Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
41.1K photos
5.63K videos
48 files
22.3K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#15_may_Xalqaro_oila_kuni

Ibratli oilaning ibratli hayoti

Oila - inson uchun muqaddas va ulugʻ dargoh. Inson shu dargohda tugʻiladi, oʻsadi, unadi, voyaga yetadi.

Darhaqiqat, xalqimiz azaldan oilani muqaddas, muborak dargoh sifatida eʼzozlagan, bu qoʻrgʻonga zavol yetmasligi uchun bor mahoratini ishga solgan. Zero, oilani boshqarish farzandlarni xalqqa, vatanga munosib avlod qilib yetishtirish masʼuliyatli vazifadir. Ayol oqila, fozila, jonkuyar, har narsada er qadrini yuksak qoʻyadigan boʻlsa, er bosiq, jiddiy, mehribon, farzandlari, ahli ayoliga jonkuyar boʻlishi kerak. Er-xotin oʻrtasida mehr-oqibat boʻlsa ibratli oila maqomiga erishish qiyin kechmaydi.

Muharram ona va Adham doda oilalari ana shunday mehr-oqibat bilan salkam 50 yil turmushning mushtlariga sabr qilib yashagan oilalardan. Bugun ular 5 farzand, 16 nabira, 6 abiraning sevimli buva va buvijonlari boʻlib, umrguzaron qilmoqdalar.

15-may - Xalqaro oila kuni munosabati bilan biz, ijodiy guruhimiz bilan 30 yildan ortiq vaqt mobaynida oʻqituvchilik qilib, 50 yil qishloq xo'jaligi sohasida ishlagan turmush o'rtog'i bilan 5ta farzandni tarbiyalagan Muharram ona va Adham doda xonadonlarida boʻldik. Ular esa ibratli oila sirlari bilan oʻrtoqlashdilar.

Batafsil videolavhada.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#15_may_Xalqaro_oila_kuni

O'rta Chirchiq tumani "Oq ota" mahallasi, "Ko'kalamzor" ko'chasi, 33-uyda istiqomat qiluvchi 90 yoshli Risolat aya Niyozova 60 yil davomida turmush o'rtog'i Payoz ota Niyozov bilan birgalikda tinch va ahillikda umrguzaronlik qilganlar.

Hozirda piru badavlat onaxonning 9 nafar farzandi, 37 nevarasi hamda 77 chevara va evaralari bor. Mahallaning na'munali oilalari qatoriga kiruvchi mazkur xonadon nevaralarining 20 nafari oliy ma'lumotga egalar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube
📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM