"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti
983 subscribers
4.4K photos
432 videos
2 files
1.45K links
"O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti rasmiy kanali.

Bizning sayt: www.uzdavyerloyiha.uz
Download Telegram
#Eurasia_SDI #O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik

Bugun Belorussiya respublikasining Minsk shaharida «Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha VII-Yevroosiyo konferensiyasi (Eurasia SDI)» bo’lib o’tmoqda.

Ushbu konferensiyada dasturiy ta'minot, sun'iy yo‘ldosh, uchuvchisiz uchish qurilmalariga doir yetakchi xalqaro kompaniyalarning taqdimotlari, davra suhbatlari tashkil etilib, ko‘rgazma stendlari namoyishi bo’lib o’tmoqda.

Mazkur konferensiya doirasida “O’zdavyerloyiha” DILI Qishloq xo’jaligi sohasida raqamli texnologiyalarni tadbiq etish va unda fazoviy ma’lumotlar o’rni mavzusi bo’yicha taqdimot bilan chiqishi belgilangan.

VII- Yevroosiyo konferensiyasi (Eurasia SDI) - ma'muriy samaradorlik, yangi iqtisodiy qiymatni yaratishdagi axborot infratuzilmasi uchun ma'lumot bilan ta'minlovchi vosita bo‘lib, u ko‘p tarmoqli sanoatni kengaytirish orqali milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi.
#O_zdavyerloyiha_DILI #Rossiya_Federatsiyasi #Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda “O‘zdavyerloyiha” Davlat ilmiy-loyihalash instituti delegatsiyasi a’zolari, Rossiya Federatsiyasining Mineralniye vodi shahrida o‘tayotgan “PRO ЯБЛОКО 2021” zamonaviy bog‘dorchilik va innovatsiyalar bo‘yicha 3-Xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqdalar.

Mazkur ko‘rgazmada butun dunyodan tashrif buyurgan 1000 dan ortiq bog‘dorchilik, ko‘chatchilik, yer yuritish xo‘jaliklari hamda soha olimlarini bir joyga to‘plash bilan ahamiyatli hisoblanadi.

Shuningdek, ko‘rgazmada Rossiya va Yevropa davlatlarining ilg‘or kompaniyalari agrar sohasidagi zamonaviy va yangi texnologiyalar bilan ishtirok etadilar.

Mazkur konferensiya doirasida “O’zdavyerloyiha” DILI vakillari tomonidan rivojlangan mamlakatlarning bog’dorchilik sohasidagi yer tuzish ishlarini o‘rganish, boshqa manfaatli tashkilotlar bilan do'stona munosabatlarni o‘rnatish va kelgusida qo‘shma hamkorliklarni amalga oshirish rajalashtirilgan.
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun, “O‘zdavyerloyiha” Davlat ilmiy-loyihalash instituti delegatsiyasi a’zolari, “PRO ЯБЛОКО 2021” zamonaviy bog‘dorchilik va innovatsiyalar bo‘yicha 3-Xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Rossiya Federatsiyasining Qorachay-Cherkes Respublikasida joylashgan olma va nok intensiv bog'lariga tashrif buyurdilar.

Ma’lumot uchun: 2017 yildan boshlab "Qorachay-Cherkesiya bog'lari" kompaniyasi respublikada mevali bog'larni qayta tiklash loyihasini amalga oshirmoqda. 2018 yilda birinchi intensiv nok bog'i qurildi. 2023 yilga kelib, mazkur kompaniya Rossiyada eng yirik nok ishlab chiqaruvchi bo'lishni rejalashtirgan.

Tashrif davomida, Institut a’zolari tadbirda yig’ilgan bog‘dorchilik va ko‘chatchilik bo‘yicha soha olimlari hamda mutaxassislari bilan bog’larni joylashtirish, hamda ushbu yo’nalishda yer tuzish ishlarini qay asnoda amalga oshirish bo‘yicha tajriba almashishdi.

Tadbir yakuniga ko‘ra, “O‘zdavyerloyiha” DILI vakillariga ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan sertifikat taqdim etildi.
#Xalqaro_hamkorlik #O_zdavyerloyiha_DILI #Rossiya_Federatsiyasi

"O'zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash instituti delegatsiyasi "Zolotaya osen-2021" 23-butun Rossiya agrosanoat ko'rgazmasida ishtirok etishmoqda.
#Xalqaro_hamkorlik #O_zdavyerloyiha_DILI #Rossiya_Federatsiyasi

Xabaringiz bor "O'zdavyerloyiha" Davlat ilmiy loyihalash instituti delegatsiyasi "Zolotaya osen-2021" 23-butun Rossiya agrosanoat ko'rgazmasida ishtirok etishmoqda.

Mazkur ko'rgazma doirasida delegatsiya a'zolari Qishloq xo'jaligini raqamlashtirish sohasida keng joriy etilayotgan uchuvchisiz uchish qurilmalari, ular yordamida olingan ma'lumotlar asosida raqamli xaritalarni yaratish mexanizmlari bo'yicha qator yangiliklar bilan tanishishmoqda.
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash instituti, Davlat kadastrlari palatasi mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida Buxoro viloyati Romitan tumani misolida Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan obyektlarning kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tmoqda.
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda Qishloq xo'jaligi vazirligida Jahon bankining Qishloq xo'jaligini modernizatsiyalash loyihasi doirasida Janubiy Koreya Respublikasining xalqaro ekspertlari ishtirokida Tuproq tahlili bo'yicha zamonaviy innovatsion uslublarni joriy etish haqida texnik hamkorlik yuzasidan kengaytirilgan yig`ilish boshlandi.
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda "O'zdavyerloyiha" davlat ilmiy loyihalash institutida Jahon bankining Qishloq xo'jaligini modernizatsiyalash loyihasi doirasida Janubiy Koreya Respublikasining xalqaro ekspertlari ishtirokida Tuproq tahlili bo'yicha zamonaviy innovatsion uslublarni joriy etish haqida texnik hamkorlik bo'yicha yig`ilish boshlandi.
#O_zdavyerloyiha_DILI #Xalqaro_hamkorlik

Joriy yilning 12 noyabr kuni, Qishloq xo‘jaligi vazirligida "Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish va kadastr tizimini modernizasiya qilish" loyihasi doirasida yer tuzish bo‘yicha katta mutaxassis - Nadejda Orlova boshchiligidagi Jahon banki missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida, qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish islohoti muhokamasi, mazkur yo‘nalishda erishilgan yutuqlar va keyingi qadamlar to‘g‘risida tajriba almashilindi.
XALQARO HAMKORLIK

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 2022 yil 27-28-aprel kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Bishkek shahrida tashkil etilayotgan Markaziy Osiyoda yer bozorini rivojlantirish bo‘yicha Submintaqaviy seminarida “O‘zdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti Metodologiya bo‘limi boshlig‘i Xojiyev Qo‘chqor Mamadiyorovich ishtirok etmoqdalar.

Ushbu seminarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida ona sayyoramiz bo'lmish yerni avaylab asrash, yer soxasida olib borilayotgan ishlar, istiqbollar hamda muammolar haqida seminar tashkilotchilari va ishtirokchilari tomonidan qiziqarli davra suxbatlari bo'lib o'tmoqda.

#O_zdavyerloyiha #Xalqaro_hamkorlik #Qirgiziston #Bishkek


👉Bizlar ijtimoiy tarmoqlarda

Facebook | Telegram | Instagram