#shukuh
#mustaqillik_bayrami

Mamlakatimizda eng ulug‘, eng aziz ayyom – mustaqillik bayrami “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” degan ezgu g‘oya asosida katta tantana bilan o‘tkazilmoqda

Toshkent viloyatining shunday shodiyonasi  Nurafshon shahridagi "NURAFSHON SMART CITY" hududida yangi qurib bitkazilgan amfiteatrda bo‘lib bo‘tdi.

Mustaqilligimizning 31 yillik bayram tadbiri viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayevning kirish so‘zi bilan boshlandi.

Barchani qutlar ekan hokim, viloyatning fidoiylarini tilga oldi.

Shundan so‘ng davlat madhiyasi yangrab, barchaning iftixor to‘la qaddini tik tutkazdi.

@tvturizm_madaniymeros
#shukuh
#mustaqillik_bayrami

Shu tarzda boshlangan tadbirda “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ufurib turgan bayram dasturidan joy olgan kuy-qo‘shiqlar yangradi.

@tvturizm_madaniymeros
#shukuh
#mustaqillik_bayrami

Bayramona kayfiyat xukmronlik qilgan ushbu  shodiyonada el suygan san’atkorlar, ijrochi yoshlar vatanni, mehru muhabbatni, sof insoniy tuyg‘ularni tarannum etuvchi qo‘shiqlari tuhfa qilishdi.

Xorijlik investorlar mehmon bo‘lgan tadbirning shukuhi suratlarda aks ettirildi.

👉@tvturizm_madaniymeros
#mustaqillik_inshootlari

O‘zbekiston  Respublikasi  Davlat  mustaqilligining  o‘ttiz bir yillik shodiyonasi munosabati bilan xizmat ko‘rsatish sohasi yana bittaga ko‘paydi.

Angren shahar "Ozodlik"  mahallasida uch qavatli muhtasham bino sayyohlarfoydasiga topshirildi.

"Brend center"  MCHJ tasarrufida bunyod etilgan mazkur mehmonxona 23 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 10 ta  yangi ish o‘rni yaratildi.

👉@tvturizm_madaniymeros
#shukuh
#mustaqillik_bayrami

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz


— Katta iftixor bilan yurtimning eng ulug‘ va eng‘ aziz ekanligini ta’kidlamoqchiman. O‘zbekiston kelajagini birgalikda quramiz!
O‘ktam Hasanov

Mustaqillik in’om etgan imkoniyatlar shukronalik hissi bilan jo‘sh uradi qalbimizda. Ozod yurtning o‘g‘lonlari qatorida mening ham qo‘lim ko‘ksimda, ko‘ksim esa vatanim uchun qalqon.
Diyor Dilovarov

Yurtimning jannatga qiyoslanishi bejizga emas. Har qadamni faxr bilan bosishimiz, har so‘zni g‘urur bilan so‘zlay olishimiz, nigohimiz o‘tkir, boshimiz tik ekanligi bizning jannat yurtning ertasi ekanligimizga isbotdir.
Jahongir Eshonqulov

Bayram qutlug‘ bo‘lsin yurtdoshlar!

Toshkent viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi xodimlari

@tvturizm_madaniymeros
#mustaqillik
#tabrik

Bugun huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratilmoqda.

Erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbasi hisoblangan jonajon o‘lkamizning mustaqilligiga 31 yil to‘ldi.

Ushbu fursat tinchligimiz, yutuqlarimiz eng muhimi hurriyatimizning shukronasini e’tirof etish uchun ayni muddao.

Toshkent viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi jamoasi aynan mana shu fursatdan foydalanib, o‘lkadoshlarimizni shonli tantanamiz — mustaqillik bayrami bilan muborakbod etadi.

Musaffo osmonimizda milliy iftixorimiz ramzi — bayrog‘imiz tinchligimizning belgisini bildirib mudom hilpirap tursin. Shu baxt sururi sizu bizga soya solsin.

Bayramingiz bilan aziz Vatandoshlar.

👉@tvturizm_madaniymeros
#mustaqillik
#shukuh

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz”


— Jonajon O‘zbekistonda yashashning o‘zi oliy ne'mat. Bizning yurtimizga xavas qilayotganlar qancha. Uning buyukligini tan olayotganlar qancha. Bizga sharaf, bizga kuch bularning bari. O‘lkamizning shoni, shuxrati yuksalaversin, ozod yurtimizga ko‘z tegmasin.
Shoxrux Ortiqov

— Yosh avlodga bildirilayotgan chuqur ehtirom bizga yanada olg‘a qadam bosishga motivatsiya beradi. Mustaqillik sharofati tufayli biz yoshlar mamlakatimizni dunyoga tanitmoqdamiz. Hurriyatning shunday kunlari ko‘p, bayramitugallanmas bo‘lsin. Bekzod Sultonov

Toshkent viloyati turizm v madaniy meros bosh boshqarmasi xodimlari


👉@tvturizm_madaniymeros
#shukuh
#mustaqillik
#sayohat

Mustaqillik munosabati bilan 4 kunlik dam olish onlaringizni qaysi hududlarga sayohat qilib o‘tkazgan bo‘lar edingiz?

Toshkent viloyatining tarixi nihoyatda boy, turizm salohiyati yuqori hudud hisoblanadi. Sayohatga bormoqchi bo‘lgan viloyatimiz aholisi avvalo o‘zi yashab turgan joyini o‘rgansin, sayohatni amalga oshirsin.

Viloyatimizdagi ko‘plab ziyoratgohlar, qadamjolar, madaniy meros ob’yektlarini ko‘rsin. Birgina Nurafshon shahrida Yassaviy tariqati bilan bog‘liq Atxam Sahoba ziyoratgohi yoki payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v.) davri bilan bog‘laydigan Mushuk ota qadamjosini misol keltirish joiz. Ko‘plab aholimiz hatto mana shu muborak maskanlarning tarixini bilishmaydi. Bu afsusnalanarli holat. Ushbu kamchiliklarni esa sayohatga chiqish,o‘rganish orqali bartaraf etish mumkin. Xalq o‘z tarixini bilmay turib sayyoh sifatida boshqa joyga borganda hududi haqida savol berilganda uyatli vaziyat yuzaga keladi.

Bizda talaygina dam olish maskanlarimiz ham bor. Viloyatimiz hush havo ekanligi, maftunkor tabiati bilan sayohatbop go‘shadir.

Men birinchilardan o‘z viloyatimning turizmini obdon o‘rganishni tavsiya qilardim. Ko‘hna Novkat tarixini, buyuk Iloq davlatini bugungi avlod bilishini istardim.


Baxriniso Sultonaliyeva, jurnalist

👉@tvturizm_madaniymeros
#shukuh
#mustaqillik
#sayohat

Mustaqillik munosabati bilan 4 kunlik dam olish onlaringizni qaysi hududlarga sayohat qilib o‘tkazgan bo‘lar edingiz?

— Mamlakatimizning har qarichi aziz, har bir hududning o‘z tarixi, madaiy meroslari bor.

O‘zim chinozlikman. Shu bois Toshkent viloyatining ko‘hna tarixini bilgim keladi. Qolaversa, azim Samarqand, Buxoroi sharif, Xiva shahri ham turizmi juda rivojlangan hududlar sanalgani uchun sayohatga borishni rad etmas edim.

Nurmuhammad Nurullaxo‘jayev,
“Nurafshon TV” telekanalining teleoperatori

👉
@tvturizm_madaniymeros
#shukuh
#mustaqillik
#sayohat

Mustaqillik munosabati bilan 4 kunlik dam olish onlaringizni qaysi hududlarga sayohat qilib o‘tkazgan bo‘lar edingiz?

Asli Sirdaryolikman. Turmush o‘rtog‘imning xizmat safari sabab Nurafshonda vaqtincha istiqomat qilayapmiz. Ilgari Toshkent viloyatini haminqadar yaqindan bilmas edim. Ayni o‘sha holatimda shu savolni berganingizda shubhasiz, mamlakatimizda turizmning ansabli shakllangan Samarqand, Buxoro yoki Xivaning Ichan qal’asini tanlagan bo‘lar edim (kuladi). Ammo bugun viloyatingizning betakror go‘shaligini, tarixiy obidalari bisyor ekanligini bildim, ayniqsa Nurafshon shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘rib ko‘z quvnaydi. Biz Toshkent viloyatini kezib chiqmoqchimiz, fursat bo‘lsa, albatta.

Oilaviy Bo‘stonliq, Parkent tumanlarining betakror manzaralarini ko‘rdik. Farzandlarimizga boy meroslarimizni anglatish burchimizdir. Shu sabab sayyohatimizni davomiy olib borishga oilamiz bilan rejalashtirganmiz.

Muxlisa Sharipova, Sirdaryo viloyati

👉@tvturizm_madaniymeros