Bugun «Oqqamish» ovul fuqarolari yig'inida o'tkazilgan sayyor qabul jarayonida ishtirok qilgan fuqarolar tomonidan hududda muammo bo'lib kelayotgan ijtimoiy masalalar bo'yicha murojaatlar qabul qilindi. Muammolar ijobiy echim topishi uchun tegishli tashkilotlar vakillari bilan muhokama qilindi. Ba'zi masalalar joyida yechim topgan bo‘lsa, yana ayrimlari nazoratga olindi.
🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
#Dolzarb_40_kunlik
Bugun yurtimiz obodligini saqlash, yashil hududlarni kengaytirish va tevarak-atrof tabiati yaxshilanishiga o'z hissalarini qo'shish maqsadida tuman hokimi o'rinbosari O'.Matnazarov, Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati R. Mamutov, ovul fuqarolari yig'ini faollari, tashkilot rahbarlari bilan birgalikda «Oqqamish» ovul fuqarolari yig'inida «Yashil makon» umummilliy loyihasi asosida mevali daraxt ko'chatlarini ekishdi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
Sho‘rahon madaniyat markazi ijodiy xodimlari hamda Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 13-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilarning 1-dekabr Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligi munosabati bilan "Til millatning xazinasi" deb nomlangan madaniy-ma‘rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 🟢To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT
Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tumandagi ta'lim dargohlari kabi barcha maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ham bayram tadbirlari katta shodiyona va tantana bilan o'tkazilmoqda.
Tumandagi “O'zbekiston” mahalla fuqarolari hududidagi 9-sonli MTMda o'tkazilgan bayram ham shular qatoridadir.
Jajji bolajaonlar bayram munosabati bilan qoraqalpoq tilida chiroyli she’rlar, tez aytish va maqollar aytib berdilar. Jajji qizaloqlarning qoraqalpoqcha raqslari esa barchaga manzur bo'ldi. 🟢T
o‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati WEB SAYT | IG | FB | TW |TG | YT