QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.2K subscribers
30.3K photos
3.07K videos
7 files
11.8K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
NAVOIY VILOYATI: QISHLOQ XO‘JALIGI ISLOHOTLARINING YANGI BOSQICHI

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov sohada kechayotgan islohotlarning bevosita joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida navbatdagi tashrifini Navoiy viloyatiga amalga oshirdi.

Aytish joizki, Navoiy viloyati qishloq xo‘jaligida o‘ziga xos maktab yaratganligi bilan mashhur. Hudud mehnatkashlari paxta deymizmi, g‘alla deymizmi yoki poliz ekinlariyu meva-cheva bo‘lsin – har sohada estafetani qo‘ldan boy bermaslik uchun tinimsiz mehnat qilmoqdalar.

Birgina misol: Navbahor tumanida yangi tashkil etilayotgan, o‘simlik yog‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Pure nature oils” MChJni oladigan bo‘lsak, bu yerda paxta va kungaboqarni qayta ishlash hisobiga 80 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Aytish joizki, 2 gektarda qad rostlagan ushbu majmuada bugungi kunda bozorgir bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarishni keng ko‘lamda tashkil etish maqsadida, Turkiya va Xitoy Xalq Respublikasidan texnologiyalar keltirilib o‘rnatilmoqda. Sutkasiga o‘rtacha 200 tonna xomashyo qayta ishlab chiqarish orqali yillik qiymati 55,7 mlrd so‘m bo‘lgan, 17 ming tonna o‘simlik yog‘ini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Mazkur korxona yil so‘ngiga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ochiq muloqot: Navoiy viloyati mirishkorlari soha rivoji bo‘yicha aniq takliflar bildirishdiI

Qishloq xo‘jaligi vazirining navbatdagi tashrif manzili “New agro sistem” fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Bu yerdagi dala shiyponida viloyat fermer xo‘jaliklari va klaster rahbarlari, korxona mutasaddilari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Shu yerda Aziz Voitov “New agro sistem” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 18 gektar maydondagi kungaboqar plantatsiyasini ko‘zdan kechirdi. Takroriy ekin sifatida kungaboqar ekib parvarishlanmoqda. Bu yerda gektaridan o‘rtacha hisobda 12 mln so‘mdan sof foyda olish imkoni mavjud. Demakki, takroriy ekin sifatida kungaboqar yaxshi samara bermoqda. Bundan oldin esa birinchi ekin sifatida g‘alla ekilgan va gektaridan 70-75 sentner hosil olishga erishilgan. Yerga qayta ishlov berilishi, suv tejamkorligi va sho‘rlanishni oldini olish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga bu dalalarga yangi hayot ulashilmoqda.

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yoz o‘tmoqda, yodda qolar erta tong... bozor rastalarini to‘ldirgan mevalar...

#kun_fotosi #mevalar

Проходит лето , в памяти остается раннее утро... базар... изобилие фруктов...

#фото_дня #фрукты

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NAVBAHORDA PARRANDACHILIK FERMASI ISHGA TUSHIRILADI

Qishloq xo‘jaligi tizimida parrandachilik yetakchi tarmoqlardan biri sanaladi. Bugun, respublikamizda parrandachilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, zarur huquqiy asoslar yaratilayotgani diqqatga sazovor.

Shu kunlarda Navoiy viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov “Navbahor tomorqa xizmati klasteri” MCHJ faoliyati bilan tanishib, jamiyatning yaqin kunlarda ishga tushirilishi rejalashtirilgan parrandachilik fermasi va bu yerda kelgusida yaratiladigan imkoniyatlar haqida soha mutaxassislari bilan yaqindan fikr almashdi.

Korxonaning loyiha qiymati 20 mlrd so‘m bo‘lib, bu yerda 160 ming bosh parrandalarni parvarishlash rejalashtirilgan.

В НАВБАХОРЕ ЗАПУСТЯТ ПТИЦЕВОДЧЕСКУЮ ФЕРМУ

Птицеводство одно из ведущих направлений агропромышленности. Сегодня в Узбекистане его развитию уделяется особое внимание, формируется необходимая правовая база.

Министр сельского хозяйства Азиз Воитов, который в эти дни находится с рабочим визитом в Навоийской области, ознакомился с деятельностью ООО «Навбахор томорка хизмати кластери», обменялся мнениями со специалистами отрасли относительно создаваемых возможностей на базе птицефабрики, которую планируется запустить в ближайшее время.

Стоимость проекта составляет 20 миллиардов сумов, по предварительным данным, здесь будут разводить 160 тысяч голов птицы.

#vazir #parrandachilik #tuxum #ferma

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQAND XALQARO KONFERENSIYAGA MEZBONLIK QILADI

7-8-sentyabr kunlari
Samarqand shahrida, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning hamkorligida oziq ovqat xafsizligini ta'minlashga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tashkil etiladi.

Xalqaro konferensiya jahonda va Markaziy Osiyo mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligining hozirgi kundagi holatini o‘rganish, Barqaror rivojlanish maqsadlari-2 (BRM-2)ga erishishga to‘sqinlik qilayotgan agrooziq-ovqat tizimidagi ayrim muammolarni muhokama qilish va ushbu masalalar yechimini topishga qaratilgan.

Tadbirda BRM-2 ga kiruvchi, 2030 yilgacha ochlikni bartaraf qilish, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanishni yaxshilash, qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirishni o‘z ichiga olgan “Nol ochlik” maqsadiga erishish borasidagi chora-tadbirlar qanday amalga oshirilayotgani chuqur tahlil qilinadi.

#konferensiya #uzbekistan #VAZIRLIK #Samarqand

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
САМАРКАНД ВНОВЬ В ЦЕНТРЕ СОБЫТИЙ МЕЖДУНАРОДНОГО МАСШТАБА

7-8 сентября в Самарканде
пройдет международная конференция, посвященная обеспечению продовольственной безопасности, организаторами которой выступают Министерство сельского хозяйства Узбекистана в сотрудничестве с Продовольственной и Сельскохозяйственной организацией ООН (ФАО).

В частности,в ходе работы форума, будет дана оценка современному состоянию процессов обеспечения продовольственной безопасности в мире и в странах Центральной Азии, решения ряда проблемных моментов, препятствующих достижению Целей устойчивого развития-2 ( ЦУР-2).

В рамках конференции будут глубоко проанализированы меры по достижению цели "Нулевой голод", которая предусматривает ликвидацию голода до 2030 года, повышение уровня обеспечения продовольственной безопасности и улучшение качества питания, а также устойчивое развитие сельского хозяйства.

#конференция #uzbekistan #министерство #Самарканд

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XORAZMDA QOVUN SAYLI BAYRAMONA RUHDA O‘TDI

Avval xabar berganimizdek, 12-13-avgust kunlari Xorazm viloyati Xiva shahrining «Ichan qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasida «Qovun sayli» festivali o‘tkazildi.

Tadbirning rasmiy ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov sohada so‘nggi yillarda erishilayotgan yutuqlar, o‘tkazilayotgan bunday festivallarning nafaqat agrar soha, balki turizm sohasi rivojidagi ahamiyati, poliz ekinlari, xususan qovun navlarini ko‘paytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Festivalda qovunlarning “Gurvak”, “Qilichboy beshak”, “Qari qiz”, “Tuya qovun”, “To‘yona”, “Ola zamcha”, “Xorazm oq novvoti”, “Ko‘k gulobi”, “Bo‘rikalla” kabi bir-biridan shirin o‘nlab mahalliy navlari namoyish qilindi.

#festival #qovunsayli #Xorazm

В ХОРЕЗМЕ В ПРАЗДНИЧНОМ ДУХЕ ПРОШЕЛ ФЕСТИВАЛЬ ДЫНИ

Как сообщалось ранее, 12-13 августа в государственном музее-заповеднике «Ichan-qal’a» города Хивы Хорезмской области прошел фестиваль дыни «Qovun sayli».

Выступая на официальной церемонии открытия мероприятия, министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов рассказал о достижениях в отрасли за последние годы, о проводимой работе по увеличению урожая, значении проведения таких фестивалей не только в аграрной сфере, но и в сфере туризма.

На фестивале были представлены десятки различных местных сортов , такие как “Gurvak”, “Qilichboy beshak”, “Qari qiz”, “Tuya qovun”, “To‘yona”, “Ola zamcha”, “Xorazm oq novvoti”, “Ko‘k gulobi” и “Bo‘rikalla”.

#фестиваль #qovunsayli #Хорезм


🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM