#Deputat_nazorati
Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati R.Mamutov To'rtko'lda
Bugun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati R.Mamutov hamda tuman hokimi o'rinbosari O'.Matnazarov To'rtko'l tuman elektr ta'minoti korxonasining fuqarolar bilan ishlash faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Korxona o'tgan yili yangi elektron tizimga o'tgan bo'lib, bu tizim asosida tumanda jami 40300 abonentlarning har bir soatda qancha elektr energiyasi sarflayotgani, qaysi hududlarda muammo bo'layotgani va uning tezkor echimi bo'yicha tez va aniq ma'lumot berish imkoniga ega. Bu yangi tizim orqali ishlash natijasida abonentlarda uchrab turgan ko'pgina muammolar qisqa muddatlarda bartaraf etilmoqda.
Ammo, 200 mindan ortiq aholi istiqomat qiluvchi tumanda fuqarolarning murojaatlarini qabul qiluvchi dispetcherlik xizmatining eskirgan tizimda faoliyat yuritilayotgani, bu bo'limda yangi innovatsion yondashuv zarurligi bildirildi.Tashkilotga murojaatlar ushbu tashkilotning Respublika miqyosida ishlaydigan “1154” SALLmarkazi mavjudligi ma'lum, ammo tumanda faoliyat yuritayotgan dispetcherlik bo'limida haligacha eski tizimda faoliyat yuritilishi, fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishda muammolar keltirib chiqarishi aytib o'tildi hamda elektr ta'minoti tuman bo'limidagi mavjud muammolarni bartaraf qilish bo'yicha takliflar kiritildi.
To'rtko'l tumani hokimligi Axborot xizmati.
“To'rtko'ltumangaz” gaz ta'minoti bo'limi korxonasida bo'lgan Oliy Majlis deputati hamda tuman hokimi o'rinbosari aholining tabiiy gaz etib bormagan hududlarini suyultirilgan gaz bilan ta'minlash bo'limi bilan tanishdilar. Bu erda mas’ullar har bir oilaga etkaziladigan gaz ballonlarining standartdan o'tkazilish jarayonini o'rganib chiqdilar. Shu bilan bir qatorda aholining tabiiy gaz etib bormagan hududlarida qishdan betalofat chiqishlari bo'yicha gaz ballonlarining sifatli etkazilishi muhimdir. Tashrif jarayonida tashkilot tomonidan gaz iste’molchilariga tez va sifatli xizmat ko'rsatish uchun ishchi-xodimlarga qulay mehnat sharoiti yaratish lozimligi bildirildi.
Jumladan, fuqarolar bilan ishlashishda To'rtko'ltumangaz idorasidagi xodimlari uchun ajratilgan xonalariga tegishli mebel jihozlari bilan to'liq ta'minlanmaganligi, fuqarolar uchun ajratilgan kutish zalida mebel jihozlari yo'qligi, tumanidagi tabiiy gaz quvurlar va gaz taqsimlash qurilma(GTK)larini nazorat qilishda hududlardagi oraliq masofa tuman markazidan 65-70 km uzoqligi sababli gaz quvurlaridagi avariya holatilarni bartaraf qilishda hamda GTQlarni ta'mirlashda xodimlar etishmasligi, qo'shimcha xizmat avtomashinasi zarurligi, gaz sizib chiqish holatlarini aniqlovchi yangi zamonaviy asbob uskunalar zarurligi aniqlandi.
Shuningdek, ushbu tashkilotga tabiiy gaz ta'minoti bo'yicha murojaat qilib kelgan fuqarolarninig ham muammolari o'rganilib, ularning murojaati ijobiy echimi choralari ko'rildi.

🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati
#onlayn
#Sayyyor_qabul
Ayni damlarda To'rtko'l tumani "Oqqamish" OFY hududida hokim o'rinbosari O'.Matnazarov, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati R. Mamutov hamda tumandagi tegishli tashkilotlar bilan birgalikda hududdagi aholi bilan sayyor qabul o'tkazilmoqda. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
15-ноябрдан 15-декабрга қадар "Ёнғин хавфсизлиги" ойлиги