CHDPU | Rasmiy kanal
10.9K subscribers
8.67K photos
1.29K videos
569 files
4.43K links
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rasmiy telegram kanali.

https://fb.com/tvchdpi2017

https://instagram.com/tvchdpu

Murojaat uchun:
Tel: 70-716-68-04, 70-201-02-14.
Download Telegram
#tugilganKun
Chirchiq davlat pedagogika universitetida tug'ilgan kunini nishonlayotgan o‘qituvchi, xodim va talabalarni tabriklaymiz!
👉 batafsil

#tabriklaymiz #поздравляем #congratulations
Ixtisoslashtirilgan maktablar xalqaro pedagoglar tayyorlash dasturiga qo‘shildi
#prezident_topshirigi #ijro

Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov xalqaro pedagog kadrlar tayyorlash dasturi doirasida ixtisoslashtirilgan maktablar rahbarlari bilan uchrashdi.

Muloqotda Chirchiq davlat pedagogika universiteti va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘rtasida amalga oshirilishi kutilayotgan yirik loyihalar, jumladan, talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, ta’lim bo‘g‘inlari o‘rtasida integratsiyani, turli yo‘nalishlardagi almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

“Kembrij Xalqaro ta’lim dasturi” standartlarini o‘quv jarayoniga joriy etish orqali xalqaro darajadagi pedagog kadrlar tayyorlashda ixtisoslashtirilgan maktablarning yetakchi o‘qituvchilari bilan hamkorlikda metodologik ma’ruzalar tashkil etishga kelishib olindi.

Shuningdek, O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 5-fevral kuni o'tkazilgan 2024-yilda ta’lim sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan yig'ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Prezident ta’lim muassasalari tizimidagi Parkent, Bo‘stonliq, Oqqo‘rg‘on tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari va Yangi yo‘l shahar ixtisoslashtirilgan maktab internati rahbarlari ishtirokida O‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
30-mart - Xalqaro chiqindisiz kun! Yurtimiz obodligiga hissa qo‘shing!
#nishonlaymiz

Tabiatni asrab avaylash uni chiqqindilardan tozalash har birimizning burchimizdir. Shu sababli, chiqindisiz hayot falsafasini ilgari surish maqsadida 30-mart – “Xalqaro chiqindisiz kun” sifatida nishonlanadi. Dunyo miqyosida keng ko‘lamdagi ekologik aksiyalar o‘tkaziladi.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabalaridan iborat ko‘ngillilar guruhi ham “Chiqindisiz tabiat” va “Chiqindisiz ta’lim maskani” shiorlari ostida ommaviy ekoaksiyalar o‘tkazdi. Chirchiq daryosi atrofidagi hududlarni chiqindilardan tozalash ishlarida faol ishtirok etdi.

Chiqindisiz hayotga erishish hammamizning, har birimizning o‘z qo‘limizda!

👍 ❤️ 📩 #nishonlaymiz #празднуем #celebrating
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chirchiq davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida amalga oshirilayotgan islohotlar va muhim jarayonlarning ahamiyatini tushuntirish va yoritishda faol qatnashmoqda.

#oav_biz_haqimizda
UzA | Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori Shahlo Botirova O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga intervyu berdi. Unda Shahlo Botirova Yangi Milliy o‘quv dasturining o‘quvchilarga beradigan imkoniyatlar, ona tilini o‘rganishning muhim asoslarini shakllantirish haqida so‘z yuritdi.
Batafsil 👉 https://uza.uz/uz/posts/til-talimisiz-zhamiyat-taraqqiy-eta-olmaydi_536160


👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017 #oav #сми #media
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ramazon
Universitet — ilm-fan va madaniyat o'chog'i

"Chumoli" talabalar media guruhi tengdoshlari uchun iftorlik chog‘ida baholi qudrat qisqa hikoyalar ulashib boradi.
Jamoa oliy toifali suxandon Qizlarxon Xo‘jayevaga minnatdorchilik bildiradi.

┉┅━❀🍃💐🍃❀━┅┉
Ramazon oyining 21 kunida (31-mart)

☀️ Saharlik vaqti– 04:48*
🌙 Iftorlik vaqti– 18:49*
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Universitetimizda iftorlik dasturxoni yozildi
#ramazon

Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Chirchiq davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan iftorlik marosimiga Chirchiq shahri mahallalarida istiqomat qiluvchi faxriylar, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor fuqarolar va universitetning professor-o‘qituvchilari taklif etildi.

Bizni kuzating: 📌https://t.iss.one/tvchdpi2017
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi
☘️Bugun, 1-aprel — Quvnoq hazillar kuni

1-aprel kuni dunyoning bir qator mamlakatlarida "Hazil kuni" nishonlanadi. Shu kuni yaqin do‘stlar bir-birlari bilan hazillashishadi😁

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

👍 ❤️ 📩 @tvchdpi2017  #kunTarixi #историяДня
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tugilganKun
Chirchiq davlat pedagogika universitetida tug'ilgan kunini nishonlayotgan o‘qituvchi, xodim va talabalarni tabriklaymiz!
👉 batafsil

#tabriklaymiz #поздравляем #congratulations
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Parkent tumani ixtisoslashtirilgan maktab bilan imzolangan memorandum xususida
#prezident_topshirigi #ijro
#hamkorlik

Bizni kuzating: 📌https://t.iss.one/tvchdpi2017
Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik - kelajak taraqqiyotining muhim omili
#talaba_manfaati

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar markazida, avvalo, inson manfaati, uning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadi turadi. Fuqarolar manfaatlarini faqatgina tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqali ta’minlash mumkin.

Bugun Chirchiq davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan muloqotda shu haqida fikr yuritildi.

"Turli oqimlar o‘z mafkuralarini yoshlar ongiga singdirish uchun ijtimoiy tarmoqlardan keng ko‘lamda foydalanmoqdalar. Bu ham yoshlar, umuman, dindan, diniy ma’rifatdan yaxshi xabardor bo‘lmagan kishilarni diniy ekstremizm va terrorizm tahdidlari iskanjasida qolishga sharoit yaratib bermoqda”, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari qo‘mita vakili Jaxongir Meliqo‘ziev.

Muloqotlar davomida mamlakatimizda muqaddas dinimizni soxtalashtirishga urinayotgan turli mutaassib kuchlarning yovuz harakatlariga qarshi kurashish, yoshlarni ekstremizm xataridan himoya qilish bo‘yicha qator xayrli ishlar amalga oshirilayotganligi aniq misollarda tushuntirib berildi.

"XXI asrga kelib, jahon dinlaridan biri — islomga qiziqish tobora ortib bormoqda. Afsuski, bu qiziqish ortida islomni niqob qilib, o‘zining jirkanch maqsadlarini amalga oshirishga urinayotgan kuchlar ham bor. Dinlararo va millatlararo munosabatlarni uyg'unlashtirish hisobiga xalqaro maydonda O'zbekistonning obro'si oshib bormoqda", - deydi Turizm fakulteti talabasi Zarifaxon Maxmudova

Ochiq muloqot savol-javob tarzida davom etdi.

Bizni kuzating: 👉@tvchdpi2017
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM