Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
41.2K photos
5.65K videos
48 files
22.3K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ogohlik #DXX

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida yashovchi, 1989-yili tugʻilgan shaxs boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina Ohangaron tumanidagi “Chinor” YPX maskanida toʻxtatildi. Avtomashina xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda uning motor qismiga yashirib qoʻyilgan 951 gr. “gashish” giyohvandlik vositasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur narkotik moddani Toshkent shahrida qabul qilib olgan, Paxtaobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1989-yili tugʻilgan, muqaddam sudlangan fuqaro ham qoʻlga olindi.

Taʼkidlash lozimki ushbu giyohvandlik vositalari mamlakatimizga uchinchi shaxslar tomonidan Qirgʻiziston va Tojikiston Respublikalaridan kontrabanda yoʻli bilan olib kelingan. Hozirda mazkur fuqarolarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DXX_kubogi

Futbol boʻyicha DXX kubogi musobaqasiga start berildi

Toshkent viloyatida 16 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun sportning mini – futbol va futbol turlari boʻyicha bellashuvlar boshlandi.

Nurafshon shahrida tashkil etilgan ochilish marosimiga Toshkent viloyatidagi 22 ta tuman va shahardagi 1025 ta mahallalardan yoshlar onlayn ulanishdi.

Shundan soʻng ilk bellashuvlarga start berildi.

Mazkur DXX kubogining saralash musobaqasi dastlab, 4 ta sektor kesimida tashkil topgan jamoalar hududlarga boʻlingan holda oʻzaro kuch sinashdi.

Gʻolib jamoalar keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga  kiritdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DXX_kubogi

"DXX kubogi-2025" musobaqalarining hududiy bosqichlari yakuniga yetmoqda

Bo‘ka tumanida ham bir qator hamkor tashkilotlar bilan o‘tkazilgan 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida futbol va mini-futbol bo‘yicha "DXX kubogi - 2025" tuman bosqichi musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.

Finalda musobaqaning 2024-yilgi mavsum Bo‘ka tumani bosqichi chempionlari - "Oltish" mahallasi yoshlari "O‘rtatepa" mahallasi futbolchilariga qarshi maydonga tushishdi. Qizg‘in va murosasiz o‘tgan final uchrashuvida o‘rtatepalik yoshlar 1-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va viloyat bosqichiga yo‘l olishdi.

Chirchiq shahrida ham o‘tgan bahslarda katta futbolda "Kamolot", mini futbolda o‘g‘il bolalar jamoasidan Hamza, qizlar o‘rtasidagi musobaqada "Kamolot" MFYlari yoshlari birinchilikni qo‘lga kiritishdi.

G‘oliblar munosib taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida, musobaqalarning viloyat bosqichi iyun-iyul oylarida hamda uchinchi final bosqichi avgust oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 🌐 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM