"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
984 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#Huquqiy_axborot #Dehqon_xo_jaliklari #Yer_uchastkalari

DEHQONCHILIK UCHUN YERLAR AHOLIGA 30 YILGA IJARAGA BERILADI

Dehqon xo'jaliklari tashkil etishni qo'llab-quvvatlash orqali aholi daromadlarini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–373-son, 10.09.2022- y.) qabul qilindi

Qarorga muvofiq, fermerlar va klasterlar foydalanishidagi paxta va g'alladan qisqartirilgan hamda aholi punktlariga yaqin va suv ta'minoti yaxshi bo'lgan yerlardan 2022-yil yakunigacha qo'shimcha 20 ming gektar – umumiy 100 ming gektar ekin maydonlari, 2023-yilda 95 169 gektar ekin maydonlari aholiga ochiq elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.

🔰 Bunda ekin maydonlari 30 yil muddatga:

▫️suv ta'minoti yaxshi bo'lgan yerlardan – Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatlarida 0,15 gektardan 1 gektargacha, boshqa viloyatlarda 0,30 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida 0,30 gektardan 2 gektargacha bo'lgan o'lchamlarda;
▫️kam suvli yerlardan – viloyatlarda 0,50 gektardan 1 gektargacha hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida 0,50 gektardan 2 gektargacha bo'lgan o'lchamlarda ijaraga beriladi.

📝 2022–2023-yillarda ekin maydonlarini aholiga berish uchun o'tkaziladigan tanlovda 1 ta talabgor ishtirok etsa ham, istisno tariqasida, tanlov o'tkazilgan hisoblanadi.

☑️ Issiqxona rivojlangan tumanlarda dehqon xo'jaliklariga ajratib berilgan ekin maydonlarida isitish tizimlarini o'rnatmagan holda yengil konstruksiyali issiqxonalar qurilishiga ruxsat beriladi.

📌 “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan aholiga dehqon xo'jaligini uchun yer tanlov orqali ijaraga berilganda, ular daftarlardan chiqarilmaydi va ular uchun barcha imtiyoz va preferensiyalar bir yilga saqlab qolinadi.

O'zdavyerloyiha DILITelegramInstagramFacebook
#E_auksion #Hududiy_bo_linmalar #Navoiy_viloyati #Dehqon_xo_jaliklari

''Navvilyerloyiha'' bo'linmasi tomonidan Karmana, Qiziltepa, Navbahor, Xatirchi, Konimex, tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-sentabrdagi PQ-373-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarorlari ijrosi bo’yicha  dehqon xo'jaligi uchun yerlarni auksion g'oliblariga ulchab berish ishlari amalga oshirilmoqda.
#Huquqiy_axborot #Dehqon_xo_jaliklari

DEHQON XO‘JALIGI YERLARINI IJARAGA OLISH BO‘YICHA O‘TKAZILADIGAN TANLOVLAR QOIDASIGA O‘ZGARTIRISH KIRITILDI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 aprelda «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarasiga doir huquqiy munosabatlar takomillashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida» 2021 yil 24 noyabrdagi 709 son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.

💼Mazkur qarorga muvofiq endilikda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalsh instituti Jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifini o‘rganib chiqadi, taklifni qabul qiladi yoki taklifni rad etadi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#O_zdavyerloyiha_DILI #Dehqon_xo_jaliklari

🟦🟦🟥🟥🟥

🎥O‘zbekiston telekanalining “Agroolam” dasturining navbatdagi soni “Oziq-ovqat inflayatsiyasi va uni bartaraf etish choralari” mavzusiga bag‘ishlandi.

Unda dunyo bo‘yicha oziq-ovqat inflyatsiyasi va buning aholi ehtiyojiga taʼsiri tahlil qilinadi.Jumladan, inflyatsiya xavfini pasaytirish uchun avvalo, mamlakatimizda aholi ehtiyojlarini o‘rganib, sifatli va xavfsiz mahsulot yetishtirish hajmini oshirish, foydalanilmayotgan imkoniyatlardan foydalanish, “E-auksion”platformasi orqali ehtiyojmand fuqarolarga yerlarni taqsimlash borasida olib borilayorgan ishlar haqida so‘z boradi.

Dasturda aholiga berilayotgan yerlardan samarali foydalanish maqsadida“O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy loyihalash institutlarining olim va mutaxassislari tomonidan ushbu yer egalari bilan olib borilayotgan ishlar xususida hikoya qilinadi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_axborot #Dehqon_xo_jaliklari

DEHQON XO‘JALIGINI YURITISH UCHUN AJRATILADIGAN YER UCHASTKALARINING ENG KO‘P O‘LCHAMI OSHIRILDI

🌿 Yer kodeksi hamdaDehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va ko‘shimchaga ko‘ra, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi.


💼Eslatib o'tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 apreldagi 137-son qaroriga muvofiq "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalsh instituti Jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifini o‘rganib chiqadi, taklifni qabul qiladi yoki taklifni rad etadi.

📌 Qonun 2023-yil 9-noyabr sanasidan e’tiboran kuchga kirdi.

😊O'zdavyerloyiha DILI 📱Telegram 🌐Instagram 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM