"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
984 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
O‘zbekiston dunyoda yer maydoni bo‘yicha 56-o‘rinni va aholi soni bo‘yicha 41-o‘rinni egallaydi (2023-yil 24-mart holatiga ko‘ra).

O‘zbekiston hududi xilma – xil, ammo katta qismi — cho‘llar, dashtlar va tog‘lardan iborat. Jo‘shqin hayot jamlangan O‘zbekiston shaharlari daryo vodiylarida joylashgan.

Chegaralarning uzunligi — 6221 km.

Hisor tog‘ tizmasidagi Hazrat-Sulton cho‘qqisi
, dengiz sathidan 4 600 metrdan ortiq balandlikda joylashgan.

Dengiz sathidan eng past nuqta Qizilqum cho'lida joylashgan Mingbuloq chuqurligidagi Qulatoy sho'r botqog'i -12,7 metr.

Infografikamizda biz sizni mamlakatimizda mavjud bo‘lgan yerlar bilan tanishtiramiz.

#infografika #yerlar #Ozbekiston

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
🔰Joriy yilning 27-aprel kuni Toshkentda “Markaziy Osiyoda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Anjuman doirasida mintaqada mavjud yerlar degradatsiyasi, qurg‘oqchilik, cho‘llanish va iqlim o‘zgarishi muammolari yuzasidan Markaziy Osiyo davlatlari hamda Germaniya, Yaponiya va Turkiya ilmiy-tadqiqot institutlari, vazirlik va idoralar mutaxassislarining taqdimotlari orqali o‘zaro tajriba almashiladi. Anjumanda 150 nafarga yaqin mahalliy va chet el mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.

#yerlar_degradatsiyasi #anjuman
*****
🔰На 27 апреля текущего года в Ташкенте запланирована международная конференция «Борьба с деградацией земель в Центральной Азии: проблемы и решения».

В рамках конференции состоится обмен взаимным опытом посредством выступлений экспертов из стран Центральной Азии и немецких, японских и турецких научно-исследовательских институтов, министерств и ведомств по проблемам деградации земель, засухи, опустынивания и изменения климата. Ожидается, что в конференции примут участие около 150 местных и зарубежных специалистов.

#деградация_земель #конференция

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MARKAZIY OSIYODA YER DEGRADATSIYASI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

👥Toshkentda “22-aprel – Xalqaro Yer kuni”ga bag‘ishlangan “Markaziy Osiyoda yer degradatsiyasiga qarshi kurash: muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan BMTning Taraqqiyot dasturi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida tashkil etildi.

#xalqaro_forum #tadbir #qishloq_xojaligi #yerlar_degradatsiyasi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰Biroz avval xabar berganimizdek, Toshkentda o‘tkazilayotgan "Qishloq xo‘jaligi yerlariga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish, ularni bozor aktiviga aylantirish hamda yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish" mavzusidagi xalqaro davra suhbati davom etmoqda.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ham qatnashib, mavzu doirasida o‘z fikrlarini bildirdi:

"Hammamizga maʼlumki, bugun insoniyat oldida turgan eng dolzarb muammolardan biri bu global iqlim o‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan qurg‘oqchilik, cho‘llanish va degradatsiya masalalaridir. Avvalgi tadbirlarimiz yaylovlarni muhofaza qilish masalalariga bag‘ishlangandi. Bugun esa mavzuni kengaytirib, yer islohotlarini ham qo‘shdik. Yaʼni yerga bo‘lgan huquq va uni kuchaytirish orqali tadbirkorlarimiz hamda yer egalarining mulkiga bo‘lgan investitsiyani ko‘paytirish va bu orqali yerlar degradatsiyasining oldini olish bo‘yicha ishlarni muhokama qilish uchun ushbu davrada yig‘ildik. Shu o‘rinda bir masalani aytib o‘tish kerakki, respublikamizning qariyb 60 foizini qishloq xo‘jaligi yerlari tashkil etadi. Shundan 21 mln gektari bu tabiiy yaylovlardan iborat va ularda chorvachilik, ipakchilik, asalarichilik kabi qishloq xo‘jaligi tarmoqlari muhim ahamiyat kasb etadi, ulardan ozuqa bazasi sifatida foydalanilmoqda. Bugungi davra suhbatida juda ko‘p olimlarimiz mavzu dorasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda, muammoga birgalikda yechim topishga harakat qilamiz".

#xalqaro_davra_suhbati #qishloq_xojaligi #vazir #investitsiya #yerlar_degradatsiyasi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM