"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
984 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#Huquqiy_axborot #Dehqon_xo_jaliklari #Yer_uchastkalari

DEHQONCHILIK UCHUN YERLAR AHOLIGA 30 YILGA IJARAGA BERILADI

“Dehqon xo'jaliklari tashkil etishni qo'llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–373-son, 10.09.2022- y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, fermerlar va klasterlar foydalanishidagi paxta va g'alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta'minoti yaxshi bo'lgan yerlardan 2022-yil yakunigacha qo'shimcha 20 ming gektar – umumiy 100 ming gektar ekin maydonlari, 2023-yilda 95 169 gektar ekin maydonlari aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.

🔰 Bunda ekin maydonlari 30 yil muddatga:

▫️suv ta'minoti yaxshi bo'lgan yerlardan – Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha bo'lgan o'lchamlarda;
▫️kam suvli yerlardan – viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha bo'lgan o'lchamlarda ijaraga beriladi.

📝 2022–2023-yillarda ekin maydonlarini aholiga berish uchun o'tkaziladigan tanlovda 1 ta talabgor ishtirok etsa ham, istisno tariqasida, tanlov o'tkazilgan hisoblanadi.

☑️ Issiqxona rivojlangan tumanlarda dehqon xo'jaliklariga ajratib berilgan ekin maydonlarida isitish tizimlarini o'rnatmagan holda yengil konstruksiyali issiqxonalar qurilishiga ruxsat beriladi.

📌 “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xo'jaligini uchun yer tanlov orqali ijaraga berilganda, ular daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yilga saqlab qolinadi.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
#Huquqiy_axborot #Dehqon_xo_jaliklari

DEHQON XO‘JALIGI YERLARINI IJARAGA OLISH BO‘YICHA O‘TKAZILADIGAN TANLOVLAR QOIDASIGA O‘ZGARTIRISH KIRITILDI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 aprelda «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarasiga doir huquqiy munosabatlar takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida» 2021 yil 24 noyabrdagi 709 son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.

💼Mazkur qarorga muvofiq endilikda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalsh instituti Jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifini o‘rganib chiqadi, taklifni qabul qiladi yoki taklifni rad etadi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_axborot #Qishloq_xo_jaligi_yerlari #Rekultivatsiya

BUZILGAN YERLARNI REKULTIVATSIYA QILISH, TUPROQNING UNUMDOR QATLAMINI SAQLASH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO'G'RISIDA

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 aprelda «Buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori qabul qilindi.

💼Mazkur qarorga muvofiq endilikda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti va uning hududiy bo'linmalari qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, infratuzilma obyektlarining muhofaza hududlarini belgilash loyihalarini ishlab chiqish va loyihani joyiga ko'chirish davrida mualliflik nazorati amalga oshiriladi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_Axborot #Yer_kodeksi #24_modda

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER KODEKSINING 24-2-MODDASIGA MUVOFIQ

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga ikkilamchi ijaraga berilishi (ularni uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin.

📝 Foydalanishga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati taraflarning kelishuviga ko‘ra belgilanadi va u qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi muddatidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

‼️ Ikkilamchi ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas.

💠 Agar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu shartnomani muddatidan ilgari bekor qilish qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining bekor qilinishiga sabab bo‘ladi.

🌿 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish taraflarning kelishuviga ko‘ra, bunday kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

🌱 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_axborot #Dehqon_xo_jaliklari

DEHQON XO‘JALIGINI YURITISH UCHUN AJRATILADIGAN YER UCHASTKALARINING ENG KO‘P O‘LCHAMI OSHIRILDI

🌿 Yer kodeksi hamda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va ko‘shimchaga ko‘ra, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi.


💼Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 apreldagi 137-son qaroriga muvofiq "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalsh instituti Jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifini o‘rganib chiqadi, taklifni qabul qiladi yoki taklifni rad etadi.

📌 Qonun 2023-yil 9-noyabr sanasidan e’tiboran kuchga kirdi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Huquqiy_axborot #Dehqon_xo_jaligi

"Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-15-son farmoni e’lon qilindi.

🌱Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlari, Kadastr agentligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2024 yil 1 martga qadar 15 626,8 gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilishi belgilandi.

📑2024 yil 1 martdan boshlab qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat beriladi.

😊O'zdavyerloyiha DILI  📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM