Tashqi ishlar vazirligi
9.68K subscribers
10.5K photos
238 videos
4.53K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Сергели туманида барпо этилган 16 қаватли уйни бориб кўрди.
Замонавий стандартлар асосида зилзилага бардошли қилиб қурилган уй 2-3 хонали 80 та хонадондан иборат бўлиб, кам таъминланган ва муҳтож оилаларга топширилган.
Давлатимиз раҳбари Шарофиддин ва Шаҳноза Жўрабоевлар хонадонида бўлиб, улар билан суҳбатлашди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с 16-этажным домом, построенным в Сергелийском районе.
Дом, возведенный по современным стандартам, с соблюдением требований сейсмостойкости, состоит из 80 двух- и трехкомнатных квартир, которые были предоставлены малообеспеченным и нуждающимся в жилье семьям.
Глава государства побывал в гостях у семьи Шарофиддина и Шахнозы Джурабаевых, побеседовал с ними.

#Mirziyoyev #safar #Sergeli #uy

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Tayinlov

2020-yil 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Xurshid Mirzaxidov Bishkek shahriga yetib keldi.

U bunga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/06/24216/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining “Chashma” uchastkasida sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha Tashqi ishlar vazirligi press-relizi

2020-yil 31-may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi “Chashma” uchastkasida O‘zbekiston va Qirg‘izistonning chegaradosh hududlari aholisi o‘rtasida mahalliy darajadagi hodisa yuz berdi.

Voqea sabablarini ikki tomon rasmiy shaxslari o‘rganishi shuni ko‘rsatdiki, “Chashma” bulog‘ining ariqlarini birgalikda tozalash paytida yuzaga kelgan bahslashuv natijasida ikki mamlakatning ayrim fuqarolari o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.

Hodisa natijasida ikki tomondan ham jabrlanganlar bor. Ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Ikki mamlakatning chegaradosh viloyatlari rahbarlarining muzokaralari natijasida vaziyat to‘liq nazoratga olindi. Tomonlar bundan keyin oldindan kelishuvsiz tozalash ishlarini olib bormaslikka kelishib oldilar.

Ta’kidlash joizki, “Chashma” bulog‘i O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi aholisini ichimlik va sug‘orish suvi bilan ta’minlaydi. O‘zaro manfaatlarni inobatga olgan holda “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risida kelishuv mavjud.

2020-yil 1-iyun kuni soat 09.00 da O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripovning Qirgʻiziston Respublikasi hukumati rahbari v.b. K.Boronov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka oid keng ko‘lamli masalalar muhokama qilindi. Transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish va chegarada yuzaga keladigan muammolarni do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida 2017-yil 6-oktabrda imzolangan Chegara hududida ishonch choralari bo‘yicha Bitim qoidalariga muvofiq hal qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Hukumat rahbarlari yaqin vaqt ichida Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh viloyatlari hokimlari va Qirg‘iziston hukumatining chegaraoldi hududlaridagi vakolatli vakillari Kengashini o‘tkazishga kelishib oldilar.

Ikki mamlakat delegatsiyalari rahbarlari birgalikda mahalliy aholi bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Ўзбекистон ва Қирғизистон Президентлари телефон орқали мулоқот қилдилар.
Давлат раҳбарлари “Чашма” чегараолди ҳудудида рўй берган ҳодиса билан боғлиқ масалаларни батафсил кўриб чиқиб, бундай вазият бошқа такрорланмаслиги учун мукаммал чоралар қабул қилиш муҳим эканини таъкидладилар.
Ҳукумат делегациялари ўтказган музокараларнинг самарали натижалари мамнуният билан қайд этилди.
Халқаро ва минтақавий аҳамиятга молик долзарб масалалар юзасидан фикр алмашилди.

Президенты Узбекистана и Кыргызстана провели телефонный разговор.
Главы государств подробно рассмотрели вопросы, связанные с произошедшим инцидентом на приграничном участке «Чашма», и подчеркнули важность принятия исчерпывающих мер в целях недопущения повторения подобной ситуации.
Отмечены плодотворные результаты состоявшихся переговоров правительственных делегаций.
Состоялся обмен мнениями по актуальным вопросам международной и региональной повестки.

#Mirziyoyev #muloqot #Qirgiziston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
BMTning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv to‘g‘risida

2020-yil 1-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov va BMTning O‘zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchisi, BMT Vakolatxonasi rahbari Helena Freyzer o‘rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish, “COVID-19”ning mamlakatimizda tarqalishiga qarshi kurashish, Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondining faoliyatini ta’minlash kabi muhim sohalarda O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, BMTning 75 yilligiga bag‘ishlangan bir qator maxsus tadbirlar o‘tkazish va aniq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, xususan, Farg‘ona vodiysida yoshlarning ijtimoiy jipsligini mustahkamlash va transchegaraviy hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan fikr almashdilar.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan uchrashuv to‘g‘risida

2020-yil 1-iyun kuni Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov va YXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor o‘rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda YXHT loyihalarini amalga oshirish samaradorligini oshirish masalalari, O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi 2006-yildagi o‘zaro Anglashuv memorandumi qoidalari, shuningdek, O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy tadbirlar rejasi (“Yo‘l xaritasi”) muhokama qilindi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Latviya Elchisi bilan muzokaralar to‘g‘risida

2020-yil 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Latviya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Mixails Popkovs bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Latviya kun tartibi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

“O‘zbekiston - Yevropa Ittifoqi” shakli doirasidagi aloqalarning amaliy jihatlari, shuningdek, COVID-19 koronavirusi va uning oqibatlari bilan kurash bo‘yicha hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 3-iyun kuni Toshkent shahrida “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Tarjimonlar byurosi va “BMB Trade Group” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik va sherikchilik to‘g‘risidagi bitim” imzolandi

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/06/24229/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yilning 3-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi raisligi doirasida MDH ishtirokchi-davlatlari tashqi ishlar vazirliklarining yuridik xizmatlari rahbarlari Maslahatlashuv qo‘mitasining videokonferensiya shaklidagi 28-majlisi bo‘lib o‘tdi

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/06/24231/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Камбағалликни қисқартириш масалалари бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Жорий йил 1 октябргача тирикчилик учун зарур энг кам миқдор ва минимал истеъмол саватчасининг ҳуқуқий асосларини ишлаб чиқиш вазифаси қўйилди.
Саноат, қишлоқ хўжалиги, қурилиш соҳаларида иш ўринлари яратиш чоралари белгиланди.
Йил якунигача қўшимча 235 мингдан зиёд оилага моддий ёрдам ажратилиши қайд этилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по вопросам сокращения бедности.
Поставлена задача до 1 октября текущего года разработать правовые основы прожиточного минимума и потребительской корзины.
Определены меры по созданию рабочих мест в промышленности, сельском хозяйстве и сфере строительства.
Отмечалось, что до конца года материальную помощь получат дополнительно более 235 тысяч семей.

#Mirziyoyev #videoselektor #iqtisodiyot #bandlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2020-yil 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Buyuk Britaniya Favqulodda va Muxtor Elchisi Timoti Torlot bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralarda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibi ko‘rib chiqildi, Afg‘oniston muammosiga alohida e’tibor qaratildi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/06/24237/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 3-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov BMTning doimiy muvofiqlashtiruvchisi Helena Freyzer va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakili Matilda Dimovska bilan videokonferensiya shaklida uchrashdilar.

Uchrashuvda BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan O‘zbekiston hamkorligining holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/06/24239/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi axboroti

Mamlakatimizning Rossiya va Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik musassasalari bergan ma’lumotga ko‘ra, Rossiya-Qozog‘iston chegarasi “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 300 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari to‘plangan.

Mazkur masala mamlakatimizning Moskva va Nur-Sulton shaharlaridagi elchixonalari, Qozon va Aqtau shaharlaridagi bosh konsulxonalari tomonidan nazoratga olingan, Rossiya va Qozog‘istonning vakolatli organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda.

TIV Operativ shtabi ushbu vaziyat to‘g‘risida ma’lumotni har tomonlama ko‘rib chiqish uchun Respublika maxsus komissiyasiga yubordi. Maxsus komissiya qarori to‘g‘risida alohida ma’lumot beriladi.

Faqat 25-maydan buyon Rossiyaning turli shaharlaridan 8 ta charter reysi tashkillashirilganini eslatib o‘tamiz. Hozirgi paytda Maxsus komissiya tomonidan Rossiyaning turli hududlaridan hamyurtlarimizni olib kelish uchun qo‘shmcha charter reyslarini amalga oshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Shu munosabat bilan Rossiya hududida bo‘lib turgan fuqarolarimizdan “Mashtakovo” nazorat-o‘tkazish punkti yoki boshqa Rossiya-Qozog‘iston davlatlararo chegarasini kesib o‘tish punktlariga borishga urinmasliklarini, hozirda bo‘lib turgan joylarida qolishlarini va barcha karantin choralariga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz. Rossiyaning turli hududlaridagi shaharlariga charter reyslari tashkil qilish ustida ishlar davom etadi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/06/24243/
Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz
2020-yilning 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov Avstriya Respublikasi Yevropa va tashqi ishlar federal vazirligi Davlat kotibi Peter Launski-Tiffental bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muzokara chog‘ida joriy kun tartibi va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/06/24245/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 4-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Kanada Tashqi ishlar vaziri Fransua-Filipp Shampan o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Kanada biznesining O‘zbekiston bozoriga faol kirishi va qayta tiklanadigan energiya, sanoat va qishloq xo‘jaligi sohalarida yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdorlik izhor etildi.

Suhbat chog‘ida COVID-19 tarqalishi bilan bog‘liq dunyodagi mavjud vaziyat ko‘rib chiqildi. Pandemiyaning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun birgalikda harakat qilish muhimligi qayd etildi. Shu o‘rinda Kanada TIV rahbari O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 250 ming Kanada dollari ajratilishini ma’lum qildi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/06/24247/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
2020-yil 5-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov Finlandiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Helsinki shahrida) Mariya Elina Liivala bilan videokonferensaloqa shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Suhbatdoshlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, sud-huquq va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning holati yuzasidan fikr almashdilar.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/06/24249/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-maydagi “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonining asosiy bandlari Birlashgan Millitlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 74-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida nashr etildi va BMTning barcha rasmiy tillarida tashkilotga a’zo davlatlar orasida tarqatildi.

Davlatimiz rahbari farmonining BMT Bosh Assambleyasi 74-sessiyaning rasmiy hujjat sifatida qabul qilinishi O‘zbekistonda inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinganidan dalolatdir.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/06/24253/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter