fanini o‘qitishda Finlyandiya bilan hamkorlik qilish bo‘yicha “Buxoro tajribasi” doirasida seminar-trening tashkil etiladi.

🔰 Mazkur tadbirda Finlyandiya maktablarida matematika fanining o‘qitilishi, erishilgan yutuqlarga eltuvchi omillar va zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellektdan foydalanish tajribasi yuzasidan taroflicha ma‘lumot beriladi.

📹 Tadbirni real vaqt rejimida kuzatib borish uchun havola: https://bit.ly/3GJPqpo

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
Ta'lim nazorati
#Xalqaro_hamkorlik ⚡️ Joriy yilning 26-fevral kuni soat 13:00da matematika fani o’qituvchilari uchun Matematika fanini o‘qitishda Finlyandiya bilan hamkorlik qilish bo‘yicha “Buxoro tajribasi” doirasida seminar-trening tashkil etiladi. 🔰 Mazkur tadbirda…
#Xalqaro_hamkorlik

⚡️ Ayni paytda matematika fani o’qituvchilari uchun Matematika fanini o‘qitishda Finlyandiya bilan hamkorlik qilish bo‘yicha “Buxoro tajribasi” doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

📹 Tadbirni real vaqt rejimida kuzatib borish uchun havola: https://bit.ly/3GJPqpo

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
#Xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston OTMlarini nufuzli reytinglarga kiritish boʻyicha rejalar xorijiy ekspertlar bilan muhokama qilindi

Taʼlim inspeksiyasi rahbariyati va “E-kvadrat" strategiya kompaniyasi vakillari ishtirokida oʻtgan uchrashuvda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining xalqaro reytinglarga kirish strategiyasi hamda milliy OTMlarni xalqaro reytinglarga tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: https://tdi.uz/oz/news/112249

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
#Xalqaro_hamkorlik

THE reyting agentligi Oʻzbekiston OTMlarini xalqaro reytinglarga tayyorlashga koʻmaklashadi

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi rahbariyati va THE reyting agentligi vakillari oʻrtasida Oʻzbekiston OTMlarini xalqaro reytinglarga tayyorlash boʻyicha loyiha muhokamasiga bagʻishlangan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muhokamalar davomida OTMlardagi oʻquv jarayonlarining ishlab chiqarish klasterlari bilan bogʻliqligi, tadqiqotlarni tijoriylashtirish va bunda nufuzli ilmiy markazlar bilan
hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yuzasidan ham oʻzaro fikr almashildi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/112345

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi
#Xalqaro_hamkorlik

Oʻzbekiston OTMlari uchun “Akademik ustuvorlik” loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi

Joriy yilning 4-aprel kuni Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida oliy taʼlim konsalting kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida
Oʻzbekiston OTMlari uchun “Akademik ustuvorlik” loyihasini tatbiq etish boʻyicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/32512

Taʼlim inspeksiyasi telegram kanaliga ulanish: 👇
https://t.iss.one/uztdi