SIRDARYODA KEYINGI YIL HOSILI UCHUN KURASHNI BOSHLAB YUBORDILAR
Sirdaryo viloyati Sardoba tumanidagi "Sardoba Universal Klaster"MChJ tomonidan 2024-yil hosili uchun boshoqli don ekilishiga zo‘r mehr va qiziqish bilan kirishildi.
Bu yil boshoqli don ekilishiga barvaqt kirishilgani sovuqlar boshlanguniga qadar g‘allaning tuplash fazasiga kirishga ulgurishi, bu esa qishda tinim davrini o‘tashiga asos bo‘lishi, pirovardida, gektaridan 80-90 sentnerdan hosil olinishi ko‘zda tutilgan.
Ahamiyatli jihati shundaki, "Sardoba Universal Klaster" MChJ tomonidan ochiq maydonlarda ekish bilan sug‘orish tadbirlari peshma-pesh olib borilayotgani sababli old maydonlarda ko‘chat unib chiqib, dalani to‘liq qoplamoqda.
Kuzgi bug‘doy ekish boshlanganligi haqidagi yana bir xushxabar Sayxunobod tumanidagi “Ro‘zimurod Islom” fermer xo‘jaligidan ham kelib tushdi. Ushbu fermer xo‘jaligi ham 2024-yil hosili uchun yerga qut-baraka urug‘ini qadash ishlarini ko‘tarinki ruhda boshlab yuborgan.
#sardoba #boshoqlidon
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM