#sayohat

Mana bunday taomlarni ko‘rganda sayohatga chiqingiz kelishi tabiiy. Gasrtonomik turizm ishqibozlari ayni damda qaysi hududda qanday taomlar tayorlanishini eslashga va sayohatga chiqishni rejalashtirishga tushgan bo‘lsa ajab emas.

Siz bu borada “Comfortable-life” turistik firmasining ko‘magidan foydalanishingiz mumkin.

Murojaat uchun: 👇👇👇

(99) 849 53 05
(97) 773 53 05
(90) 938 71 97

👉 @tvturizm_madaniymeros
#shukuh
#mustaqillik
#sayohat

Mustaqillik munosabati bilan 4 kunlik dam olish onlaringizni qaysi hududlarga
sayohat qilib o‘tkazgan bo‘lar edingiz?

— Mamlakatimizning har qarichi aziz, har bir hududning o‘z tarixi, madaiy meroslari bor.

O‘zim chinozlikman. Shu bois Toshkent viloyatining ko‘hna tarixini bilgim keladi. Qolaversa, azim Samarqand, Buxoroi sharif, Xiva shahri ham turizmi juda rivojlangan hududlar sanalgani uchun sayohatga borishni rad etmas edim.

Nurmuhammad Nurullaxo‘jayev,
“Nurafshon TV” telekanalining teleoperatori

👉
@tvturizm_madaniymeros
#shukuh
#mustaqillik
#sayohat

Mustaqillik munosabati bilan 4 kunlik dam olish onlaringizni qaysi hududlarga
sayohat qilib o‘tkazgan bo‘lar edingiz?

Asli Sirdaryolikman. Turmush o‘rtog‘imning xizmat safari sabab Nurafshonda vaqtincha istiqomat qilayapmiz. Ilgari Toshkent viloyatini haminqadar yaqindan bilmas edim. Ayni o‘sha holatimda shu savolni berganingizda shubhasiz, mamlakatimizda turizmning ansabli shakllangan Samarqand, Buxoro yoki Xivaning Ichan qal’asini tanlagan bo‘lar edim (kuladi). Ammo bugun viloyatingizning betakror go‘shaligini, tarixiy obidalari bisyor ekanligini bildim, ayniqsa Nurafshon shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘rib ko‘z quvnaydi. Biz Toshkent viloyatini kezib chiqmoqchimiz, fursat bo‘lsa, albatta.

Oilaviy Bo‘stonliq, Parkent tumanlarining betakror manzaralarini ko‘rdik. Farzandlarimizga boy meroslarimizni anglatish burchimizdir. Shu sabab sayyohatimizni davomiy olib borishga oilamiz bilan rejalashtirganmiz.

Muxlisa Sharipova, Sirdaryo viloyati

👉@tvturizm_madaniymeros
#sayohat

Toshkent viloyati prokuraturasi hamda Parkent tuman hokimligi va prokuraturasi hamkorligida tumandagi faol yoshlar sayohatga yo‘l olishdi.

Azim Buxoro viloyatiga 2 kunlik sayohat yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

Jarayondan fotolavhalar berib boriladi.

👉@tvturizm_madaniymeros
#sayohat
#Buxoro

Parkentning yoshlari ayni damda sayohatda. Buxoroning tarixiy obidalari Toshkent viloyati yoshlarini maftun etmoqda.

👉
@tvturizm_madaniymeros
#sayohat
#ichki_turizm

Turizm sohasida joriy etilgan imkoniyatlar mamlakatimiz aholisiga sayohatning mohiyatini anglatib, ichki turizm yanada ravnaq topishiga zamin hozirlamoqda.

Zangiota tuman hokimligi hamda mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashabbusi bilan tuman MFY faollari, ehtiyojmand oilalar, tuman hokimligi xodimlari qadim Samarqand va Buxoro viloyatiga sayohatga otlandilar.

Sayohat davomida zangiotaliklar buyuk avliyo-pirlarning qabrlarini ziyorat qilish barobarida so‘nggi yillarda bu yerlarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, obodonlashtirish, shuningdek turizm salohiyatining yuqori ekanligiga guvoh bo‘lishdi.

👉@tvturizm_madaniymeros
#muzey
#sayohat

"Muzeylar haftaligi" davom etmoqda


Angren shahar tarixi muzeyida bugun "Sopol idishlar tarix guvohi" nomli mahorat darsi o‘tkazildi.

Bolajonlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan dars tariximizga hurmat ruhida tashkil etilib, juda qiziqarli tarzda olib borildi.

O‘zlikni anglashga yo‘lni muzeylarda deb tushungan ayrim sayyoh bolakaylar tez-tez kelib turishga istak bildirishdi.

👉@tvturizm_madaniymeros
#sayohat
#davlat_tili_33_yilligi

Adiblar xiyoboni - maʼnaviyat manzili

⚡️Nurafshon shahar hokimining maslahatchisi M.Shoismanova, Xalq ta'limi bo'limi hamda "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo'limi hamkorligida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil toʻlganligi munosabati bilan maktablardagi adabiyotga qiziquvchan iqtidorli yoshlarni Toshkent shahridagi “Adiblar xiyoboni”ga sayohat uyushtirildi.

🔸Bugunki kunda adabiyotga, maʼnaviyatga berilayotgan eʼtibor tufayli adiblar xiyoboni chin maʼnoda maʼnaviyat maskaniga aylanmoqda. Ulugʻ allomalarni, shoirlarni eslash, yod etish tariximizga boʻlgan yuksak ehtiromni bildiradi. Yoshlar bunday sayohatdan zavq va quvonchga toʻlishdi.

Nurafshon shahar hokimligi axborot xizmati

@Nurafshonpressa
#sayohat

Yangiyo‘llik xotin-qizlar diqqatga sazovor maskanlarga sayohat qildilar

🔹Qibray tumanida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash,ularga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish maqsadida mahallalardagi xotin-qizlar uchun yurtimizdagi ziyoratgohlarga sayohatlar uyushtirilmoqda.

🕌Jumladan, "Yangiyo‘l" mahallasida yashovchi 20dan ortiq "Ayollar daftari"da ro'yxat turuvchi va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar homiylarning beg‘araz ko‘magi bilan poytaxtimizdagi Minor masjidi hamda Zangiota ziyoratgohiga
sayohat uyushtirildi.

🏗
Sayohat davomida ular yurtimizdagi diqqatga sazovor joylar va ularning tarixi bilan yaqindan tanishish barovarida poytaxtimizdagi o‘zgarishlar, qurilish va obodonlashtirish ishlarini ham ko‘zdan kechirish imkoniga ega bo‘ldilar.

✍️ Qibray tuman hokimligi Axborot xizmati

/telegram/ /facebook/ /Instagram/
#turizm
#sayohat

Bugungi kunda aholi va o‘quvchi-yoshlar orasida moddiy madaniy meros obyektlari, tarixiy meros durdonalarini keng targ‘ib qilish ishlari jadal olib borilmoqda.

Xususan, Chirchiq davlat Pedagogika universiteti Turizm fakulteti GID hamrohligi va tarjimonligi yo‘nalishidagi talabalar uchun Chirchiq shahar tarix muzeyiga sayohat uyushtirildi.

Talaba-yoshlarga madaniy hordiq olishlari uchun imkon yaratish orqali ularni tarixiy meros durdonalaridan bahramand qilish, bilim ko‘nikmalarini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri ekanligi bilan muhim ahamiyatga egadir.

👉 @tvturizm_madaniymeros
#ziyorat
#sayohat

Bahorning salqin tonglaridan birida muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishni niyat qilgan insonlar, xususan savobga qo‘l urgisi kelgan bolakaylar yaratganning nazarida bo‘lsin.

Ziyorat turizmingiz maroqli o‘tsin.

Hayrli tong!

14.03.2023-yil,
Zangiota ziyoratgohi


➡️@tvturizm_madaniymeros
#sayohat

Judruq”da trekking qilishga chiqing

Turizm uchun maxsus vaqt, mablag‘ ajratish shart emas. Agar kishi astoydil istasa dam olish kunlarimi yoki qulay imkoniyat bo‘lganda “trekking” qilib tursa ham bo‘ladi.

Toshkent viloyati Parkent tumani

Batafsil: https://surl.li/ftbpt

➡️@tvturizm_madaniymeros
#sayohat

O'zbekiston Savdo-sanoat
palatasi hamda Parkent tuman hokimligi hamkorligida tumanning Kungay hamda Teman mahallasi nuroniylari uchun Samarqand viloyatiga 2 kunlik sayohat tashkil etildi.

Ayni damda tuman nuroniylari goʻzal Samarqand viloyatida bo‘lib turishibdi.

➡️@tvturizm_madaniymeros