"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
983 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ozbekiston_Vengriya #Biznes_forum #B2B_G2B #Samarqand

“Avvalo shuni taʼkidlash kerak, bugungi kunda, Vengriya bilan ko‘p qirrali munosabatlarimiz jadal rivojlanib, keng hamkorligimiz amaliy tus olmoqda. Shu munosabat bilan, ushbu davlat tadbirkorlari delegatsiyasining tashrifi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Ushbu biznes-forum ikki tomon biznes vakillari uchun har tomonlama foydali hamda manfaatli bo‘ladi.

O‘zbekistonning agrar salohiyati haqida to‘xtalsak, respublikada qishloq xo‘jaligi sohasi jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. Xususan, hozirda yalpi ichki mahsulotning 26,9 foizi qishloq xo‘jaligi sohasiga to‘g‘ri keladi. O‘zbekiston yiliga 25,7 mln tonna qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiradi. Shundan, 1,3 mlrd dollar qiymatidagi agromahsulot eksporti amalga oshirilmoqda.

Xorijiy investorlar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha subsidiyalar, infratuzilma taʼminotidagi chegirmalar, imtiyozli kreditlar va qishloq xo‘jaligidagi kichik tarmoqlar uchun bir qator yengilliklar tadbiq qilingan.

Shuningdek, innovatsion texnologiyalar va resurs tejamkor uskunalarni tatbiq etishda, import o‘rnini bosuvchi va eksportbob mahsulotlarni yetishtirishda, hamda yangi ekin yer maydonlarini o‘zlashtirishda bir qator keng ko‘lamli imtiyozlar mavjud”
, - dedi O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov o‘z chiqishida.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Ozbekiston #Ozdaverloyiha

“DEHQON XO‘JALIKLARI TASHKIL ETISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ORQALI AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDAGI” PQ-373 QAROR BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TO‘G‘RISIDA

🎥O‘zbekiston telekanalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 373-sonli qarori bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan “O‘zdaverloyiha” DILI bosh direktori R.To‘rayev bilan intervyu tayyorlangan.

Lavhada bugungi kunda qishloq xo‘jaligi yerlarini ajratish tartibi soddalashtirilgan holda shaffof tizimga o‘tkazilganligi hamda dehqon xo‘jaligini tashkil qilish uchun 96 ming gektar yer 412 ming fuqaroga bo‘lib berilib, shu bilan bir qatorda 412 ming fuqaro ish bilan ta‘minlanganligi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yoritilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Hamkorlik #Ozbekiston #Turkiya #Ozdaverloyiha

“O‘ZDAVERLOYIHA” DAVLAT ILMIY-LOYIHALASH INSTITUTI VA TURKIYA MARKAZI HAMKORLIGI

🇺🇿🤝🇹🇷O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti jamoasi Turkiya Respublikasi Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vazirligining Izmir shahrida joylashgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi tadqiqot va o‘quv markazi tashkilotiga (UTAEM) tashrif buyurishdi.

Bu yerda markaz rahbari Tuncay Topdemir bilan rasmiy uchrashuv tashkillashtirilib, unda hamkorlik masalalari, zamonaviy texnologiyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan aqlli qishloq xo‘jaligi usullari muhokama etildi. Shuningdek, xodimlarni yer tuzish, ilmiy izlanishlar uchun taklif qilish hamda ikki tomonlama tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha ham kelishib olindi.

Shu bilan bir qatorda ishchi guruh tomonidan bo‘lib o‘tgan o‘quv kurslar hamda rasmiy uchrashuvlar yakuni bo‘yicha esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Ma’lumot o‘rnida, UTAEM tashkiloti qishloq xo‘jaligi va ekologik resurslardan barqaror foydalanishni ta’minlash, jahon bozorlari uchun zarur bo‘lgan yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti muassisligida chop etilayotgan “O‘zbekiston zamini” jurnali vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan soha vakillarining ilmiy, amaliy va ijodiy izlanishlarini namoyish etish va ishlab chiqarish jarayonidagi yutuqlarni targ‘ib etishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

🔰Jurnalda qishloq xo‘jaligi ekinlarining sifatli, yuqori hosildor navlarini yaratish va ishlab chiqarishga tatbiq etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash kabi dolzarb mavzular yoritiladi.

💻Quyidagi havola orqali jurnalnig elektron varianti bilan tanishishingiz mumkin.

#jurnal #gazeta #maqola #Ozdavyerloyiha #Ozbekiston_zamini #qishloq_xojaligi

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston dunyoda yer maydoni bo‘yicha 56-o‘rinni va aholi soni bo‘yicha 41-o‘rinni egallaydi (2023-yil 24-mart holatiga ko‘ra).

O‘zbekiston hududi xilma – xil, ammo katta qismi — cho‘llar, dashtlar va tog‘lardan iborat. Jo‘shqin hayot jamlangan O‘zbekiston shaharlari daryo vodiylarida joylashgan.

Chegaralarning uzunligi — 6221 km.

Hisor tog‘ tizmasidagi Hazrat-Sulton cho‘qqisi
, dengiz sathidan 4 600 metrdan ortiq balandlikda joylashgan.

Dengiz sathidan eng past nuqta Qizilqum cho'lida joylashgan Mingbuloq chuqurligidagi Qulatoy sho'r botqog'i -12,7 metr.

Infografikamizda biz sizni mamlakatimizda mavjud bo‘lgan yerlar bilan tanishtiramiz.

#infografika #yerlar #Ozbekiston

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida Aholiga dehqonchilik uchun yerlar ajratilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda davlat rahbari raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani xususida so‘z boradi.

Lavhada, shuningdek, aholiga bo‘lib berilgan 200 ming gektar, dala chetlaridagi 50 ming gektar yer maydonlari hisobidan 5 million tonna qo‘shimcha mahsulot olish bo‘yicha alohida topshiriqlar berilgani haqida to‘xtalib o‘tilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #yangiliklar_24

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM