Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi
98K subscribers
24K photos
6.39K videos
144 files
13.4K links
Veb-sayt: https://www.uzedu.uz/
YouTube: youtube.com/@UzEdu1
Facebook:https://www.facebook.com/uzedu1/
Instagram: https://www.instagram.com/mmtv_uz/
📞 Ishonch telefoni: (71) 202-09-09

✉️ [email protected]

Manzil:Shayxontohur tumani, Navoiy ko'chasi 2a-uy
Download Telegram
Forwarded from IT taʼlim
#Tarbiya_hayot_darsi #9_sinf
ODAMLAR HAYOTINI OSONLASHTIRGAN O‘ZBEK

Kech bo‘lib qolgani tufayli Botir do‘kondan qo‘l telefoni hisobini to‘ldirish uchun karta topa olmadi. Shunda uning xayolida kartaning o‘rnini bosuvchi elektron to‘lov tizimini yaratish g‘oyasi tug‘iladi.

Mobil kompaniyada ishlagan hamkasblari uning bu fikrini kulgi bilan qarshi olishsa-da, Botir g‘oyasining o‘ziga xosligiga ishondi. Shuning uchun u qayta-qayta mutaxassislar bilan uchrashdi, rejalarini muhokama qildi. Rad javoblar, moliyaviy mavzudagi natijasiz muzokaralar uning umidini so‘ndirolmadi.

Nihoyat, g‘oyani qo‘llab-quvvatlaydigan sarmoyador topildi. Xomaki g‘oya izlanishlar natijasida ilg‘or fikrga va keyinchalik yirik biznesga aylandi. 300 ming AQSH dollari miqdorida kiritilgan sarmoya 6 oyda o‘zini oqlagani biznes olamidagilarni hayratga soldi. Bu g‘oya O‘zbekistondan tashqari yana bir nechta davlatlarda ham joriy qilindi.

Kanalga obuna bo`lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram
Forwarded from IT taʼlim
#Tarbiya_hayot_fani
#9_sinf
QAT’IY FE’L-ATVOR – «MEN BUNI QILA OLAMAN»

Inson ezgu niyatlariga yetishish uchun yashaydi. Maqsad va orzularga erishish uchun muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng oyoqqa turib, yana olg‘a borish kerak bo‘ladi. Doimiy o‘qib-o‘rganish, ko‘nikma va qobiliyatni rivojlantirish yetakchilarning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi.

Qat’iylik – mashaqqat va sinovlarga qaramasdan muvaffaqiyatga erishish uchun bardosh bilan oldinga borishdir. Qat’iy irodaning asosi uchta: sabrli bo‘lish, ilm olish va mehnat qilish.

Kattalar «Men buni qila olaman» deb astoydil harakat qilsang, mehnatdan qochmasang, albatta, niyatinga yetasan», deyishadi.

Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|Facebook|Instagram