QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.1K subscribers
27.9K photos
2.86K videos
7 files
10.4K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Belarus Respublikasi bilan hamkorlik aloqalari kengayadi

Joriy yilning 3-4-iyun kunlari Qishloq xo'jaligi vaziri o‘rinbosari Q.Yuldashev boshchiligidagi Vazirlik delegatsiyasi Belarus Respublikasining Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan “Belagro-2024” xalqaro 34-ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

🔗Ko‘rgazmada Belarus Respublikasi agrosanoat majmuasining ilg‘or yutuqlari: qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishidagi zamonaviy texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik, veterinariya, qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatidagi yutuqlar bilan tanishildi hamda Belarus Respublikasining yirik korxonalari bilan muzokaralar olib borildi.

💻Shuningdek, “Yagodka” fermer xo‘jaligining golubika ko‘chatlarini yetishtirish faoliyati bilan tanishildi hamda O‘zbekiston hududida golubika yetishtirish bo‘yicha tajriba ko‘rgazmali maydon yaratish loyihasi doirasida keyingi rejalar kelishib olindi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоған Кенг қамровли стратегик шерикликни чуқурлаштириш тўғрисида қўшма декларацияни имзоладилар.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев и Президент Турецкой Республики Реджеп Тайип Эрдоган подписали Совместную декларацию об углублении всеобъемлющего стратегического партнерства.

#Mirziyoyev #tashrif #Turkiya #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston-Koreya: agrar sohadagi hamkorlik istiqbollari

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalagi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov Koreya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Xalqaro hamkorlik byurosi direktori Jung Yong Xo bilan uchrashdi.

🔗Unda ikki mamlakat o’rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari, muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan loyihalar, hamkorlikning yangi yo‘nalishlari xususida fikr almashildi.

📌Alisher Shukurov o’z navbatida, agrar sohadagi hamkorlikda amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etar ekan, bugungi uchrashuv ham ikki mamlakat agrar sohasi rivoji uchun manfaatli bo’lishini qayd etdi.

⭐️Binobarin, ilmiy va innovatsion yondashuvlar asosida agrar tarmoqni rivojlantirish uchun yaratilgan sharoitlar ta’kidlb o’tildi.

Uchrashuv asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda kelgusida amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar borasida fikr almashildi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍👍👍👍👍👍👍

Ham shifo ham daromad manbai — malina

🍓Malina qimmatli rezavor ekin hisoblanadi. Uning mevasi o‘zining ajoyib mazasi va xushbo‘y hidi bilan ajralib turadi, shu bilan birga u shifobaxsh hamdir.

Tibbiyotda malinaning ho‘l va quritilgan mevasi terlatuvchi hamda isitmani tushiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Mevasining tarkibida 5% shakar, 2,5 % organik kislotalar, V1, V2, V6, V9, V12, S, D, Ye, RR, R, K vitaminlar, oshlovchi moddalar, bo‘yovchi moddalar, fosfor, temir, tuzlar, pektin bor.

Uning quritilgan gulidan tayyorlanadigan damlamasidan ilon va chayon chaqqanda foydalanish mumkin. Malina yuqori nafas yo‘llariga antiseptik ta’sir ko‘rsatish hamda shamollashning oldini olish xususiyatlariga ega.

😋Malinaning ho‘l mevasidan murabbo, sharbat, jem, kompot, qiyom va hokazolarni tayyorlashda foydalaniladi. Yer tuti mevasi endi tugay boshlashi bilan malina mevasi pishib yetiladi, shu tariqa mevalar mavsumi davom etadi.

🌲Uni yetishtirish, parvarishlash va hosilni sotish orqali yuqori daromadga erishish mumkin. Asosiysi, uni har qanday xonadan egalari yetishtira oladi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT, TANLOV!

🇺🇿🇪🇬Misr Arab Respublikasining "Nile-sugar" kompaniyasi shakar ishlab chiqarish korxonasi uchun nom tanlash va logotip yaratish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.

📌Tanlov shartlari:

1. Madaniy uyg‘unlashuv: Korxona nomi va logotipi O‘zbekiston va Misr madaniyatlariga xos elementlarni muvofiq ravishda uyg‘unlashtirishi, o‘zaro an’analar va xalqaro hamkorlik jihatlarini qamrab olishi kerak.

2. Innovatsion yondashuv: Nomi va logotipi qishloq xo‘jaligi sektoridagi dinamika va innovatsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni aks ettirishi kerak.

3. Kompaniyaning yondashuvi va qarashlari: Ular kompaniyaning yondashuvi va qarashlarini ifodalashi va xalqaro e’tiborni jalb qiluvchi istiqbolli brend bo‘lishi kerak.

4. Brendning o‘ziga jalb qiluvchanligi: Nomi va logotipi bir ko‘rishda esda qolarli bo‘lishi kerak.

Logotipni tayyorlash me’yorlari:

✏️Yangi korxona nomi va logotipi uch tilda (o‘zbekcha, arabcha, inglizcha) raqamli formatda yaratilishi, har bir til bo‘yicha qisqacha tushuntirish va tavsif berilishi hamda maketli va maketsiz shaklda taqdim etilishi lozim.

Logotipning texnik xususiyatlari va tanlov shartlari haqida ma’lumot olish uchun qo‘shimcha qilingan Ilovani diqqat bilan o‘qing.

🏆Tanlov g‘oliblari Misr Arab Respublikasining "Nile-sugar" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan komissiya tomonidan aniqlanadi.

Mukofotlar:

🥇 1-o‘rin: 15,000 AQSH dollari
🥈2-o‘rin: 10,000 AQSH dollari
🥉 3-o‘rin: 5,000 AQSH dollari

Tanlovda ishtirok etish uchun ijodiy ishlar muallif yoki firma haqidagi ma’lumotlar bilan birga joriy yilning 15-iyuligacha [email protected] elektron manziliga yuborilishi kerak.

🔗Tanlov shartlari bilan batafsil tanishish

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ATTENTION, CONTEST!
 
🇺🇿🇪🇬The "Nile-sugar" company of the Arab Republic of Egypt announces an open competition to select a name and create a logo for a sugar production enterprise.
 
📌Competition Conditions:
 
1. Cultural Integration: The enterprise name and logo should harmonize elements characteristic of the cultures of Uzbekistan and Egypt, encompassing mutual traditions and aspects of international cooperation.
 
2. Dynamism and Innovation: They should reflect dynamism, innovation, and advanced technologies in the agricultural sector.
 
3. Company's Approach and Vision: They should embody the company's approach and vision and attract international attention as a prospective brand name.
 
4. Recognition and Memorability:
They must be easily recognizable and memorable.
 
Logo Preparation Criteria:
 
✏️ The new enterprise name and logo should be created in digital format in three languages (Uzbek, Arabic, English), with a brief explanation and description provided for each, and presented both with and without a mockup.
 
For information about logo specifications and terms & conditions please read carefully the attached Annex.
 
🏆 The winners of the competition will be determined by a commission formed by the "Nile-sugar" company from the Arab Republic of Egypt.
 
Prizes:
 
🥇 1st place: 15,000 USD
🥈 2nd place: 10,000 USD
🥉 3rd place: 5,000 USD
 
To participate in the competition, creative works along with information about the author or firm should be sent to [email protected] by July 15th of this year.

🔗More details about the competition conditions

🔗More details about the competition conditions (Arabic)
 
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM