#maslahat
1. Virus haqida doim gapirish va doimiy ravishda o‘ylab yurishdan ehtiyot bo‘ling. Virus bor. Bu fakt! Lekin, muammoni o‘ylagan sari, inson immuniteti zaiflashadi, shuncha yuqtirish ehtimoli kuchli bo‘lishi mumkin. Shikoyat va salbiy energiya qanchlik ko‘p bo‘lsa, inson ruhiyati sustalashdi, ichki quvvat kamayadi.
2. Vahima qilmang. Vahima immunitet tizimiga salbiy ta'sir qiladi. “Nosebo effekt”i ishga tushadi (“plasebo” ning antipodi). TV yoki ijtimoiy tarmoqlarni doim kuzatib o‘tirish, kasallik simptomlarini keltirib chiqarishi mumkin. Ya'ni, fikrlar “kutilgan” kasallikka olib keladi, ob'ektiv sabablarsiz inson haqiqatdan ham kasal bo‘lish mumkin. Olimlar tomonidan bunday hodisalar kuzatilagan.
3. Yana bir bor takrorlayman. Vahimaga tushmang! Bu holatda bo‘lgan insonlarni boshqarish oson. Vahima bor joyda tanqidiy fikrlash butunlay o‘chadi. Vaziyat o‘zi oson emas, uni yanada murakkablashtirmang.
4. Sizning immunitetingiz juda kuchli! Immunitet haqida ijobiy fikrlashga harakat qiling, uni mustahkamlang. Virusni uzoqlashtiring.
5. Axborot “dietasi”ga rioya qiling. Kuniga 1-2 marta muhim axborotlar haqida ma'lumot olish yetarli. Ruhiyatingizni ayang, negativ fikrlarni cheklashga harakat qiling.
6. Vaqtdan unumli foydalangan holda o‘zingiz ustingizda ishlang. Ruhiy va jismoniy faollikni oshiring, sport bilan shug‘ullaning (uyda, ochiq havoda). Unutmang. Sog‘ tanda – sog‘lom aql!
7. Sizga qo‘rquv va vahimani o‘tkazmoqchi bo‘lganlardan yiroqlashing. Uzoq vaqt bu virus haqida gapirishlariga hojat qoldirmang.Ular sizning hissiyotlaringiz infeksiyasi!
8. Karantin sababli farzandlarimiz uyda. TV va planshetlarni o‘rnini bosadigan o‘yinlar va ongini faollashtiradigan mashg‘ulotlar rejasini tuzing, birgalikda kitoblar o‘qing. Oilaviy uy ishlariga jalb qiling. Biz bolaligimizda qanday band edik, bir eslang!
Dildora Abdumadjidova
#Psixologkonsultant #vahimasizkarantin #карантинбезпаники
ТАТУ матбуот хизмати
Расмий телеграм канал👇👇👇
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEUMjMtPtqeGTG26Sg