TATU | Rasmiy kanali
14.8K subscribers
17.1K photos
1.92K videos
251 files
4.12K links
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#TATU
#Turkiya_hamkorlik
#Anglashuv_memorandum

Turkiya davlatining MIKRO Information Handling and Distribution FZE tashkiloti bilan hamkolik bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolandi.

MIKRO Information Handling and Distribution FZE tashkiloti IEEE – (Institute of Electrical and Electronics Engineers) Elektrotexnika va elektronika muhandislari institutining IEEE Xplore (IEEE Electronic Library-IEL) elektron kutubxonasidan foydalanish huquqini beruvchi Osiyo qit’asidagi yirik tashkilotlardan biri hisoblanadi.

👉https://tuit.uz/post/anglashuv-memorandumi-imzolandi

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#Turkiya
#Texnofest

Joriy yilning 27-apreldan 1-may kuniga qаdаr Turkiyaning Istanbul shahrida "Texnofest" festivali bo'lib o'tmoqda.

Ushbu festivalda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yosh olimi Begmatov Shoxrux Abduvaxob o‘g‘li va talabamiz Saydiakbarov Saidakmal Muzaffar o‘g‘li ham "Favqulotda vaziyatlarda qo’llaniluvchi robot"i bilan O'zbekiston vakillari qatoridan joy olgan.

Bugun koʻrgazmaning birinchi kuni bo'lib o'tdi. Dastlabki kunning o'zida Havelsan-Turkiyaning mudofaa va axborot sohalarida faoliyat yuritadigan elektron uskunalar va dasturiy ta'minot kompaniyasi hamda Tubitak Sage instituti bilan hamkorlik aloqalari o'rnatildi.

Ma'lumot uchun: Texnofest festivali quyidagi yo'nalishlarni qamrab olgan:

🟢Kichik sun'iy yo'ldoshlar;
🟢Uchuvchisiz uchish qurilmalar;
🟢Aerokosmik texnologiyalar;
🟢 Aviatsiya vа kosmonavtika ;
🟢Sohalaridagi texnologiyalar;
🟢 Наrbiу sohadagi zamonaviy texnologiyalar;
🟢Favqulotda vaziyatlarda foydalaniladigаn zamonaviy texnologiyalаr;
🟢Muqobil energiya asoslangan texnologiyalar.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Turkiya
#Texnofest

Joriy yilning 1-may kuniga qаdаr bo'ladigan Turkiyaning Istanbul shahridagi "Texnofest" festivalning ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Ushbu festivalda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yosh olimi Begmatov Shoxrux Abduvaxob o‘g‘li va talabamiz Saydiakbarov Saidakmal Muzaffar o‘g‘li ham "Favqulotda vaziyatlarda qo’llaniluvchi robot"i bilan O'zbekiston vakillari qatoridan ishtirok etishmoqda.

🤝Festivalning 2-kunida Toros va Ondokuz universitetlari bilan hamkorlikda qishloq xo'jaligida robotlarni loyihalash bo'yicha hamkorlikka erishildi.

Halic universiteti bilan havodan suv ishlab chiqish texnologiyasini O'zbekistonda qo'llash istiqbollari o'rganildi.

Roketsan kompaniyasi, Aselsan korporatsiyasi va Teusan R&D kompaniyalari bilan kameralar ustida taqdiqotlar o'tkazishga kelishib olindi.

Ozdisan kompaniyasi elektrik tovarlarni yetkazib beruvchi va Tekyaz 3D dasturlar tarqatuvchi kompaniya bilan aloqa o'rnatildi.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TATU | Rasmiy kanali
Photo
#Turkiya
#Texnofest

🗒Turkiyaning Istanbul shahridagi "Texnofest" festivali davom etmoqda. Ushbu festivalda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining yosh olimlari jamoasi faol ishtirok etishmoqda.

🤝Ayni vaqtlarda Baykar firmasi (bayraktar dronlarini ishlab chiqaruvchi) bilan tasvirdagi obyekt bo’yicha nishonni aniqlovchi va kuzatuvchi aqilli o’rnatilgan kameralarni loyihalashtirish bo'yicha kelishib olindi.

https://t.iss.one/tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik
#Bursa_texnika_universiteti
#Turkiya

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nurafshon filiali 🤩 hamda Turkiya 🇹🇷 davlatining Bursa texnika universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu hamkorlik Bursa universitetida talabalar almashinuvi asosida o‘qishni davom ettirish, almashinuv dasturlarida ishtirok etish va Nurafshon filialining yosh tadqiqotchilari uchun ilmiy stajirovka hamda malaka oshirish bo‘yicha qo‘shma dasturlarda ishtirok etish imkonini beradi.

🤩 nbtuit.uz |Telegram |📒Facebook | 🖤YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xorijiy_stajirovkalar
#TURKIYA
🇺🇿🌟

Innovatsion rivojlanish agentligining Turkiya Respublikasiga amalga oshirilgan delegatsiya tashrifi davomida erishilgan kelishuv natijalariga muvofiq “TUBITAK BILGEM” Informatika va axborot xavfsizligi markazi bilan hamkorlikda kiberxavfsizlik, kriptografiya va yarim-o‘tkazgichlar bulut texnologiyalari yo‘nalishlarida yosh olimlarni xorijiy ta’lim muassasalari va laboratoriyalariga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish uchun maqsadli tanlov e’lon qilingan edi.

💻 Mazkur tanlov g’oliblari TATU professor-o’qituvchilari Mardiyev Ulug’bek, Muxamediyeva Dildora, Axmedova Nozima, Bozorov Suhrobbek hozirda Turkiya davlatining "TUBITAK BILGEM" informatika va axborot xavfsizligi markazida ilmiy stajirovka o'tamoqdalar.

🗒 Stajirovka dasturiga binoan, tadqiqotchilar markazning laboratoriyalarida "Blockchain", “Analysis of Cyberattacks in Blockchain", “Honeypot analysis and ML”, “Cryptographic security” va “Cyberattacks in Malware analytics” yo‘nalishlarida eksperimental tajribalar o’tkazishlari maqsad qilib qo'yilgan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#delegatsiya #Turkiya #hamkorlik

🤝 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Turkiya Respublikasining Ankara Boyazid Yildirim universiteti rektori Prof. Dr. Ali Cengiz Köseoğlu boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida ikki univeristet o’rtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, akademik mobillilik hamda ilmiy yo’nalishlarda birgalikda ishlashga kelishib olindi.

🗒 Ma’lumot uchun: Anqara Yildirim Beyazit universiteti 2010-yilda Anqaradagi keng qamrovli davlat universiteti sifatida tashkil etilgan. Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakultetining tibbiyot, muhandislik va tabiiy fanlar, arxitektura, aeronavtika va astronavtika, siyosiy fanlar, biznes boshqaruvi va psixologiya bo‘limining ilmiy daraja dasturlari ingliz tilida o‘qitiladi. Ushhbu universitet Western Asia 2024 - Yevropa universitetlari reytingida 58 o‘rinni egallagan.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Turkiya #final

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ITMade jamoasi Turkiya davlatining “TEKNOFEST 2024” tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha, 100 dan 96.5 ball to‘plab final bosqichiga chiqdi.

🇹🇷 “TEKNOFEST 2024” tanlovining final bosqichi 2024-yilning 5-8-sentyabr kunlari Turkiya davlatining Antaliya shahrida tashkil qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, unversitetimizning iqtidorli talabalari Kompyuter injiniring fakulteti talabasi Xamidjonov Zuhriddin Xusniddin o‘g‘li va Televizion texnologiyalari fakulteti talabasi Vahhobov Sardor Akbar o’g’li hamda “Teleradioeshittirish tizimlari” kafedrasi (PhD) tayanch doktorantura talabasi Rixsivoyev Mohirjon Alisher o‘g‘li final bosqichida qatnashish uchun Antaliya shahriga jo‘nab ketishdi.

🎉 Universitetimiz nomidan TATU talabalariga “TEKNOFEST 2024” tanlovining final bosqichida muvaffaqiyat tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Turkiya

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ITMade jamoasi Turkiya davlatining “TEKNOFEST 2024” xalqaro tanlovida “Barrier-Free Living Technologies Competition” yo‘nalishi bo‘yicha, O'zbekiston nomidan finalda qatnashmoqda.

🇹🇷 2024-yilning 5-8-sentyabr kunlari Turkiya davlatining Antaliya shahrida bo'lib o'tayotgan final bosqichida "Baykar technology" kompaniyasi texnologiyalar bo'yicha bosh direktori Selçuk Bayraktar ham qatnashmoqda.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM