#diplomatiya
Universitet rektori MGU rektori Denis Duk bilan onlayn muloqot o‘tkazdi
Kuni kecha, Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov boshchiligidagi vakillarimiz Belarus Respublikasining Mogilev davlat universiteti rahbariyati bilan "Zoom" platformasi orqali onlayn tarzda muloqot qildi. Unda MGUning rektori Denis Duk, universitet birinchi prorektori Dmitriy Lavrinovich, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Sergey Machekin va MGUda ta'lim tizmini faollashtiruvchi mutaxassislar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar ayni vaqtda Mogilev shahrida bo‘lib turgan ChDPU talabalarining o‘qish jarayoniga moslashganligi, qo‘shma dastur ta’lim yo‘nalishlarini yangilash, professor-o'qituvchilar uchun stajirovka va almashinuv platformalarini joriy qilish, ilmiy ishlanma va tadqiqotlarni birgalikda olib borish, xalqaro konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlarni birgalikda tashkil etish masalalari bo'yicha kelishib oldilar. Bundan tashqari, hamkor universitetlar kutubxonasidagi elektron adabiyotlardan foydalanishga kelishildi.
Eslatma: ayni vaqtda qo‘shma ta’lim dasturiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun imtihon o'tkazilmoqda.
Bizni kuzating: 📌https://t.iss.one/tvchdpi2017

Polyak olimiga ChDPU “Faxriy professor” unvoni topshirildi
Joriy yilning 12-13-sentabr kunlari Chirchiq davlat pedagogika universitetiga Erasmus+ KA107 “Mobility Agreement” xalqaro dasturi doirasida Polshaning Lodz texnologiya universiteti (Lodz University of Technology) professorilari Tomasz Maniecki hamda Oleksandr Shtyka tashrif buyurishdi.
Tashrifning asosiy maqsadi – Fizika va kimyo fakultetining professor-o’qituvchilari va talabalari uchun seminar treninglar va dars mashg’ulotlari tashlik etish.
Shu bilan birga universitetlar o’rtasida o’zaro hamkorik aloqalarini o’rnatish hamda professor-o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish.
Professor Tomasz Maniecki Polsha va Oʻzbekiston oʻrtasida fan va taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun Chirchiq davlat pedagogika universiteti Faxriy professor unvoni bilan taqdirlandi.
P.S.: Chirchiq davlat pedagogika universitetida ilm-fanni rivojlantirish, uni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar reytingiga kiritish, pedagogika ta’limidagi mamlakatimiz yutuqlarini xalqaro miqyosda targ‘ib etish bo‘yicha alohida muhim vazifalarni bajarganlik, shuningdek, yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishdagi fidokorona xizmati hamda universitet nufuzini xalqaro va respublika miqyosida oshirishga hissa qo‘shayotgan milliy va xorijiy mutaxassislar, universitet hamkorlarini “Faxriy professor” faxriy unvoni bilan taqdirlash an’anasi yo‘lga qo‘yilgan.

Chirchiq davlat pedagogika universiteti prorektori Oybek Ortiqov Germaniyaning Berlin shahrida bo'lib o'tayotgan seminarda qatnashmoqda
#diplomatiya
Xabar berganimizdek, GYOTE institutining taklifiga binoan unversitetimizning moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektori Oybek Ortiqov Germaniyaning Berlin shahrida boʻlib turibdi.
Germaniya Madaniyat vazirligining Federal yerlar doimiy konferensiyasi, Kasbiy taʼlim qoʻmitasi direktori janob Sven Pesler Germaniyaning Federal tamoyillariga asoslangan taʼlim tizimidagi huquqiy baza va qoidalar, asosiy oʻquv dasturlari boʻyicha hamda Germaniyaning Lyudvigsburg shahridagi Lyudvigsburg pedagogika institutida uchrashuvlar bo'lib oʻtdi.
Unda nemis tilini ikkinchi til sifatida oʻqitish malakasi va kasbiy taʼlimda qoʻllash masalalariga toʻxtaldi. Shuningdek, “Oʻsmir va yoshlar uchun nemis tilini bilmasdan ish va kasb oʻrganish” mavzusida seminarlar tashkil etilmoqda.
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube

Rektor xalqaro konferensiya ishtirokchilarini qabul qildi
#Rektor #xalqaro_anjuman
#diplomatiya
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori G‘ofurjon Muxamedov "Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun kelgan Germaniya oliy ta’lim muassasalari vakillari va tilshunoslarni qabul qildi.
Universitet rahbari nemis tilini o‘rganadigan umumiy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlashni maqsad qilgan ushbu yuqori darajadagi xalqaro anjuman Chirchiq davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tishiga qanday asoslar borligini sanab o‘tdi.
Rektor universitetning Germaniya oliy ta’lim muasasalari bilan aloqalar xalqaro ta’lim strategiyasiga to‘la mos kelishini, Chirchiq davlat pedagogika universiteti hamda Germaniya Akademik almashuv xizmati (DAAD) va Heidelberg pedagogika universiteti o‘rtasida tizimli munosabatlar mavjudligini, qator ijtimoiy loyihalar asosida Germaniya davlati stipendiantlari Chirchiq davlat pedagogika universitetida ta’lim olayotganligini ta’kidladi.
Samimiy qabul va manfaatli muloqot uchun delegatsiya rahbari Hennig Lobin universitet rektori G‘ofurjon Muxamedovga minnatdorchilik bildirdi.
O‘z o‘rnida universitet rektori xalqaro konferensiya ishiga omad tiladi.

#Ilm_innovatsiya #diplomatiya
#talaba_manfaati #xizmat_safari
Chirchiq davlat pedagogika universiteti professorlari Dilfuza Maxmudova va Gavhar Abdullayevalar Malaziyaning Sultan Idris pedagogika universitetiga xizmat safari doirasida "IT sohasidagi qizlar Markazi" rahbari bilan bilan muloqot qildi.
Suhbat davomida hamkorlikda IT sohasida ilmiy va startap loyihalarni shakllantirish, talabalar va yosh olimlar uchun stajirovkalarni tashkil etish, ikki universitet talaba qizlari o'rtasida ta'lim aloqalarini rivojlantirish va tajriba almashish masalalari muhokama etildi.
Universitet olimlarining xizmat safari davom etmoqda.
👍 👍 @tvchdpi2017

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ChDPU professori Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi maxsus diplomi bilan taqdirlandi
#diplomatiya
#xizmat_safari
13-20 aprel kunlari Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Surayyo Eshonqulova xalqaro konferentsiyada ishtirok etish va bir qator ilmiy markazlarda uchrashuvlar o‘tkazish maqsadida Ozarbayjonga ilmiy safar qildi.
Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi shafeligida o‘tkazilgan «Buyuk ozarbayjon shoiri Muhammad Fuzuliy umummusulmon madaniyatining namoyondasi» va «O‘zbek va Ozarbayjon filologiyasining dolzarb masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiyalarda ishtirok etgan Surayyo Eshonqulova ma’ruzalari xalqaro darajadagi olimlar tomonidan e’tirof etildi.
Anjuman yakunida Ozarbayjon Milliy ilmlar akademiyasi raisi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida fan va ta’lim sohalarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdagi qo‘shgan hissasi uchun ChDPU professori Surayyo Eshonqulovani akademiyaning maxsus diplomi bilan taqdirladi.
Ilmiy safar davomida Ozarbayjon Prezidenti huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tasarrufidagi “Ozarbayjon tili va adabiyoti tadqiqi” va “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim” ilmiy-metodik jurnallarining tahririyati rahbariyati taklifiga binoan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv jarayonida filologiya fanlari doktori Surayyo Eshonqulova tahririyatlar rahbarlari bilan Chirchiq davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlik yo‘llarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi. Professor Surayyo Eshonqulova mazkur jurnallarning tahrir hay’at a’zoligiga taklif etildi.
Navbatdagi manzil Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti bo‘ldi. Surayyo Eshonqulova xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Mahira Husenova qabulida bo‘lib, universitetatlar o‘rtasidagi hamkorlik, kelgusidagi qilinadigan ishlar haqida suhbalashdi. Ozarbayjon Turkologiya markazi bilan tanishdi, markazda bo‘lib o‘tgan turkolog olim Elchin Ibrohimovning “Turk dunyosida umumiy alifbo va muloqot tili” monografiyasining taqdimotida istirok etdi.

Latviya universiteti vakillari bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi
Batafsil saytda
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Latviya universiteti vakillari bilan hamkorlik yo'lga qo'yildi
Batafsil saytda
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#diplomatiya
#xizmat_safari
Ayni vaqtda O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi “Hayot maktabi” dasturi doirasida Belarus Respublikasida bo‘lib turibdi.
Delegatsiya vakillari orasida Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri Lola Narimbayeva Belarus davlat pedagogika universitetida malaka oshirish bilan bir qatorda "Kichik yoshdagi bolalar bugungi mehnat bozorida talab qilinadigan ko‘nikmalarni egallashi uchun" ta’lim dasturlarini yaratish yuzasidan fikr almashmoqda.
Universitet vakilining xizmat safari davom etmoqda.
👍 👍 @tvchdpi2017
#xizmat_safari
Ayni vaqtda O‘zbekiston Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi “Hayot maktabi” dasturi doirasida Belarus Respublikasida bo‘lib turibdi.
Delegatsiya vakillari orasida Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri Lola Narimbayeva Belarus davlat pedagogika universitetida malaka oshirish bilan bir qatorda "Kichik yoshdagi bolalar bugungi mehnat bozorida talab qilinadigan ko‘nikmalarni egallashi uchun" ta’lim dasturlarini yaratish yuzasidan fikr almashmoqda.
Universitet vakilining xizmat safari davom etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rektor #diplomatiya
#CHDPU_strategiyasi
Rektor: Raqamlashtirish talabalarimizni xalqaro miqyosda tanitadi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov Novosibirsk davlat pedagogika universiteti professori, NDPU san’at yo‘nalishi magistlar va aspirantlar dasturi rahbari Oleg Shalyapin bilan uchrashdi.
Batafsil saytda
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
#CHDPU_strategiyasi
Rektor: Raqamlashtirish talabalarimizni xalqaro miqyosda tanitadi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov Novosibirsk davlat pedagogika universiteti professori, NDPU san’at yo‘nalishi magistlar va aspirantlar dasturi rahbari Oleg Shalyapin bilan uchrashdi.
Batafsil saytda
Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
Xalqaro o‘qituvchilar tayyorlashda Germaniya imkoniyatlarini taklif etdi
#Rektor #diplomatiya
#CHDPU_strategiyasi
Xalqaro darajadagi pedagog kadrlarni tayyorlash g‘oyasi asosida faoliyatini tashkil etayotgan ilk oliygoh – Chirchiq davlat pedagogika universiteti 2024-2025 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rib barobarida xoijiy oliy va ilmiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalari diapazonini kengaytirishga intilmoqda.
Joriy yilning 12-iyun sanasida Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov qabulida Frayburg universiteti professori, janob Yohannes Keller-Herder, professor Viktoriya Keller-Herder xonim va Olmon-O‘zbek ilmiy jamiyati rahbari, professor Xurram Rahimov ishtirokida suhbat bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda yangi o‘quv yilida nemis tilini o‘rgatishni yanada rivojlantirish hamda universitet nemis tili o‘qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish, 2025 yildan boshlab Germaniyada ChDPU professor-o‘qituvchi va talabalar uchun yozgi ta’lim lagerlarini tashkil etish masalalari muhokama etildi. Universitetning strategik maqsadi – xalqaro o‘qituvchi tayyorlash masalasida hamkorlik qilish imkoniyatlari tahlil qilindi.
Suhbat yakunida “Olmon-O‘zbek ilmiy jamiyati” ilmiy loyihalasi doirasidari universitet olimlari hammuallifligida nashr etilgan “O‘zbek sehrli ertaklari tipologik katalogi” to‘plami esdalik uchun topshirildi.

Pendidikan universiteti “onlayn” dastur e’lon qildi
#diplomatiya
#CHDPU_strategiyasi
Pedagogika fakulteti rahbariyati Indoneziyaning Pendidikan universiteti mas’ullari bilan Zoom platformasi orqali video muloqot o‘tkazdi. Muloqotda talabalari uchun masofaviy va offline rejimida xalqaro ta’lim dasturlarini tashkil etish hamda va istiqboldagi yangi hamkorlik yo‘nalishlari xususida fikr almashildi.
Pendidikan universiteti xalqaro ishlar bo‘yicha direktori Ahmad Buxoriy Chirchiq davlat pedagogika universiteti bilan barcha yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro hamkorlik natijasida erishilgan yutuqlar nafaqat O‘zbekiston, balki jahon pedagogik faoliyati rivoji uchun ham xizmat qilishiga umid bildirdi.
Pendidikan universiteti rahbariyati Maxsus pedagogika yo‘nalishi 2-bosqich magistri Moxinur Safiyevaning PhD dissertatsiyasini va Menejment yo‘nalishi bitiruvchisi Munira Baltayevaning magistraturaga grant asosida o‘qishga qabul qilinish taklifini ma’qulladi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#diplomatiya
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor G‘ofurjon Muxamedov xorijlik biolog-olimlarni qabul qildi.
Uchrashuv davomida universitetda bio xilma-xillikni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash va biologiya yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalar uchun ilmiy markaz tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot o‘rnida:
Mushtaq Ahmad - Pokiston fanlar akademiyasining akademigi, biologiya fanlari doktori, professor. Quad A’zam universiteti (Pokiston, Islomobod) Botanika kafedrasining mudiri lavozimida faoliyat olib boradi. Ilmiy yo‘nalishi o‘simliklar florasi, taksonomiyasi va so‘ngi yillarda “Biodizel texnologiyasi” bo‘yicha tadqiqotlar olib bormoqda.
Lixin Xin Zhang - biologiya fanlari doktori, professor. Northwest universiteti professori lavozimida faoliyat olib boradi. Ilmiy yo‘nalishi o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, o‘simliklarning stress omillarga chidamlilik xususiyatlari va mikrobiologik preparatlar tayyorlash sohalari hisoblanadi.