1-Dekabr Butunjahon OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan To'rtko'l tibbiyot kollejida o'quvchilar o'rtasida "Biz OITSga qarshimiz" shiori ostida tadbir bòlib òtdi. Tadbirda 2-kurs òquvchilari mavzuga doir rasmlar chizib, krossvordlar yechdilar. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
TO'RTKO'L TUMANI HUDUDIDA FAOLIYAT OLIB BORAYOTGAN TADBIRKOR VA ISHBILARMONLAR DIQQATIGA!!!
TADBIRKORLIK QILISH UCHUN TUMAN HUDUDIDAN E-AUKSION.UZ SAYTI ORQALI YAQIN KUNLAR ICHIDA SOTIB OLISHINGIZ MUMKIN BO’LGAN JAMI 243 TA BO’SH YER MAYDONLARI JOYLASHTIRILGAN. AUKSIONLARDA ISHTIROK ETING VA O’Z YER MAYDONINGIZGA EGA BO`LING!!!
#yoshlar_hayoti Qoraqalpog'iston Respublikasi To'rtko'l tumani 22- umumta'lim maktabida Ingliz tili fani oyligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda sh'erlar, musiqa va raqs, bilim sinovlari, sahna ko'rinishlari va QVZ dan parchalar o'quvchilar tomonidan mahorat bilan ijro qilindi. Yoshlar ingliz tiliga bo'lgan bilim va ko'nikmalarini o'z chiqishlarida namoish qilishdi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
Joriy yilning 25-26 noyabr kunlari Qozog'istonning Turkiston shahrida Qozog'iston Respublikasi va O'zbekiston Respublikasi o'rtasidagi hududlararo hamkorlik III forumi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.Oripov boshchiligidagi 100 nafarga yaqin tadbirkorlar, barcha vazirliklar mas’ullari ishtirokidagi delegatsiya tarkibida To'rtko'l tumanidan "Ayaz yurt" oilaviy korxonasi rahbari Dilbar Karimberdieva ham ishtirok qildi. Ikki kun davom etgan forum davomida har ikkala davlatlar tadbirkorlari hamkorlikda ishlashlari uchun ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish sohasida foydali va ahamiyatli shartnomalar imzolandi. Xususan, to'rtko'llik turistik oilaviy korxona ham o'zaro tajriba almashish, Qozog'iston va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida sayyohlarni qabul qilib xizmat ko'rsatish to'g'risida shartnomalar imzolandi. Bu bilan tumanda sayyohlar oqimi oshishiga erishish kutilmoqda. Shuni ham aytib o'tish joizki, sayyohlar ko'payishi bilan barcha sohalarda tovar aylanishi oshadi, daromad ko'payadi. Hali oldinda yana o'zaro hamkorlik uchrashuvlari bo'lishi rejalashtirilgan. Sohalarni chuqurroq o'rganib ikki tomonlama foydali bo'lgan turizmni rivojlantirishga investitsiya kiritadigan hamkorlarni 2022 yilda To'rtko'l tumaniga hamkorlikda ishlashga taklif qilindi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
#onlayn
Ayni damlarda To'rtko'l tumani hokimligi tashabbusi bilan sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida "Biz OITSga qarshimiz! "shiori ostida yurish bo'yicha marafon o'tkazilmoqda.
Marafonda tuman hokimi, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, hokim o'rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, mas’ul vakillari hamda tumandagi faol yoshlar ishtirok qilmoqdalar. https://t.iss.one/turtkulhokim_uz/24398 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT