TTA Urganch Filiali | Rasmiy Kanal
4.97K subscribers
19.4K photos
1.86K videos
378 files
6.22K links
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
Download Telegram
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Xalqaro grant dasturlarini topish, hujjatlar tayyorlash va asosiy talablar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda TTA Urganch filiali 606-“C” guruh talabasi Kamilova Barno ishtirok etdi. U Germaniyaning nufuzli Tübingen universitetida magistratura bosqichida o‘qish uchun DAAD granti sohibasi bo‘lgan.


Seminar davomida u quyidagi mavzular yuzasidan o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi:

– Grant dasturlarini qanday izlash kerak?
– Hujjatlar tayyorlash bosqichlari (motivatsion xat, tavsiyanoma, CV)
– Til sertifikatlari va ularning roli
– Tanlovda muvaffaqiyatli qatnashish bo‘yicha foydali maslahatlar.


Kamilova Barnoning muvaffaqiyati ko‘pchilik iqtidorli talabalarimizga ilhom bag'ishlaydi degan umiddamiz!

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
14
#Dolzarb_90_kun

Maktab o‘quvchilari uchun TTA Urganch filialida tanishtiruv ekskursiyasi o‘tkazildi

2025-yil 30-iyul kuni TTA Urganch filiali Talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi R.M.Atajanov tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Shovot tumani Arbek mahallasi 16-43-son maktab o‘quvchilari filialiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida o‘quvchilar filial tarixi, uning faoliyati, ta’lim jarayonlari, mavjud ta’lim tizimi, yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishdilar. Ushbu ma’lumotlar filial Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari I.S.Yusupov tomonidan batafsil tarzda tanishtirib o‘tildi.

Tadbir davomida maktab o‘quvchilariga filial hududi, auditoriyalar, zamonaviy jihozlangan laboratoriyalar, kutubxona hamda boshqa infratuzilma obyektlari ko‘rsatildi. Mazkur tashrif orqali o‘quvchilarda oliy ta’lim muassasasi muhitini his qilish, kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini tanlash borasida motivatsiya hosil qilishga xizmat qildi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
30-iyul — O‘zbekistonda Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng nishonlanadi.

Mazkur sana munosabati bilan Xorazm viloyati MTRK tomonidan efirga uzatiladigan “Milliy totuvlik” nomli maxsus ko‘rsatuvning navbatdagi soni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida tahsil olayotgan xorijiy talabalar ishtirokida suratga olindi.

Ko‘rsatuv davomida O‘zbekistonning bag‘rikengligi, ko‘p millatli jamiyatda yaratilgan do‘stlik muhiti, xorijlik talabalarning mamlakatimizdagi hayoti, ta’lim olishi va madaniy integratsiyasi haqida suhbatlar bo‘ldi.

TTA Urganch filialida turli davlatlardan kelgan yoshlar bir maqsad – tibbiy bilim olish va xalq salomatligiga xizmat qilish yo‘lida ahil va hamjihat tarzda tahsil olmoqdalar. Bu esa O‘zbekistonda xalqlar do‘stligining amaliy ifodasidir.


TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
👍1
Davolash fakulteti tyutori M.R.Atayev Shovot tumanidagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” shiori ostida tadbir o‘tkazdi

Mazkur tadbir “Dolzarb 90 kun” shiori ostida tashkil etildi va unda TTA Urganch filiali Davolash fakulteti tyutori M.R.Atayev faol ishtirok etdi.

Tadbir doirasida yosh avlodga sog‘lom turmush tarzi, tibbiy madaniyat va profilaktika ishlarining ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Uchrashuv maktab o‘quvchilari uchun nafaqat bilim manbai, balki ularning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlariga ilhom manbai bo‘ldi.

TTA Urganch filiali Matbuot xizmati
Veb-sayt |Telegram |Instagram |Facebook |Youtube
Forwarded from Edu.uz
Qadrli kuzatuvchilar, mamlakatimizda volontyorlik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilmoqda.

📝 Bu masalada keng jamoatchilikning fikr va munosabatlarini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma tayyorlandi.

🔊 Siz ham tadqiqotda faol ishtirok eting!
⚡️Zero, har bir fikr biz uchun MUHIM.

So‘rovnoma anketasi bu yerda👇
https://forms.gle/ys2Gp1BvCxdiPXLZ7

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
1🔥1