"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
984 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun bo‘lib o‘tgan majlisida Qishloq xo‘jaligi vaziri J.Xodjayevning O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.

Batafsil

#qishloq_xojaligi #Oliy_Majlis
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

QISHLOQ XO‘JALIGI XODIMLARI KUNI – “HOSIL BAYRAMI”

👨‍🌾Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni - “Hosil bayrami” munosabati bilan agrar tarmoq mehnatkashlarining mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi fidokorona mehnatini munosib qadrlash va ulug‘lash, ma’naviy va moddiy jihatdan rag‘batlantirish maqsadida bayram tadbiri o‘tkaziladi.

📆2022-yil 11-dekabr

⌛️10:00 dan 17:00 gacha

📍Manzil: "O'zekspomarkaz"

👩‍🌾Tadbir davomida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkalari, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy, xayriya tadbirlari, ommaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalar, ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda.

🗣Shuningdek, tadbirda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan turli mavzularda davra suhbatlari, treninglar va soha vakillari uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qishloq_xojaligi_xodimlari_kuni #Bayram #11_dekabr

Yer va suv resurslari samaradorligini oshirish masalalariga bagishlangan Ikkinchi panel sessi
yada Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Maqsud Ro‘zmetov ishtirok etmoqda. Shuningdek, davra suhbatida O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri orinbosari Rustam Qarshiyev, “Debyut” ishlab chiqarish korxonasi direktori Baxtiyor Shakirov, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G‘olibjon Qurbonov, “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy loyihalash instituti direktori Ruhiddin To‘rayev o‘z nutqlari bilan qatnashmoqdalar.

“Hukumatinimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, fermerlar va klasterlarning daromadlarini oshirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Buning samarasi
qishloq xo‘jaligi mavsumi sarhisob qilinayotgan shu kunlarda joriy yilda qo‘lga kiritilgan yutuqlarimiz va erishilgan marralarimizda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Respublikada suv tanqisligini oldini olish va mavjud suvlardan samarali foydalanish borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda”,dedi o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Maqsud Ro‘zmetov.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
VAZIRLAR SIRDARYO VILOYATIDAGI AGROMAJMUA ISHI BILAN TANISHDILAR

🌱O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, Xovos tumani hokimi Uchqun Kamolov, shuningdek, vazirlik delegatsiyalari ishtirokida Sirdaryo viloyatida joylashgan “RS Success Agro” biotexnologik sanoat qishloq xo‘jaligi kompleksining investitsiya loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

👉Batafsil

#vazir #tashrif #qishloq_xojaligi #suv_xojaligi

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📖O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti muassisligida chop etilayotgan “O‘zbekiston zamini” jurnali vazirlik tizimida faoliyat olib borayotgan soha vakillarining ilmiy, amaliy va ijodiy izlanishlarini namoyish etish va ishlab chiqarish jarayonidagi yutuqlarni targ‘ib etishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

🔰Jurnalda qishloq xo‘jaligi ekinlarining sifatli, yuqori hosildor navlarini yaratish va ishlab chiqarishga tatbiq etish, yer resurslaridan oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, oshirish va qayta tiklash kabi dolzarb mavzular yoritiladi.

💻Quyidagi havola orqali jurnalnig elektron varianti bilan tanishishingiz mumkin.

#jurnal #gazeta #maqola #Ozdavyerloyiha #Ozbekiston_zamini #qishloq_xojaligi

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON VA MISR O‘RTASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI HAMKORLIK KENGAYMOQDA

🇺🇿🤝🇪🇬
Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi delegatsiyaning Misr Arab Respublikasiga rasmiy tashrifi tarkibida qator vazirlik va idoralar, jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati ham bor.

Paxtachilik sohasida o‘zaro hamkorlikning samarali mexanizmini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilandi. Misr ham O‘zbekiston singari o‘zining paxtasi, ayniqsa, jahon bozorida juda mashhur va xaridorgir bo‘lgan ingichka tolali navlari bilan mashhur.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #delegatsiya #qishloq_xojaligi
*****
СОТРУДНИЧЕСТВО УЗБЕКИСТАНА И ЕГИПТА В СФЕРЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА РАСШИРЯЕТСЯ

🇺🇿🤝🇪🇬
В состав делегации во главе с Президентом Шавкатом Мирзиеевым в ходе официального визита в Арабскую Республику Египет вошли руководители целого ряда министерств и ведомств, в том числе и министерства сельского хозяйства.

Определен целый комплекс мер по налаживанию эффективного механизма взаимодействия в хлопководческой отрасли. Египет, как и Узбекистан славится своим хлопком, особенно его тонковолокнистыми сортами, которые пользуются огромной популярностью и спросом на мировом рынке.

#международное_сотрудничество #визит #делегация #сельское_хозяйство

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MARKAZIY OSIYODA YER DEGRADATSIYASI: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR

👥Toshkentda “22-aprel – Xalqaro Yer kuni”ga bag‘ishlangan “Markaziy Osiyoda yer degradatsiyasiga qarshi kurash: muammolar va yechimlar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan BMTning Taraqqiyot dasturi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligida tashkil etildi.

#xalqaro_forum #tadbir #qishloq_xojaligi #yerlar_degradatsiyasi

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XOTIRA – ABADIY, QADR – MUQADDAS

🇺🇿“Xotira va qadrlash”
kuni munosabati bilan Qishloq xo’jaligi vaziri o’rinbosari Qahramon Yuldashev boshchiligida vazirlik boshqarma boshliqlari va mas’ul xodimlari “Gʻalaba bogʻi”ga tashrif buyurib, Ikkinchi jahon urushida jasorat ko’rsatgan hamda yurt farovonligi yo’lida jonlarini fido etgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirgan holda, bog’dagi “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi poyiga gulchambar qo‘yishdi.

#Qishloq_xojaligi_vazirligi #xotira_va_qadrlash #9_may

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
GIDROGRAFIK OBYEKTLARI RAQAMLI XARITASINING LOYIHASI MUHOKAMA ETILDI

🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “O‘zdaverloyiha” DILI Farg‘ona viloyati bo‘linmasiga tashrif buyurdi.

“O‘zdaverloyiha” instituti bosh direktori Ruhiddin To‘raev hamda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi muovini Saidagzam Alimov loyiha doirasida Farg‘ona viloyatida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha taqdimot qildi.

Loyiha doirasida quyidagi vazifalar bajarilishi ko‘zda tutilgan:

🟢elektron bazani va aerofotosuratlarni tayyorlash;
🟢yer sathi past-balandligining raqamli modelini yaratish;
🟢Suv xo‘jaligi vazirligi bilan ma'lumotlar almashinuvini ta'minlash;
🟢suv omborlari, daryolar, magistral kanallar, magistral kollektorlar, shuningdek kichik kanallar, ariqlar, kollektorlar, zatvorlar, gidropostlar, nasoslar hamda gidromodul hududlarning chegaralarini aks ettirish;
🟢ichki sug‘orish tarmog‘ini raqamlashtirish va boshqalar.

#qishloq_xojaligi #vazir #tashrif #Ozdaverloyiha #raqamlashtirish #Fargona

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA: VAZIR OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MASALASIGA TO‘XTALDI

🗣Toshkentda ish boshlagan “Barqaror rivojlanish maqsadlari: oziq ovqat xavfsizligi va suv ta’minoti” xalqaro konferensiyasi dolzarb va qiziqarli chiqishlarga boy o‘tmoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, mamlakat barqaror rivojlanishida oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarining salmoqli o‘rin tutishi haqida to‘xtaldi.

“Bugun qishloq xo‘jaligida oziq-ovqat xavfsizligi nuqtai nazaridan olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar va oldimizda turgan yangi imkoniyatlar va istiqbollar bo‘yicha suhbatlashamiz“, — dedi Aziz Voitov o‘z chiqishini boshlar ekan.

2019-yilda hurmatli Prezidentimizning tashabbuslari bilan Strategiya qabul qilingan, uni shu yerda qatnashayotgan hamkasblarimiz — xalqaro tashkilotlar vakillari bilan hamkorlikda ishlab chiqqanmiz.

Strategiyamiz to‘qqizta banddan iborat bo‘lib, birinchi band aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan. Bu global ahamiyatga ega muhim vazifa. Ushbu vazifani bajarish uchun keyingi yillarda, yerdan samarali foydalanish va ekin turlarini diversifikatsiya qilish maqsadlaridan kelib chiqib, ko‘plab o‘zgarishlarga erishildi. Aytib o‘tish kerakki, g‘alla va paxta maydonlarini qisqartirish evaziga meva-sabzavotlarni ekish ko‘paydi.

Keyingi masala – bu kooperatsiyalar tizimi. Kichik dehqon xo‘jaliklarini kooperatsiya orqali yirik tadbirkorlik subyektlariga aylantirish, xarajatlarini kamaytirish va daromadini ko‘paytirish hamda moliyalashtirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratish ustida ham birgalikda ishlamoqdamiz.

Oldimizda turgan asosiy vazifalar – bu suvdan oqilona foydalanish, nafaqat moliyaviy, balki bilim investitsiyalarini kiritish masalalarini bugun hamkasblar birgalikda muhokama qilamiz.
Qishloq xo‘jaligi sohasining istiqbollari xususida maslahatlashamiz”.

#xalqaro_konferensiya #vazir #Yangi_Ozbekiston #Qishloq_xojaligi_vazirligi #oziq_ovqat_xavfsizligi #suv_taminoti

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM