TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.23K subscribers
16.7K photos
1.57K videos
358 files
5.37K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
Download Telegram
Forwarded from TTA Urganch filiali | Rasmiy Yoshlar (Nafisa)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kitob_karvoni
#Yoshlar_oyligi
#Yoshlar_kuni_30

📚“Kitob karvoni” TTA UFda videolavha

🇺🇿 @TTAUF_YOSHLAR kanalida 🏫
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_oyligi

Jaloliddin Manguberdi majmuasida “Kitob karvoni” tadbiri o‘tkazildi.

Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston – yoshlar mamlakati!” shiori ostidagi tadbir dasturi bo‘yicha 2023-yilning 6-iyun kuni Jaloliddin Manguberdi majmuasida “Kitob karvoni” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining 100 dan ortiq yoshlari qatnashishdi.

BATAFSIL📖🖊

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Bugun
#yoshlar_oyligi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga “Kitob karvoni” aksiyasi doirasida taqdim etilgan kitoblar, ya'ni talaba-yoshlarning maʼnaviy-maʼrifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan milliy, shu bilan birgalikda  jahon adabiyotining eng sara namunalari Axborot resurs markazi xodimlari A.E.Yarmetova, Y.M. Sobirova K.X.Ahmedova hamda M.O. Ro'zmetovalar tomonidan ko'rgazma tarzida tashkil qilindi.

Ushbu ko'rgazmada kutubxonamizga taqdim etilgan 400dan ortiq ilmiy va badiiy kitoblar talabalar e'tiboriga havola qilindi hamda barcha talabalarni kitobxonlikka chaqirildi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#TTA_UF
#yoshlar_oyligi

TTA URGANCH FILIALI TALABALARINING MUZEYGA TASHRIFI DAVOM ETMOQDA!

Bugun Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Qo'shma ta'lim dasturi fakulteti
tyutori N.I.Xo'jamuratova bilan birgalikda Davolash ishi yo'nalishi 110 -A guruhi ,110 - B guruhi va Farmatsiya yo'nalishi 191 - A guruh talabalari O'zbekiston zamonaviy suratlar galereyasiga tashrif buyurdilar.

Talabalarning darslardan bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil qilingan ushbu ekskursiya davomida talabalar mamlakatimizning boy badiiy va madaniy merosi, aholining san’at va madaniyat namunalari bilan yaqindan tanishdilar.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yoshlar_kuni

🔹"Temur tuzuklari”ning yoshlar tarbiyasiga ta’siri

2023-yil 9-iyun kuni stomatologiya fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.K.Xudayberganov va tyutorlar A.I.Sapayev, M.A.Sobirova va U.M.Xaitbayevlar tashkilotchiligida Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Stomatologiya fakultetining talaba-yoshlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasining 2023-yil 6-iyundagi №17-1072-sonli xati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining №103-son yig‘ilishi bayoni ijrosinI ta’minlash maqsadida 30-iyun-Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar oyligi” doirasida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Temur tuzuklari”ning yoshlar tarbiyasiga ta’siri mavzusida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.

BATAFSIL
https://telegra.ph/30-iyun--Yoshlar-kuni-munosabati-bilan-Yoshlar-oyligi-doirasida-Yangi-Ozbekiston-yoshlari-birlashaylik-shiori-ostida-Temur-tuzuk-06-09

🔹ttauf_pressa
#TTA_UF
#YOSHLAR_OYLIGI

YOSHLAR OYLIGI DOIRASIDA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA!

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “
Yoshlar oyligi” doirasida hamda “30-iyun – Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston – Yoshlar mamlakati!” shiori ostida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarda filialda tahsil olayotgan talaba-qizlar faol ishtirok etib kelmoqdalar.

BATAFSIL
https://telegra.ph/Yoshlar-oyligi-doirasida-tadbirlar-davom-etmoqda-06-12

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yoshlar_oyligi
#TTA_UF

15.06.2023

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida sog'liqni saqlash vazirligi va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Sog'liqni saqlash tizimida korrupsiyaviy omillarni keltirib chiqarayotgan tizimli muammolarni bartaraf etish va "Korrupsiyadan holi soha" ga aylantirish mavzusida 2 kunlik seminar- trening o'tkazilmoqda.

Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati sog'liqni saqlash tizimi mas'ul xodimlari ishtirok etishmoqda.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#uch_avlod_uchrashuvi
#yoshlar_kuni

Joriy yilning 15-iyun kuni TTA Urganch filiali Qo'shma ta'lim dasturi" fakulteti bilan N.I.Xo'jamuratova bilan hamkorlikda Davolash ishi yo'nalishi 1-kurs talabalari uchun "Uch avlod uchrashuvi" tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda Pediatriya fakulteti dekani Sh.A.Sapayeva, Patologik fiziologiya kafedra mudiri dotsent Q.Q.Shukrullayev, O'zbek tili va adabiyoti tillar kafedrasi katta o'qituvchisi Dilbar Ruzmatova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi R.Q.Qurboniyozova hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda so'z olganlar tinchlikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, keksalarni e'zozlash haqida, shuningdek bugungi kundagi yutuqlarimiz, erkin va obod jamiyatda kamol topayotgan yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar to'g'risida atroflicha tushunchalar berishdi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yoshlar_oyligi
#TTA_UF
#talaba_qizlar

2023-yilning 15-iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Qo'shma ta'lim dasturi va stomatologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi I.Tangriyeva va barcha fakultet dekan maslahatchilari bilan birgalikda talaba-qizlar o'rtasida "Biz yoshlar giyohvand moddalalarga qarshimiz" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida giyohvand moddalarning inson organizmiga ayniqsa, bo'lajak onalarga salbiy ta'siri haqida tushunchalar berildi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yoshlar_oyligi
#TTA_UF
#OLIMALIK_SARI_

2023-yilning 15-iyun sanasida TTA Urganch filialida "Olimalik sari birinchi qadam" nomli davra suhbati o'tkazildi.

Suhbatda TTА Urganch filialining Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi F.E.Аtajanova , Tibbiy profilaktika, SSB va xorijiy talabalar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi S.R.Masharipova, Qo'shma ta'lim fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslaxatchisi I. Tangriyeva, tyutorlar   va talaba-qizlar faol qatnashishdi.

Tadbir davomida TTA Urganch filialining iqtidorli talabasi Ismoilova Ozoda Anvarovna o'zining erishgan yutuqlari bilan o'rtoqlashdi. O'qish va izlanishdan charchamaydigan har bir talaba, o'z oldiga qo'ygan orzu va maqsadlariga erishishi to'g'risida keng tushuntirish ishlari olib borildi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube