Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
41.3K photos
5.65K videos
48 files
22.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon
#shahmat

5 yoshli bolakay 63 yoshli otaxon bilan bahslashdi

Ayni vaqtda Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida shaxmat musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.

Darvoqe, bu galgi oʻyinlar orasidagi qisqa tanaffuslardagi gurunglarda qulogʻimizga qiziq-qiziq gaplar chalindi:

— Boʻka tumanidan kelganman, — deydi Bahrom ota Shodibekov. — Oʻtgan oʻyinlarda oqqoʻrgʻonlik 5 yoshli bolakay Hamidulla Erkinovga yutqizib qoʻygan edim. Yoshlarimizni zukkoligini koʻrib rosa quvondim. Uyga borib farzandlarim bilan shaxmat oʻynab, bir hafta qattiq tayyorgarlik koʻrib keldim. Ushbu oʻyinga qatnashish uchun toza havoda yoʻl bosib kelishim oʻzi ham sogʻligʻimni yaxshilashga katta tasir koʻrsatmoqda. Jarayonlar xotirani mustahkamlaydi hamda kishini fikrlash va oqilona qaror qabul qilishga oʻrgatadi. Yana bir jihat shuki, yoshlar bilan mavzu yuzasidan fikrlar almashamiz. Yoshlarni bir joyga jamlab, bu kabi ezgu tashabbuslarni ommalashtirayotgani uchun musobaqa tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman. Lekin bu gal ham Hamidulla yengdi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM