Tashqi ishlar vazirligi
9.82K subscribers
10.5K photos
238 videos
4.56K links
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy kanali

Facebook - fb.com/mfauzb
Instagram - instagram.com/mfa_uzb
YouTube - youtube.com/uzbekmfa
Download Telegram
2020-yil 27-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Sherzod Asadov va Italiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirining o‘rinbosari Manlio Di Stefano o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

BMT doirasida va “O‘zbekiston-YI” shaklidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekiston va Ispaniya TIV rahbarlarining telefon orqali muloqoti to‘g‘risida

2020-yil 28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar, Yevropa ittifoqi va hamkorlik vaziri Aranchey Gonsales Layya bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni chuqurlashtirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan holda ikki tomon kun tartibining keng qamrovli masalalari ko‘rib chiqildi, O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi hamkorligi muhokama qilindi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari O‘zbekiston-Ispaniya parlamentlararo aloqalarining rivojlanayotganligini hamda Oliy Majlis va General Korteslar o‘rtasida “O‘zbekiston-Ispaniya” guruhining tuzilganligini qo‘llab-quvvatladilar.

Muloqotda tomonlarning savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni faollashtirishga tayyorligi e’tirof etildi. Shu munosabat bilan karantin choralari bekor qilinganidan keyin Toshkent shahrida Savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Ispaniya hukumatlararo komissiyasi 1-majlisi hamda ikki davlat yetakchi kompaniya va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi biznes-forum o‘tkazilishining muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi axboroti

Qozog‘istonning qator hududlarida karantin rejimining yengillashtirilganligi munosabati bilan fuqarolarimiz O‘zbekiston hududiga o‘tish maqsadida “Jibek Joli” – “G‘isht Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktiga kelishmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi chegara va sanitar-epidemiologik xizmatlarining hamkorlikdagi faoliyati natijasida hamyurtlarimizni mamlakatimiz hududiga karantin choralariga amal qilgan holda o‘tkazilmoqda.

Bosh konsulxona “Jibek Joli” nazorat-o‘tkazish punktiga kelayotgan O‘zbekiston fuqarolarini ma’lum to‘lov evaziga davlatlararo chegarani kesib o‘tishda ko‘maklashishni taklif qiluvchi turli shaxslarga murojaat qilmaslikka yana bir bor chaqiradi.

Odatdagi tartibda faoliyat ko‘rsatayotgan “Jibek Joli” – “G‘isht Ko‘prik” nazorat-o‘tkazish punktida hozirda Olmaotadagi Bosh konsulxonaning xodimi ishlamoqda hamda fuqarolarimizga zarur konsullik-huquqiy va boshqa turdagi yordam ko‘rsatmoqda.

Qozog‘istonning Olmaota va Chimkent shaharlari, Olmaota, Sharqiy Qozog‘iston, Turkiston, Jambil va Qizilo‘rda viloyatlari hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda Olmaota shahridagi Bosh konsulxonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz: +7-727-299-20-70, +7-727-390-26-16.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев рақобат муҳитини таъминлаш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.
Рақобатни ривожлантириш ва монополияга қарши курашиш борасида мутлақо янги тизим яратиш, монопол товарлар рўйхатини кескин қисқартиришга қаратилган “йўл харитаси” тасдиқлаш вазифаси белгиланди.
Барча раҳбарларни рақобат асослари ва комплаенс бўйича ўқитиш муҳимлиги таъкидланди.
Истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш агентлигининг ваколатларини кенгайтириш бўйича топшириқлар берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам обеспечения конкурентной среды.
Поручено создать совершенно новую систему развития конкуренции и противодействия монополиям, утвердить "дорожную карту" по сокращению перечня монопольных товаров.
Отмечена важность обучения всех руководителей основам конкуренции и комплаенса.
Дано указание расширить полномочия Агентства по защите прав потребителей.

#Mirziyoyev #yigilish #monopoliya #raqobat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2020-yil 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi raisligi doirasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tadi.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24200/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Afg‘oniston ishtirokidagi “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” shaklida muzokaralar to‘g‘risida

2020-yilning 28-may kuni videokonferensaloqa shaklida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” muzokaralari Afg‘oniston ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Azizbek Madmarov, Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Marg‘ulan Baymuxan, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Muzaffar Huseynzoda, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xadjiyev, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sherzod Asadov va Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi Helga Mariya Shmid hamda Afg‘oniston TIV rahbari o‘rinbosari Harun Chahansuri ishtirok etdilar.

Mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma tadbirlarni tashkillashtirish istiqbollari, xususan siyosat va xavfsizlik bo‘yicha “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” yuqori darajali muloqotining navbatdagi majlisi kun tartibi va uni Toshkent shahrida o‘tkazish jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Markaziy Osiyo, Afg‘oniston va YI davlatlarining COVID-19 koronavirus infeksiyasining tarqalishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish borasidagi hamkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли учун яратилаётган шароитлар, фуқаролар ҳаётини яхшилаш, фаровонлигини ошириш йўлида қилинаётган ишлар билан танишиш мақсадида бугун пойтахтимизнинг Сергели тумани ва Тошкент вилоятининг Зангиота туманига боради.
Сафар чоғида кўп қаватли уйлар, саноат корхоналари, таълим ва тиббиёт муассасаларини кўздан кечириш, фаоллар билан мулоқот қилиш режалаштирилган.

Президент Шавкат Мирзиёев сегодня посетит Сергелийский район столицы и Зангиатинский район Ташкентской области для ознакомления с создаваемыми для населения условиями, проводимой работой по улучшению жизни и повышению благосостояния людей.
Запланировано ознакомление с многоквартирными домами, промышленными предприятиями, образовательными и медицинскими учреждениями. Также предусматривается встреча с активом.

#Mirziyoyev #safar #bunyodkorlik #Sergeli #Zangiota

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
BMT Xalqaro huquq komissiyasi ko‘rib chiqayotgan dolzarb mavzularga bag‘ishlangan ikkinchi davra suhbati yakunlari to‘g‘risida

2020-yil 28-may kuni BMT Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqayotgan dolzarb mavzularga bag‘ishlangan videokonferensiya shaklidagi navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.

Videokonferensiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan birgalikda tashkil etildi.

Unda davlat organlari va ilmiy-akademik doiralarning 40 dan ortiq mutaxassislari, xususan Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi, O‘zbekiston xalqaro huquq assotsiatsiyasi vakillari va boshqalar ishtirok etdilar.

Davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan “Davlat mansabdor shaxslarining chet el jinoiy yurisdiksiyasidan immuniteti” va “Huquqning umumiy prinsiplari” mavzulari hamda ushbu mavzular doirasida Xalqaro huquq komissiyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan moddalar va xulosalar loyihalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida ekspertlar ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha faol muloqot shaklida batafsil fikr va mulohazalar bilan almashdilar, shuningdek, Komissiyaning ishlab chiqayotgan hujjatlari yuzasidan O‘zbekistonning mavqesiga takliflar taqdim etdilar.

Ishtirokchilar tomonidan ushbu turdagi davra suhbatlari O‘zbekiston Respublikasining xalqaro norma ijodkorligi faoliyatidagi, shu bilan birga BMT Bosh Assambleyasi Oltinchi (huquqiy masalalar bo‘yicha) qo‘mitasi doirasidagi ishtirokini faollashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
USAID O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi

USAID O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni moliyalashtirish hajmini oshirish va amalga oshirish to‘g‘risida ma’lum qildi.

28-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Farhod Arziyev va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) administratori yordamchisi Gloria Stil iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Batafsil: https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24203/

Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
F.A.Sidikovni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Furqat Axmedovich Sidikov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev

Toshkent shahri,
2020-yil 28-may
№ PQ-4735

https://mfa.uz/uz/press/news/2020/05/24204/
Facebook | Telegram | YouTube | www.mfa.uz | Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Зангиота туманида барпо этилаётган кўп тармоқли шифохона қурилиши билан танишди.
Лойиҳанинг умумий қиймати 504 миллиард сўм бўлиб, 33 гектарда 2 та комплекс қурилмоқда. Муассаса 2 минг ўринга мўлжалланган. Лекин 4 минг ўрингача трансформация қилиш имконияти бор.
Давлатимиз раҳбари бу ерда яратилган шароитлар билан танишди. Шифохонадан оқилона фойдаланиш, тиббиёт ходимларини рағбатлантириш муҳимлигини таъкидлади.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился со строительством многопрофильной больницы в Зангиатинском районе.
Общая стоимость проекта составляет 504 миллиарда сумов. На площади в 33 гектара строятся 2 комплекса. Больница рассчитана на 2000 коек, при необходимости может быть расширена до 4000 мест.
Глава государства ознакомился с созданными здесь условиями, отметил важность эффективного использования нового объекта, стимулирования медицинских работников.

#Mirziyoyev #safar #Zangiota #shifoxona

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter