TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.23K subscribers
16.7K photos
1.58K videos
358 files
5.38K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
Download Telegram
#SPORT
#TALABA_QIZLAR

Joriy yilning 27-aprel kuni Tibbiy profilaktika, SSB va xorijiy talabalar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi S.R.Masharipova tashabusi bilan “Sport –sog‘lik garovi” shiori ostida sportning Volleybol turidan Tibbiy profilaktika yo‘nalishining 1-2 kurs talaba qizlari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqani Tibbiy profilaktika, SSB va xorijiy talabalar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi S.R.Masharipova va ularning tyutori X.M.Madaminovna ochib berdi.

Musobaqa qonun qoidalarini Jismoniy madaniyat va sport fani o‘qituvchisi M.P.Rahimova tushuntirib o‘tdi. Musobaqada jami 10 jamoa qatnashib g‘oliblik uchun bellashdilar.

1-o’rinni 153 A B guruh
2-o’rinni 251 A B guruh
3-o’rinni 154 A B guruh talaba-qizlar

G‘oliblar sport klubi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Sport
#talaba_qizlar

2023-yil 11-may sanasida TTA Urganch filialida Tibbiy profilaktika, sog‘liqni saqlashni boshqarish va xorijiy talabalar fakulteti xotin-
qizlar bo‘yicha dekan maslahatchisi S.R.Rahimova tashabbusi bilan fakultet 1-bosqich talaba- qizlari o‘rtasida sportning volleybol turidan musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqa nizomiga ko‘ra, jamoalar “Qur’a tashlash” yo‘li bilan juftliklarga ajratilib, musobaqaning saralash turlari “olimpiya usulida”, final bosqichi esa “aylanma” usulda o‘tkazildi. Final bosqichiga 1-bosqich 152-A B hamda 154 AB guruhlari yetib keldi. Musobaqada filial jismoniy madaniyat va sport fani o‘qituvchilari hakamlik qilishdi. Musobaqa g‘oliblari filial rahbariyati hamda sport klubi tomonidan sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#yoshlar_oyligi
#TTA_UF
#talaba_qizlar

2023-yilning 15-iyun kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida Qo'shma ta'lim dasturi va stomatologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi I.Tangriyeva va barcha fakultet dekan maslahatchilari bilan birgalikda talaba-qizlar o'rtasida "Biz yoshlar giyohvand moddalalarga qarshimiz" shiori ostida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida giyohvand moddalarning inson organizmiga ayniqsa, bo'lajak onalarga salbiy ta'siri haqida tushunchalar berildi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy sahifalari:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube