2025-yil 21-iyul kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi yashil foydali qazilmalar sohasidagi hamkorlik forumi o‘z ishini boshladi. Tadbirni vazir o‘rinbosari Ural Yusupov ochib berdi. U o‘z nutqida sanoatning barqaror rivojlanishi, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va investitsiyalarni jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Xitoy tadbirkorlarining O‘zbekistondagi assotsiatsiyasi raisi Liu Yu ham so‘zga chiqib, ushbu forumni tashkil etish tashabbusini yuqori baholadi.
Forumning birinchi kuni davomida Vazirlik, Geologiya fanlari universiteti hamda Xitoyning yetakchi kompaniyalari vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, Goldpro New Materials kompaniyasi tomonidan yillik quvvati 100 000 tonnani tashkil etuvchi ishlab chiqarish liniyasini barpo etish bo‘yicha loyihasi taqdim etildi. Kunshan Hong Fu Tai kompaniyasi esa sanoat chiqindilaridan qimmatbaho metallarni ajratib olish texnologiyasini joriy etish taklifini bildirdi. Shuningdek, Xitoy kompaniyalari tomonidan ekologik toza texnologiyalar, kon uskunalari va geologik qidiruv sohalariga oid ilg‘or yechimlar namoyish etildi.
Forum dasturiga ko‘ra, ishtirokchilar yurtimizning yirik sanoat korxonalariga — Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari, Samarqand metallurgiya zavodi hamda “O‘zTMK” AJga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan.
Forum 28-iyul kuni yakunlanadi. Ushbu tadbir O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.
21 июля 2025 года в Министерстве горнодобывающей промышленности и геологии начал свою работу Форум сотрудничества Узбекистана и Китая в области зелёных полезных ископаемых. Мероприятие открыл заместитель министра Урал Юсупов, который в своём выступлении подчеркнул актуальность устойчивого развития отрасли, расширения международного взаимодействия и привлечения инвестиций. Со словами приветствия также выступил председатель Ассоциации китайских предпринимателей в Узбекистане Лю Ю.
В рамках первого дня форума были заслушаны выступления представителей Министерства, Университета геологических наук, а также руководителей и специалистов ведущих китайских компаний. В числе представленных инициатив — проект строительства производственной линии мощностью 100 000 тонн от компании Goldpro New Materials, а также предложение от Kunshan Hong Fu Tai по внедрению технологий извлечения драгоценных металлов из промышленных отходов. Компании из Китая представили также решения в сфере экологически чистых технологий, горного оборудования и геологоразведки.
Программа форума предусматривает выездные визиты на крупнейшие объекты отрасли — Алмалыкский и Навоийский горно-металлургические комбинаты, Самаркандский металлургический завод и АО «УзТМК».
Завершение форума запланировано на 28 июля. Проведение данного мероприятия стало ещё одним важным шагом в укреплении партнёрства между Узбекистаном и Китаем в сфере горнодобывающей промышленности и геологии.
#kongeologiya #mingeo #Xitoy #yashil_foydali_qazilmalar #hamkorlik #forum #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #tadbirlar #OKMK #NKMK #GFU
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Geologiya fanlari universiteti, “MRI” DM va “O‘zTMK” AJ rahbar hamda mutasaddilari Navoiy viloyatiga xizmat safarini amalga oshirib, "NKMK" AJ vakillari bilan texnogen chiqindilarni ilmiy asoslangan texnologiyalar orqali o‘rganish masalalarini muhokama qildilar.
Dastur doirasida “NKMK” AJ mutaxassislari bilan birgalikda 3-GMZ chiqindixonalariga borilib, loyiha bo‘yicha amalga oshiriladigan burg‘ilash va namunalash ishlari muhokama qilindi hamda keyingi bosqichlar rejalashtirildi.
Руководство и ответственные специалисты Университета геологических наук, ГУ «ИМР» и АО «УзТМК» совершили рабочую поездку в Навоийскую область, где обсудили с представителями АО «НГМК» вопросы изучения техногенных отходов с применением научно обоснованных технологий.
В рамках программы совместно со специалистами АО «НГМК» был осуществлен выезд на хвостохранилища 3‑ГМЗ, где были обсуждены и запланированы буровые и пробоотборочные работы, проводимые в рамках проекта.
#kongeologiya #mingeo #Ozbekiston_texnologik_metallar_kombinati #GFU #MRIDM #NKMK
Сайт | Telegram | Facebook | Instagram | X | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM