SIRDARYODA KEYINGI YIL HOSILI UCHUN KURASHNI BOSHLAB YUBORDILAR
Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi "Sardoba Universal Klaster"MChJ tomonidan 2024-yil hosili uchun boshoqli don ekilishiga zo‘r mehr va qiziqish bilan kirishildi.
Bu yil boshoqli don ekilishiga barvaqt kirishilgani sovuqlar boshlanguniga qadar g‘allaning tuplash fazasiga kirishga ulgurishi, bu esa qishda tinim davrini o‘tashiga asos bo‘lishi, pirovardida, gektaridan 80-90 sentnerdan hosil olinishi ko‘zda tutilgan.
Ahamiyatli jihati shundaki, "Sardoba Universal Klaster" MChJ tomonidan ochiq maydonlarda ekish bilan sug‘orish tadbirlari peshma-pesh olib borilayotgani sababli old maydonlarda ko‘chat unib chiqib, dalani to‘liq qoplamoqda.
Kuzgi bug‘doy ekish boshlanganligi haqidagi yana bir xushxabar Sayxunobod tumanidagi “Ro‘zimurod Islom” fermer xo‘jaligidan ham kelib tushdi. Ushbu fermer xo‘jaligi ham 2024-yil hosili uchun yerga qut-baraka urug‘ini qadash ishlarini ko‘tarinki ruhda boshlab yuborgan.
#sardoba #boshoqlidon
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MAYMUNJON YETISHTIRISH – QISHLOQ XO‘JALIGINING QAYTA TIKLANAYOTGAN SOHASI
Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligida ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida e'tibor berilishi tufayli xorijdan maymunjonning sara navlari keltirilib, O‘zbekiston iqlim sharoitiga moslashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Buning samarasi o‘laroq, ham xalqimiz dasturxonini bu mazali va foydali mahsulotga to‘ldirish, ham eksportga chiqarish imkoniyati yuzaga keldi.
Maymunjon navlarini ikkiga bo‘lsa bo‘ladi: bir marta hosil beruvchi an'anaviy navlar va remontant – ko‘p bora hosil beruvchi navlar. Reza mevaning remontant turlari asosan issiqxonalarda yetishtirishga mo‘ljallangan.
O‘zbek olimlarining tadqiqotlari samarasi o‘laroq, yaqin kelajakda maymunjon ham mamlakatimizda keng ko‘lamda yetishtiriladigan va eksportga jo‘natiladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari safidan o‘rin olishiga ishonamiz.
#maymunjon #eksport #remontant

BIR MEVADAN IKKI XIL DAROMAD
Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biridir. Meva-sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish va ularni qayta ishlash jarayonlarini texnik va texnologik yangilash va modernizatsiya qilish, tarmoqning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvi uchun turtki bermoqda. Joylarda intensiv bog‘lar barpo qilinmoqda.
Yirik klasterlar faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. O‘z-o‘zidan meva va sabzavotlarni qayta ishlash, qadoqlashga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda.
Ana shunday imkoniyatlarni o‘zida jamlagan yana bir tashabbus Navbahor tumani Qorajon hududidagi “Paradise Garden” MCHJ uzum va mevalarni qayta ishlash korxonasidir.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning Navoiy viloyatidagi navbatdagi manzili aynan mana shu korxona bo‘ldi.
#mevasabzavot #daromad
ДВОЙНОЙ ДОХОД С ОДНОГО ФРУКТА
Сельское хозяйство является одной из важнейших отраслей экономики Узбекистана. Дает импульс для технического и технологического обновления и модернизации процессов выращивания и переработки плодоовощных и бахчевых культур, интеграции отрасли в систему международной торговли. На местах строятся интенсивные сады. Налаживается деятельность крупных кластеров. Растет спрос на переработку, упаковку фруктов и овощей.
Еще одной инициативой, собравшей такие возможности, является предприятие по переработке винограда и фруктов ООО «Paradise Garden» Навбахорского района на территории Каражана.
Следующим адресом министра сельского хозяйства Азиза Воитова стало предприятие в Навоийской области.
#фруктовощи #доход

CHORVACHILIK – MASHAQQATLI, AMMO SERDAROMAD SOHA
Navoiylik tadbirkorlar, mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va chorvachilik sohalarining o‘rnini to‘g‘ri tushungan holda, fermer xo‘jaliklarida yirik va mayda shoxli qoramol parvarishlab, aholi dasturxoniga sut va go‘sht mahsulotlarini taqdim etish yo‘lida unumli mehnat qilib kelmoqdalar. Buni Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Yangi asr” fermer xo‘jaligi faoliyati misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning Navoiy viloyatidagi navbatdagi manzili aynan mana shu “Yangi asr” fermer xo‘jaligi bo‘ldi.
Xo‘jalik qoshidagi fermada, asosan, sut yo‘nalishida yirik shoxli qoramollar parvarishlanadi. Ularning barchasi xorijdan keltirilgan sersut naslli chorva bo‘lib, fermer xo‘jaligida joriy etilgan zamonaviy texnologik ish usullari tufayli qisqa fursatda bir necha barobarga ko‘paygan.
O‘z o‘rnida vazir Aziz Voitov chorvachilik fermasidagi ish jarayoni va ishlab chiqarishga joriy etilgan ilg‘or texnologiyalar bilan tanishar ekan, ishlab chiqarishning uzviyligini ta’minlash, fermer xo‘jaligi faoliyatini yanada kengaytirish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
#chorvachilik #yangiasr

🌱 O‘simliklar – kislorod va oziq-ovqat ta'minotida bizning ishonchli ko‘makchilarimiz. Hayot davomida tark etmaydigan hamrohimiz. Ammo, ularda bizning xayolimizga ham kelmagan ko‘plab qiziqarli jihatlar yashirin. Quyida o‘simliklar haqida siz bilmagan 3 ta g‘aroyib faktni keltiramiz.
🔴 O‘simliklar tovushlarni “eshitish” qobiliyatiga ega.
Ma'lum bo‘lishicha, o‘simliklar tovush to‘lqinlarini ilg‘ay olar ekan. Tadqiqotchilarga ko‘ra, ovoz kuchaytirgichlar yonida o‘simliklar tezroq o‘sib, poyasi ham baquvvatroq bo‘lar ekan. Bu fenomenni tovush to‘lqinlari havoda muayyan vibratsiyani yuzaga keltirishi va u o‘simliklar o‘sishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi bilan izohlaydilar.
🔴 O‘simliklar o‘zaro muloqot qila oladi.
O‘simliklar ildizlari orqali muloqot qilishlari haqida eshitgan bo‘lsangiz, ajabmas. Lekin bu hali holvasi! Ular havo orqali ham “suhbat” qurishadi. Masalan, bir ekinga hasharot zarar yetkazadigan bo‘lsa, u o‘zidan kimyoviy modda chiqaradi va bu orqali boshqa o‘simliklarni xavfdan ogohlantiradi. Shu tariqa, o‘simliklar bir-biri bilan muloqot qiladi va o‘zgarishlarga muvaffaqiyatli moslashadi. Qizig‘i shundaki, bunday muloqot boshqa-boshqa turdagi o‘simliklar o‘rtasida ham kuzatiladi.
🔴 O‘simliklar xotiraga ega.
Nabotot olamiga xotira, odat kabi xususiyatlar ham xos. Jumladan, ko‘p sonli tajribalar ko‘rsatishicha, agar o‘simlik bir joyda uzoq qoldirilib, keyin boshqa joyga ko‘chirilsa, quyosh butunlay boshqa tomondan nur sochib tursa ham, u o‘zi odatlanib qolgan tomonga qarab intiladi.
Ha, o‘simliklarda hali insoniyat oxirigacha o‘rganmagan ko‘plab sir-asror mavjud. Ular nafaqat maftunkor go‘zallikka, balki g‘aroyib donolikka ham ega. Va, ehtimol, o‘simliklarni yaxshiroq tushunishni o‘rganib olsak, ularga va umuman, tabiatga munosabatimiz yangi darajaga ko‘tarilar.
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram