Tashqi ishlar vazirligi
9.85K subscribers
10.6K photos
238 videos
4.58K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
***
On January 29, Minister of Foreign Affairs of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov held a meeting with the Minister of Foreign Affairs of Turkiye Hakan Fidan.

Facebook | YouTube | Instagram | X
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Latviya Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
***
Deputy Foreign Minister Olimjon Abdullayev held at meetings Latvian Foreign Ministry.

Facebook | YouTube | Instagram | X
O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Latviya farovonlik vaziri Uldis Augulis, Ichki ishlar vazirligi parlament kotibi Igor Raevs, Davlat chegarasini qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Rinald Belis va yirik ish beruvchilar, rekruting kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi.
***
Uzbekistan delegation met with Latvian Minister of Welfare Uldis Augulis, Parliamentary Secretary of the Ministry of Internal Affairs Igor Raevs, Deputy Head of the State Border Guard Rinald Belis, as well as representatives of large employers and recruiting companies.

Facebook | YouTube | Instagram | X
29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari B.A’loyev Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Elchisi O.Malg‘inov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
***
On January 29, First Deputy Minister of Foreign Affairs of the Republic of Uzbekistan Bakhromjon Aloyev met with the Ambassador of the Russian Federation to the Republic of Uzbekistan Oleg Malginov.

Facebook | YouTube | Instagram | X
2025-yilning 30-31-yanvar kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Maslahat uchrashuvlari masalalari bo‘yicha Milliy koordinatorlar kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning tashqi siyosat idoralari vakillari ishtirok etdi.
***
On January 30-31, 2025, the first meeting of the Council of National Coordinators for Consultative Meetings of the Heads of State of Central Asia was held at the Ministry of Foreign Affairs of Uzbekistan. The meeting was attended by representatives of the foreign ministries of the Republic of Uzbekistan, the Republic of Kazakhstan, the Kyrgyz Republic, the Republic of Tajikistan and Turkmenistan.

Facebook | YouTube | Instagram | X
Dolzarb masalalar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi sharhi:

Savol: Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya fuqarosi deb taxmin qilingan shaxsning o‘zbeklarga nisbatan shovinistik va ochiq haqoratomuz bayonotlari aks etgan video tarqaldi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ushbu videoga javoban qanday choralar ko‘rdi?

Javob: Javob berishni boshlashdan oldin media kun tartibini diplomatik kun tartibdan ajratish zarurligini ta’kidlamoqchiman. Vaqti-vaqti bilan OAVlarining kun tartibida ba'zi voqealar yoki bayonotlar tufayli shovqinlar paydo bo'ladi. Lekin ular voqelikni to'g'ri aks ettira olmasligi, ba'zan esa uni juda buzib ko'rsatishi mumkin.

Shu munosabat bilan OAV va bloglar olami vakillarini tasdiqlanmagan materiallarni tarqatmaslikka chaqiramiz. Biz hamkorlikka doim ochiqmiz.

Videoning o‘ziga kelsak, albatta, qaysi millatga mansub bo‘lishidan qat’iy nazar, xalqimizga qarata aytilayotgan bunday gaplarni mutlaqo qabul qilib bo‘lmaydi. O‘zbekiston o‘z fuqarolarining huquqlari, sha’ni va qadr-qimmatini qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar doimo himoya qilgan va himoya qiladi.

Biz axborot maydonini muntazam ravishda kuzatib boramiz. Ushbu video internetda topilishi bilanoq, Rossiya tomoniga diplomatik kanallar orqali zudlik bilan murojaat qilingan. Bunday paytlarda asl manbani topish va materialning haqiqiyligini tekshirish juda muhimdir.
Tabiiyki, Rossiya tomoni shu zahotiyoq “Bunday haqoratomuz bayonotlar, kim tomonidan aytilishidan qatʼi nazar, chuqur afsuslanarliligi”ni taʼkidladi.

Tekshiruvlar natijasida ushbu material provokatsion xususiyatga ega boʻlib, xalqlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarga nizo keltirib chiqarishga urinayotgan buzgʻunchi kuchlar tomonidan toʻqib chiqarilgani maʼlum boʻldi.

Rossiya tomonining xabar berishicha, videoda tilga olingan shaxs Rossiya Federatsiyasi fuqarosi emas. Hozirda Rossiyaning rasmiy OAVlari ham bu borasida qator materiallarni e’lon qilmoqda.

Yana bir bor barchaga har qanday axborot materialini tarqatishda mas'uliyat bilan yondashish zarurligini eslatib o'tamiz. Tasdiqlanmagan manbalardan olingan kontentni targ‘ib qilishni nomaqbul deb hisoblaymiz.

Savol: 19 yanvar kuni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni almashish haqidagi kelishuv kuchga kirdi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bu boradagi pozitsiyasi qanday?

Javob: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlar almashinuvini olqishlaydi. Biz ushbu kelishuvlarni keskinlikni pasaytirish va mintaqada uzoq kutilgan tinchlikni ta'minlash yo'lidagi juda muhim ijobiy qadam sifatida qaraymiz.

Biz Qatar, AQSh va Misrning kelishuvga erishishdagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaymiz. Biz barcha tomonlarni kelishuv shartlariga rioya qilishga chorlab qolamiz.

O‘zbekiston Yaqin Sharqda barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashga sodiq qoladi.

@TIVmabtuot
Savol: O‘zbekiston 1-yanvar kuni BRIKS bo‘yicha hamkor davlatga aylandi. Mamlakatimizning ushbu assotsiatsiyadagi ishtirokidan qanday foyda kutilmoqda?

Javob: BRIKS ko‘p tomonlama hamkorlik va sheriklikning nufuzli va dinamik birlashmasi hisoblanadi. Ishonchimiz komilki, bunday o‘zaro hamkorlik modeli BMTning markaziy rolini saqlab qolgan holda yanada adolatli dunyo tartibining yangi arxitekturasini shakllantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lishi mumkin.

BRIKS aʼzolarining aksariyati bizning anʼanaviy hamkorlarimizdir. Biz birinchi navbatda iqtisodiy manfaatlarni ko‘zlaymiz. BRIKS katta imkoniyatlarga ega ulkan bozordir. Uyushma aʼzolari bilan aloqalarning har tomonlama kengayishi xalqimiz farovonligini taʼminlashda ijobiy o‘rin tutadi.

Savol: Ikkinchi uchrashuvi Anqarada bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon va Turkiya bilan uch tomonlama hamkorlik platformasini O‘zbekiston qanday baholaydi? Boshqa davlatlar bilan ham shunday uch tomonlama format yaratish yoki unga boshqa davlatlarni jalb qilish orqali Boku-Toshkent-Anqara formatini kengaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqdami?

Javob: Biz ushbu platformani mamlakatlarimiz o‘rtasidagi foydalanilmagan ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish uchun juda muhim maydon deb bilamiz.

Uchrashuv kun tartibi juda boy bo‘lib, hamkorlikning deyarli barcha sohalarini qamrab oldi. Barcha ishtirokchilar tomonidan mintaqaviy va global xarakterdagi dolzarb masalalar bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash uchun bor kuch-g‘ayratimizni ishga solishga kelishib oldik. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash zarurligi taʼkidlandi.

Xabaringiz bor, birinchi uchrashuv 2022-yilda bo‘lib o‘tgan. Toshkentda hozirgisi ketma-ket ikkinchi va boshqa davlatlarni jalb qilish masalasi hali bu formatda kun tartibida emas.

@TIVmatbuot
1-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Hikma Pharmaceuticals” kompaniyasi ijrochi raisi Said Darvazah bilan uchrashuv o‘tkazdi.
***
On February 1, Minister of Foreign Affairs of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov held a meeting with Said Darwazah, Executive Chairman of Hikma Pharmaceuticals.

Facebook | YouTube | Instagram | X
1-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Jordan Phosphate Mines Co” Boshqaruv kengashi raisi Mohammad Tneybat bilan uchrashuv o‘tkazdi.
***
On February 1, Minister of Foreign Affairs of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov held a meeting with Dr. Mohammad Thneibat, Chairman of the Board of the Jordan Phosphate Mines Co.

Facebook | YouTube | Instagram | X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳимнинг таклифига биноан 4-5 февраль кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Малайзии Анвара Ибрагима 4-5 февраля посетит эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Bosh vazir oʻrinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo‘yicha vaziri Ayman Safadi bilan uchrashdi.
***
On February 2, Minister of Foreign Affairs of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov met with Ayman Safadi, Deputy Prime Minister and Minister of Foreign Affairs and Expatriates of Jordan.

Facebook | YouTube | Instagram | X
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Iordaniya Bosh vazir oʻrinbosari, tashqi ishlar va ekspatriatlar masalalari bo‘yicha vaziri Ayman Safadi tomonidan ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan muhim hujjatlar imzolandi.
***
Minister of Foreign Affairs of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov and Deputy Prime Minister and Minister of Foreign Affairs and Expatriates of Jordan Ayman Safadi signed important documents aimed at developing co-operation between the two countries.

Facebook | YouTube | Instagram | X
2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya investitsiyalar vaziri Xeyri Amr bilan uchrashuv o’tkazdi.
***
On February 2, Minister of Foreign Affairs of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov held a meeting with Kheiry Amr, Minister of Investment of Jordan.

Facebook | YouTube | Instagram | X
2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Iordaniya Vaqf, Islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad Ahmad Msallam Al-Xalaila bilan uchrashuv o’tkazdi.
***
On February 2, Minister of Foreign Affairs of Uzbekistan Bakhtiyor Saidov held a meeting with Dr. Mohammad Ahmad Msallam Al-Khalaileh, Minister of Awqaf, Islamic Affairs and Holy Sites of Jordan.

Facebook | YouTube | Instagram | X
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Iordaniya Oliy taʼlim vaziri va mamlakatning yetakchi universitetlarining rahbarlari bilan uchrashdi.
***
The Minister of Foreign Affairs of Uzbekistan met with the Minister of Higher Education of Jordan and heads of leading Jordanian universities.

Facebook | YouTube | Instagram | X