Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
77.1K subscribers
20.9K photos
5.94K videos
140 files
12.3K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube:https://bit.ly/2PYbkOx
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Таълим-тарбия тизимини такомиллаштириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтди. Шу мақсадда ишлаб чиқилган Президент фармони лойиҳаси, соҳадаги долзарб вазифалар муҳокама қилинди.
Давлатимиз раҳбари аввало мактабларда ўқув юкламаси ва дарслар сонини қайта кўриб чиқиш, ўқувчиларни фикрлашга чорлайдиган методика яратиш зарурлигини таъкидлади.
Бу борада халқаро тажрибани ўрганиш, педагог кадрларни тайёрлаш методикасини ҳам янгилаш вазифаси қўйилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам совершенствования системы образования и воспитания. Обсуждены соответствующий проект указа Президента, актуальные задачи сферы.
Глава государства отметил необходимость пересмотра учебной нагрузки и количества уроков в школах, создания методики обучения, ориентированной на побуждение учащихся к мышлению.
Поставлена задача изучить международный опыт, обновить методики подготовки педагогических кадров.

#Mirziyoyev #videoselektor #talim #tarbiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from IT taʼlim
#Tarbiya_hayot_darsi #9_sinf
ODAMLAR HAYOTINI OSONLASHTIRGAN O‘ZBEK

Kech bo‘lib qolgani tufayli Botir do‘kondan qo‘l telefoni hisobini to‘ldirish uchun karta topa olmadi. Shunda uning xayolida kartaning o‘rnini bosuvchi elektron to‘lov tizimini yaratish g‘oyasi tug‘iladi.

Mobil kompaniyada ishlagan hamkasblari uning bu fikrini kulgi bilan qarshi olishsa-da, Botir g‘oyasining o‘ziga xosligiga ishondi. Shuning uchun u qayta-qayta mutaxassislar bilan uchrashdi, rejalarini muhokama qildi. Rad javoblar, moliyaviy mavzudagi natijasiz muzokaralar uning umidini so‘ndirolmadi.

Nihoyat, g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydigan sarmoyador topildi. Xomaki g‘oya izlanishlar natijasida ilg‘or fikrga va keyinchalik yirik biznesga aylandi. 300 ming AQSH dollari miqdorida kiritilgan sarmoya 6 oyda o‘zini oqlagani biznes olamidagilarni hayratga soldi. Bu g‘oya O‘zbekistondan tashqari yana bir nechta davlatlarda ham joriy qilindi.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Forwarded from IT taʼlim
#Tarbiya_hayot_fani
#9_sinf
QAT’IY FE’L-ATVOR – «MEN BUNI QILA OLAMAN»

Inson ezgu niyatlariga yetishish uchun yashaydi. Maqsad va orzularga erishish uchun muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng oyoqqa turib, yana olg‘a borish kerak bo‘ladi. Doimiy o‘qib-o‘rganish, ko‘nikma va qobiliyatni rivojlantirish yetakchilarning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.

Qat’iylik – mashaqqat va sinovlarga qaramasdan muvaffaqiyatga erishish uchun bardosh bilan oldinga borishdir. Qat’iy irodaning asosi uchta: sabrli bo‘lish, ilm olish va mehnat qilish.

Kattalar «Men buni qila olaman» deb astoydil harakat qilsang, mehnatdan qochmasang, albatta, niyatinga yetasan», deyishadi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Forwarded from IT taʼlim
Tarbiya” darsligi uchun ilk bor maxsus videoroliklar tayyorlandi

🔹 9-sinf “Tarbiya” darsligi uchun baxt va muvaffaqiyat saboqlarini beruvchi bir qator videoroliklar tayyorlandi.

Yashashdan maqsad, zamonaviy bilimlar, notiqlik sifatida omma diqqatini jalb qilish, notiqlikning siri, notiqlik sanʼati, biznesning hayotimizdagi oʻrni, biznesga oid bilimlar va biznesdagi xatolar haqida tayyorlangan videolar hamda muvaffaqiyat qozongan insonlardan oʻquvchilarga atalgan eksklyuziv murojaatlar darslik uchun ilk bor maxsus tayyorlandi. Ushbu videolar QR kod orqali darslikka kiritilgan.

Respublika taʼlim markazining You Tube kanali orqali ham tomosha qilishingiz mumkin:
https://www.youtube.com/watch?v=DEWC_e2mRGY

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
Forwarded from IT taʼlim
#Tarbiya_hayot_darsi
Tarbiya” tabiatni amalda asraydigan avlodni tarbiyalaydi

🔹Tarbiya” darsligi oʻquvchiga tabiatni asrash kerak degan nasihatni quruq uqtirishga emas, balki uni nega asrash kerakligini tushuntirib amalda tabiatni himoya qiladigan avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Batafsil: https://telegra.ph/Tarbiya-tabiatni-amalda-asraydigan-avlodni-tarbiyalaydi-01-26

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube