Toshkent viloyati hokimligi
14.5K subscribers
38.5K photos
5.29K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Maxsus_dayjest

Hafta davomida viloyatimiz shahar va tumanlarida qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar, jumladan "Yashil makon" tadbirlari tafsilotlari bilan qisqa xabarlarda tanishing.

🔘Angren shahri. "Istiqlol" mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔘Bekobod shahri. 1-sektor hududiga qarashli “Yoshlik” mahallasidagi uylar atrofiga 30 dan ortiq manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekildi.

🔘Bekobod tumani. "Mallaboy" mahallasida ipak qurti boqilish jarayoni ko'zdan kechirildi.

🔘Bo'ka tumani. O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Bo'ka tumanida bo'lib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔘Bo‘stonliq tumani. Tuman hokimligi binosi atrofidagi bo‘sh yer maydonlariga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 100 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

🔘Nurafshon shahri. "Degantepa" mahallasi hududida 300 ga yaqin sadaqayrag'och va dub daraxt ko'chatlari o'tqazildi.

🔘Olmaliq shahri. Olmaliq kon metallurgiya kombinati mehnat jamoasi ishtirokida 1,5 million dona daraxt koʻchatlari ekilib, tayyorlangan 5 millionga yaqin qalamchalar yerga qadaldi.

🔘Oqqo'rg'on tumani. Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Z. Mirgaziyeva Oqqo‘rg‘on tumani "Qo‘rg‘ontepa" mahallasida bo‘lib, ipak qurti boqilish jarayonini ko'zdan kechirdi.

🔘Ohangaron shahri. Mahallalarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali daraxt ko'chatlari ekish ishlari davom etmoqda.

🔘Ohangaron tumani. Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari hududlarda chorva mollarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ishlarini olib bormoqda.

🔘Parkent tumani. Fermer xo‘jaliklari tomonidan ichki ariqlarni betonlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔘Piskent tumani. Joriy yilda tumanda 2 840 quti ipak qurti parvarishlanib, 168 tonna pilla xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan. Ayni vaqtda fermerlar va kasanachilar bilan ipak qurti parvarishlash uchun jami 2 840 quti kontraktatsiya shartnomalari tuzishga erishildi.

🔘Chinoz tumani. "Dehqonobod" mahallasidagi xotin-qizlar ipakchilik faoliyatini yo'lga qo'ygan.

🔘Chirchiq shahri. Mutasaddilar ishtirokida 3-kichik nohiyada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar holati hamda sugʻorish tizimi koʻzdan kechirildi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tegishli mutasaddilar ishtirokida "Do'stlik" mahallasida aholi tomonidan yo'lga qo'yilgan qulupnaychilik va qo'ziqorin yetishtirish faoliyati o'rganildi.

🔘Qibray tumani. Tumani hokimi boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishda fermer va xo'jalik rahbarlarining majburiyat hamda vazifalarining to'liq bajarilmayotgani tanqidiy muhokama qilindi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. "Chaqmoq" MFYda yashovchi fuqaro Shohida Ernazarova o'zini-o'zi band qilgan holda, 15 quti pilla qurti yetishtirmoqda.

🔘Yangiyo'l tumani. Tumanda dala maydonlaridagi zararkunandalarga qarshi kurashish yuzasidan seminar o'tkazildi.

🔘Yangiyo‘l shahri. Beruniy ko‘chasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanda 280 ta fermer xo‘jaliklari bilan 170 tonna va 155 ta kasanachi bilan 18 tonna pilla yetishtirish bo'yicha shartnomalar imzolandi.

🔘 Zangiota tumani. Toʻqsonbosti usulida 600 gektardan ortiq maydonda ekilgan ekinlar: sarimsoqpiyoz va sabzi fermerlar tomonidan yig'ishtirilib sotuvi amalga oshirilmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Bugun Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Oʻzbegim otlari” majmuasida axaltekin zotli otlar oʻrtasida koʻrgazmali chiqish boʻyicha “Osiyo marvaridi” VII-jahon chempionati oʻtkazildi.

Unda mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari, viloyat sektor rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari, ot sporti ishqibozlari qatnashdi.

Tadbir davomida zotdor otlarni yetishtirish, parvarishlash texnologiyasi koʻrsatildi. Shuningdek, mehmonlar mazkur ot zavodidagi naslli tulporlarning ozuqa bazasi, saqlash shart-sharoitlari bilan ham tanishdilar.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

Bugun Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Oʻzbegim otlari” majmuasida axaltekin zotli otlar oʻrtasida koʻrgazmali chiqish boʻyicha “Osiyo marvaridi” VII-jahon chempionati oʻtkazildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa

Chirchiqda oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi

Chirchiq shahridagi ”Yangi O’zbekiston” massivida bunyod etilgan 5-son oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, tibbiyot faxriylari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Uch qavatli zamonaviy shifo maskani “Shoxrux qurilish dizayn” MChJ bunyodkorlari tomonidan qurib bitkazildi. Qurilish-montaj ishlariga 14,168 milliard so‘m miqdorda mablagʻ sarflandi.

250 kishiga mo‘ljallangan mazkur tibbiyot muassasasi shahardagi 8 ta mahallada istiqomat qiluvchi 25 mingdan ziyod aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi. Ular uchun chinakam maʼnoda tuhfa boʻldi deyish mumkin. Bu yerda 14 nafar malakali shifokor va 52 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat olib boradi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tuhfa #Fotolavha

Chirchiq shahridagi ”Yangi O’zbekiston” massivida bunyod etilgan 5-son oilaviy poliklinika binosi foydalanishga topshirildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

Boʻstonliq tumani, Xoʻjakent hududi 185q-konturida yer osti piyodalar oʻtish yoʻli quriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Mazkur yer osti piyodalar oʻtish yoʻlining qurilishi uchun 0,22 gektar yer maydoni ajratildi.

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM