Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talabalardan sport sinovlarini qabul qilish davom etmoqda
#sport #talaba_manfaati
Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlari tashkil etish va o‘tkazish nizomiga muvofiq, aprel - may oylarida Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalaridan sport sinovlari qabul qilinmoqda.
Jumladan, Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari hamda barcha o‘qituvchi va xodimlari ham mazkur jarayonda faol ishtirok etishdi. Universitet mas’ullari, Maktabgacha ta’lim fakulteti sport mutaxassislari tomonidan sport sinovlarini o‘tkazishning maqsadi, bajarish tartibi bo‘yicha ishtirokchilarga zarur tushunchalar berildi.
Fotoreportaj: Talabalar bilan “Sport targ‘ibotchisi”ga aylaning...
Bizni kuzating:👉 @tvchdpi2017

Bizni kuzating:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bitiruvchi
#talaba_manfaati
Xabaringiz bor Chirchiq davlat pedagogika universitetida bir necha kundan buyon magistrlik dissertatsiyasi himoyalari bo‘lib o‘tmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi mutaxassisligi magistri Hamid Olimjonovich Valijonov o‘z dissertatsiyasini a’lo darajada himoya qildi. "Brass usulida suzish texnikasi takomillashtirishmetodikasi (12-14 yoshli suzuvchi o‘g‘il bolalar misolida)" mavzusida yozilgan ish yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Himoya so‘ngida kafedra mudiri Farhod Nurmatov magistratura bitiruvchisi Hamid Valijonovni ilmiy faoliyatini davom ettirishga chaqirdi.

CHDPU sahnasida "Hamlet" asari ingliz tilida namoyish etildi
#kafedra_tashabbusi
#CHDPU_strategiyasi
#talaba_manfaati #kreativ_pedagog
Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tashabbusi bilan xalqaro ekspertlar ishtirokida "Hamlet" sahna asari namoyishi va muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun ChDPU sahnasida universitet talabalari talqinidagi «Hamlet» spektakli namoyish etildi. Buyuk dramaturg Uilyam Shekspir asari "Kreativ pedagog - talaba nigohida" ilmiy-amaliy yondashuv doirasida tashkil etildi.
1 soatu 25 daqiqa davom etgan teatr tomoshasi ingliz tilida namoyish qilindi. Dunyo dramaturgiyasining shoh asarlaridan biri sifatida tan olingan pesadagi 23 dan oshiq rol 19 nafar talaba tomonidan ijro etildi. Xususan, Hamlet rolini Abbos Memetov, Ofeliya rolini Sevinch Mirzaxanova, Klavdiy rolini Janbolat Abduxaliqov, Arvoh rolini Georgiy Adayev, Gertruda rolini Gulasal Tojiquziyeva, Laert rolini Artur Massarovlar o‘ynadi. Pesani sahnalashtirishda 10 dan ortiq mutaxassis hamda Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchilari qatnashgan.
«Avval-boshda asar ingliz tilida qo‘yilayotganligi bugun ko‘pchilikning yodidan ham chiqib ketdi. Talabalarning aktyorlik mahorati va ingliz madaniyati mukammal o‘zlashtirganligidan mamnunman.Til bilan bog‘liq to‘siqlar hamda jug‘rofiy chegaralarga qaramay, Shekspir asari, umuman, teatr san’ati vositasida talabalarning nutq qobiliyatini mukammalligini ko‘rdim va quvondim. Universitetingizda xalqlar o‘rtasidagi samimiy va oshkora muloqotni kuchayib borayotganligini his qildim», — deydi ingliz eksperti Lyusi Fenton.
Sahna asari namoyishidan ko‘zlangan g‘oya va bosh maqsad — talabalarning til kompetensiyasi, o‘zga tillarda kreativ fikrlash salohiyati, nutq qobiliyatini rivojlantirishga qaratildi.
"Hamlet" spektakli foto lavhalaridan zavqlaning!
👍 👍 @tvchdpi2017

Rektor: Mahalla raisi – Prezidentning quyi bo‘g‘indagi ustuni
#Rektor #talaba_manfaati
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G‘ofurjon Muhamedov universitetning «Ijtimoiy ish (fuqarolaro‘zini o‘zi boshqarish organlari)» yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi.
Muloqotda mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat olib borib, sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarning fikrlari va mulohazalari tinglandi hamda istiqbolli rejalarini hamkorlikda belgilab olish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Xususan, G‘ofurjon Muxamedov ta’limdagi o'zgarishlarini har bir mahalla his qilishi lozimligini, jamiyatda iqtidorli yoshlar va ilm-fan bilan shug‘ullanadigan bolalar ko‘paysa ma’naviyatli insonlar ko‘payishini, aynan ilmli va iqtidorlilar O‘zbekiston kelajagini yaratishini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Rektor birinchi navbatda mahallalardan iqtidorli yoshlarni topish va ularni oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish, mahallada istiqomat qilayotgan iqtidorli yoshlar bilan uzluksiz ishlash, malakali mutaxassislar bo‘lib etishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha takliflarini berdi.
«Mahalla raisi – Prezidentning quyi bo‘g‘indagi ustuni. Siz faol islohotchi sifatida, avvalo, zamon bilan hamqadam, o‘z bilim va malakasini doimiy oshirib borishida universitetni birinchi ko'makchingiz sifatida ko'ring. Mahalla yoshlarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda, ularni ilmli bo‘lishlarida Sizlarning salohiyatingiz muhim rol o‘ynaydi», – dedi Rektor.
Talabalar samimiy va ochiq muloqot uchun universitet rektoriga o‘z minnatdorchiligini bildirishdi.

Prezident maktablari uchun o'qituvchi kadrlarni tayyorlash masalasiga yangicha yondashuv
#Rektor #talaba_manfaati
#CHDPU_strategiyasi
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab universitetda chet tilini bilish bo'yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga ega bo'lgan magistrlarga ingliz tilida dars o‘tish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Ushbu masala yuzasidan universitet rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov raisligida sertifikatga ega 1-bosqich magistrlari va ularning kafedra mudirlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Doniyor Ahmadjonov chet tilini bilish bo'yicha kamida B2 darajadagi sertifikatga va ta’lim berish kompitentsiyasiga ega bo‘lgan magistlar haqida ma’lumot berdi.
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida ingliz tilida o‘tiladigan darslar ro‘yhatini shakllantirish, barcha me’yoriy hujjatlarni ingliz tilida tayyorlash, xorijiy tillarni o‘zlashtirish layoqati yuqori talabalar guruhlar shakllantirish kabi masalalari muhokama qilindi.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube

BMI: integratsiya-ilmiy-ijodiy-tadqiqot mahsuli
#CHDPU_strategiyasi
#talaba_manfaati
Batafsil saytda va fotoreportaj
👍 👍 @tvchdpi2017
#CHDPU_strategiyasi
#talaba_manfaati
Batafsil saytda va fotoreportaj
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Navbatdagi metodik seminar: munozara va mulohazalar
#kafedra_tashabbusi #CHDPU_strategiyasi
#talaba_manfaati #kreativ_pedagog
Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi tashabbusi bilan boshlang‘ich ta’limda pedagogik qadriyatlarni diagnostikalash maqsadida "Qadriyatdan pedagogik qadriyat sari" shiori ostida "Kreativ pedagog - talaba nigohida" ilmiy-metodik seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminar uch avlod vakillari: "Yuksalish maktabi" o‘quvchilari, talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida jamoada ishlash qobiliyatini hamda pedagogik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan treninglar asosida tashkil etildi.
Milliy va xorijiy metodik tajribalar uyg‘unligida tashkil tashkil etilgan seminar moderator-talabalarning qizg‘in faolligida: bahs-munozaralar, ta’limiy tortushuvlar, metodik izlanishlari namoyish etildi. Ekspert va ishtirokchi professor-o‘qituvchilar tomonidan qo‘llanilgan ta’lim metodlarini nazariy jihatdan mukammal bo‘lsada, ularni amaliy qo‘llash borasida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi xususida fikrlar bildirildi.
Pedagogik qadriyatlar boʻyicha yetakchi ekspert, professor Muhammadjon Quronov (ekspert): "Universitet tashkil etilganidan buyon yangi pedagogik innovatsiyalar, yangiliklarning guvohi boʻlganim sabab ChDPUga kelgim keladi. Tashkil etilgan seminar talabalarning oʻquvchilar bilan ishlay olishi, oʻquvchilarning ishtiyoqmand ekanligini koʻrib, universitet rahbari va jamoasi toʻgʻri strategik yoʻlni belgilab olgani va respublika boʻyicha namuna boʻlib kelayotgan pedagogika oliy taʼlim muassasalaridan biri ekanligiga bugungi seminar jarayonlarida guvohi boʻldim".
Seminar yakunida xalqaro darajadagi pedagog kadrlarni tayyorlash strategiyasi doirasida Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til ta’limi yo‘nalishi talabalari tomonidan "Kelinlar qo‘zg‘oloni" spektakli ingliz tilida namoyish etildi.
Metodik seminar "Yuksalish maktabi"ning ijtimoiy tarmoqlarida yoritildi.
Seminardan fotoreportaj.

Sirtqilar ishtirokidagi “Mening Universitetim” loyihasiga start berildi
#talaba_manfaati
Universitet rektori G‘ofurjon Muxamedov topshirig‘iga muvofiq sirtqida ta’lim olayotgan talabalar uchun “Mening Universitetim” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Sirtqida tahsil olayotgan talabalar jamoasi ham kunduzgilar kabi ChDPU imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishlari uchun universitet bo‘ylab sayyohatlar tashkil etish belgilangandi. «Ijtimoiy ish (fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari)» yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar universitet faoliyati bilan tanishtirildi.
Tadbirda Chirchiq davlat pedagogika universitetining qisqa va uzoq muddatli strategiyasi doirasida takomillashtirilayotgan va modernizatsiya qilinayotgan ta’lim ob’ektlari, talabalarning hayot sifati va ishchanlik iqlimi bilan bog‘liq mikro hududlar tanishtirildi.
“Mening Universitetim” tadbiri doirasida ishtirokchilar talabalar uchun yaratilgan qulayliklar, xizmat ko‘rsatish, shu bilan birgalikda talaba klublari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.

“Qurilish otryadlari” – yoshlar uchun yangi imkoniyatlar
#prezident_topshirigi #ijro
#talaba_manfaati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoz oylarida “Qurilish otryadlari”ni tashkil etib, 100 ming yoshlarni oylik beradigan ishlarga jalb qilish bo‘yicha vazifalar belgilangan edi. Ushbu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Chirchiq davlat pedagogika universitetida amaliy ishlar davom etmoqda.
20 nafar talabalardan iborat “Qurilish otryadi” tashkil etildi. Ushbu otryad a'zolari universitetning yangi barpo etilayotgan talabalar turar joyi va o‘quv binolarida faoliyat olib bormoqdalar. Talabalar otryad a’zolari sifatida qurilish sohasida tajriba orttirib, moddiy jihatdan imkoniyatlarini yaxshilashga katta hissa qo‘shiladi.