TATU | Rasmiy kanali
14.6K subscribers
19.1K photos
2.21K videos
253 files
4.47K links
🏛 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining rasmiy telegram kanali

📸https://www.instagram.com/tuit.official/

🌐 https://tuit.uz

📲 @taturasmiybot

https://t.iss.one/taturektori
Download Telegram
#xalqaro_hamkorlik #magistratura #TATU #AlFarobiy

💻 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bugungi kunda ilmiy va pedagogik faoliyat yo‘nalishlarida jahonning qator yetakchi universitetlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

🤝 Ana shunday hamkorlik doirasida Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy Universitetining 2-bosqich magistratura talabalari 2025-yil 31-martdan 12-aprelga qadar TATUda ilmiy-amaliy stajirovkani muvaffaqiyatli yakunladilar.

📚 Stajirovka davomida mehmon magistrantlar universitet infratuzilmasi, zamonaviy o‘quv va amaliy laboratoriyalar, media markazi, kutubxona va boshqa resurslar bilan yaqindan tanishdilar. Ular uchun "Televizion va media texnologiyalar" hamda "Sun’iy intellekt" kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan maxsus ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

🎓 Stajirovka yakunida magistrantlar o‘z dissertatsiya izlanishlari doirasida ilmiy seminar tarzida taqdimotlar namoyish etdilar va universitet tomonidan maxsus guvohnomalar bilan taqdirlandilar.

TATU – ilm, tajriba va innovatsiyalar chorrahasi sifatida xalqaro akademik almashinuv jarayonida faol ishtirok etishda davom etmoqda.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #talabamizdan

Mening universitetim! TATUda o'qiyotganimdan faxrlanaman.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU_OAV_NIGOHIDA #TATU_yoshlari #Prezident_topshiriqlari_ijrosi #soģlom_inson_soģlom_millat #ichki_turizm

“Sog‘lom inson – sog‘lom millat – Urganch 2025” forumi bo'lib o'tdi

🇺🇿  Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan  “Sog‘lom inson – sog‘lom millat” g'oyasini umummilliy harakatga aylantirishni maqsad qilgan xolda, 11–13-aprel kunlari Xorazm viloyatida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallaridan 700dan ortiq talabalar, professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirokida yirik forumi tashkil etildi.

📺 Shu haqida Yoshlar telekanalining “Davr” informatsion dasturi orqali maxsus reportaj tayyorlanib efirga uzatildi.

✈️ @tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IlmiyYangilik #TATU #nashr

🏛 Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetining ilg‘or professori Abdullayev Rustam Zoirovich tomonidan yozilgan ilmiy monografiya nufuzli LAP Lambert Academic Publishing (Germaniya) nashriyotida ingliz tilida chop etildi!

Eʼtiborlisi shundaki, LAB Lambert Academic Publishing (Germaniya) nashriyoti maxsulotlarini mashhur xalqaro internet do‘konlaridan xarid qilish mumkin:
www.amazon.com

www.morebooks.de

www.bod.de

www.barnesandnoble.com

🌐Bu holat, yurtimiz olimlari tomonidan yaratilayotgan ilmiy qo‘llanmalarga xalqaro e’tibor tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.

📖 Ilmiy faoliyatdagi ushbu muhim yutuq bilan tabriklaymiz va ustozga kelgusi izlanishlarida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #AKTSIMF
#Uchrashuv_seminar

🏛 Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakultetida Rossiya Federatsiyasining Perm Davlat universiteti professori Kuznetsova Elvira bilan talabalar o'rtasida “Формирование портфеля частного инвестора” mavzusida seminar uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🎙 Seminar uchrashuvda talabalar Investorlik faoliyati, shakllanishi hamda investetsiya kiritish mumkin bo'lgan sohalar, g'oyalar haqida foydali ma'lumotlarga ega bo'ldilar. Shuingdek seminar jarayonida prof. Elvira Rudolfovna tomonidan hozirgi kunda investetsiya kiritish mumkin bo'lgan sohalar, kriptovalyuta bozorlari haqida real misollar orqali talabalarga yanada ko'proq ma'lumot berib o'tdilar.

💬 Talabalar seminar jarayonida mav zu bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar, hamda iqtisodga oid ilmiy yondashuv va texnik yechimlar haqida fikrlar almashishdilar. Yakunda eng dolzarb savollar bo‘yicha taklif va xulosalar ham ishlab chiqildi.

📌 Bu kabi uchrashuvlar talabalarimizning analitik fikrlashini, tanqidiy yondashuvini va jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#TABRIK

Bugun Reja-moliya bo‘limi boshlig‘i Raximova Umidaxon Abduraimovnaning tug'ilgan kunlari!

🎁 Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #Olimpiada

Ajoyib g'alaba
!!!

📌 Yandex Uzbekistan Coding and Math Contest 2025 ishtirokchilarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Talabalar va IT sohasida endigina faoliyat boshlagan mutaxassislar uchun tashkil etilgan tanlov dasturlash va matematika yo‘nalishlarida ikki bosqichli onlayn musobaqadan iborat bo‘ldi. Tanlov topshiriqlari xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan edi.

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi va 65 million so‘mlik mukofot jamg‘armasini o‘zaro taqsimlashdi.

Universitetimizning Sport dasturlash bo'yicha terma jamoa a'zosi Miroqilov Davlatbek faxrli natijalarni qo'lga kiritib umumiy 9 mln so'm pul mablag'i va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.

Davlatbekni ushbu natija bilan tabriklaymiz tabriklaymiz — bu ulkan g‘alabalar sari yo‘ldagi yutuqlardan biri bo‘lsin!

🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU
#TABRIK

Bugun Magistratura bo‘limi boshlig‘i Redjepov Shovkat Baxtiyarovichning tug'ilgan kunlari!

🎁Shu munosabat bilan Universitet nomidan sizga sog'lik-salomatlik va uzoq umr tilaymiz!

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #UKUzForum2025 #SanoatBilanHamkorlik #OliyTaʼlim #Innovatsiya #IndustryPartnership #HigherEducation #Innovation

Buyuk Britaniyaning London shahrida O‘zbekiston – Buyuk Britaniya Oliy Ta’lim Forumiga start berildi.

Bugun Londonda xalqaro darajadagi O‘zbekiston–Buyuk Britaniya Oliy Ta’lim Forumi o‘z ishini boshladi!

🗒 Forum - "Barqaror hamkorliklarni rivojlantirish: Inklyuziv universitetlar va ishlab chiqarish bilan hamkorlik" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, 15-16 may kunlari bo'lib o'tadi. Ushbu forum doirasida Buyuk Britaniyaning ilg‘or tajribasini o‘rganish va xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsad qilingan.

💬 Forumda TATU rektori professor Baxtiyor Maxkamov ishtirok etmoqda va ikkinchi sessiyada dual ta'lim tizimi va sanoat–ta’lim hamkorligi haqida so‘z yuritishi belgilangan.

Tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, British Council, O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi, London South Bank universiteti va Westminster universiteti hamkorligida tashkil etilgan.

🏛 TATU xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda!



The Uzbekistan–United Kingdom Higher Education Forum Kicks Off in London!

Today, the Uzbekistan–United Kingdom Higher Education Forum officially began in London!

🗒 The forum, held under the theme “Developing sustainable partnerships: Inclusive universities and industry collaboration” will take place on May 15–16. Its main goal is to explore the UK’s best practices in higher education and strengthen international academic cooperation.

💬 The Rector of Tashkent University of Information Technologies named after Muhammad al-Khwarizmi (TUIT), Professor Bakhtiyor Makhkamov, is participating in the forum and is scheduled to speak during the second session on the topic of dual education systems and industry-academia cooperation.

The event is jointly organized by the Ministry of Higher Education, Science and Innovation of Uzbekistan, the British Council, the Embassy of Uzbekistan in the UK, London South Bank University, and the University of Westminster.

🏛 TUIT continues to play an active role in advancing international academic partnerships and innovation in higher education!


🕊 Telegram 📱 Instagram 📺 YouTube 📱 Facebook Tuit.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TATU #UKUzForum2025 #DualEducation #IndustryAcademia #Entrepreneurship #Innovatsiya #OliyTaʼlim

🏛 Dual ta’lim va sanoat hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro panel sessiyasi — TATU tajribasi e’tiborda!

🇬🇧 Londonda bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston–Buyuk Britaniya Oliy Ta’lim Forumi” doirasida bugun muhim mavzulardan biri — "Oliy taʼlimga dual taʼlim va tadbirkorlikni integratsiya qilish: Buyuk Britaniya va Oʻzbekiston tajribasidan siyosatni shakllantirish va ilgʻor amaliyotlar bilan oʻrtoqlashish" mavzusida xalqaro panel sessiyasi o‘tkazilmoqda.

🗣 Ushbu sessiyada TATU rektori, professor Baxtiyor Maxkamov so‘zga chiqib, TATUda dual ta’limni joriy etish va sanoat bilan akademik hamkorlikni chuqurlashtirish borasidagi amaliy tajriba bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, universitetda tashkil etilgan  “Advanced Engineering School”, yetakchi IT kompaniyalar bilan tashkil etilgan internship dasturlar, talabalarni ishlab chiqarishga jalb qilish tizimi, hamda sanoat bilan birgalikda ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari haqida ma’lumot berdi.

🗒 Bundan tashqari, sessiyada Buyuk Britaniyaning "Apprenticeship Levy" modeli, stajyorlik dasturlari, biznes-inkubatsiya, mentorlik kabi ilg‘or yondashuvlar muhokama qilinib, O‘zbekiston va Buyuk Britaniya tajribalari asosida barqaror va keng tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan model takliflari ilgari surildi.

✈️@tuituz_official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM