Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
38.5K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида чарм ва ипак саноатини ривожлантириш, аҳоли бандлигини таъминлаш масалалари муҳокамаси бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития кожевенной и шелковой промышленности, а также обеспечения занятости населения.

#Mirziyoyev #videoselektor #charmsanoati #ipakchilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев қишлоқ хўжалигини иқлим ўзгаришига мослаштириш, ерлардан самарали фойдаланиш ва соҳани илмий ривожлантиришга қаратилган таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по адаптации сельского хозяйства к изменениям климата, эффективному использованию земель и развитию отраслевой науки.

#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #ilmfan

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Audio
Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.

🔘 Yangiyo‘l shahri. Tegishli mutasaddilar "Farovon" mahallasi, Toshkent shox ko‘chasi, M-34 avtomobil yo‘li va Beruniy ko‘chasi bo‘ylarida bo‘lib, mavjud muammolarni koʻzdan kechirishdi.

🔘 Bo'stonliq tumani. Tuman hokimi hududda olib borilayotgan yirik qurilish loyihalari bilan yaqindan tanishdi.

🔘 Bekobod tumani. Tumanda yo’l qurilishi ishlari qizg’in olib borilmoqda.

🔘 Oqqoʻrgʻon tumani. Tuman hokimi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish yuzasidan ishlar holatini oʻrgandi.

🔘 O‘rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi rekonstruksiya qilinayotgan 58-sonli oilaviy poliklinikada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🔘 Nurafshon shahri. Toshkent yo'li ko'chasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔘 Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimining o'rinbosari avtomobil yo'llarida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Hokim_farmoyishi

"Nurafshon business city" hududida test sinovlarini oʻtkazishga moʻljallangan naʼmunaviy tipdagi pavilon quriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Pavilonni qurish xarajatlari uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 2,5 milliard soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_va_ijro

PILLACHILIKDA YANGICHA ISH USLUBI JORIY ETILMOQDA

Davlatimiz rahbarining “Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur hujjat asosida, viloyatimizda ham ishlarni yangicha yoʻlga qoʻyish, bunda xotin-qizlar bandligini taʼminlashga urgʻu qaratish borasida jadal ish olib borilmoqda.

Bugun viloyat hokimligida bu boradagi ishlarning borishi va oldinda turgan vazifalar ijrosiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev raisligida oʻtgan yigʻilishda pillachilikda Vetnam tajribasini ommalashtirish borasida gap bordi.

Xususan, Vetnam tajribasiga ijodiy yondashib, yangicha ish tashkil qilish, yaʼni “Markazlashgan pillaxona” uslubini joriy etish boʻyicha vazifalar belgilab olindi. Jumladan, Piskent, Boʻka, Chinoz tumanlarida ishlar boshlab yuborilgani qayd etildi. Bunda bir paytning oʻzida 400 qutigacha pilla boqsa boʻladigan markazlashgan pillaxonalar Oʻzbekistonda ilk bor tashkil etilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, mart oyida viloyat hokimining oʻrinbosarlari Botir Alimbekov, Zuhra Mirgʻoziyeva boshchiligidagi delegatsiya Vetnamda boʻlib, pilla yetishtirish boʻyicha tajribani oʻrganib qaytgan edi. Pillachilik serdaromad soha hisoblanadi. Markazlashgan pillaxonalarning tashkil qilinishi yiliga 5-martagacha ipak qurti boqish imkoniyatini beradi va tegishli hududlarning iqtisodiy salohiyatiga sezilarli ulush qoʻshadi, ayni paytda, bu xotin-qizlar bandligini taʼminlash borasida ham ijobiy samara berishi kutilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, bugun viloyatimizda 31 ming 746 quti pilla tarqatilgan va sohada qariyb 90 ming nafar aholi, asosan xotin-qizlar mehnat qilmoqda.

Majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Zulayho Mahkamova ishtirok etdi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik

Viloyat hokimi bir qator xitoylik tadbirkorlar guruhini qabul qildi

Batafsil 👈

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM