Toshkent viloyati hokimligi
14.7K subscribers
40.8K photos
5.57K videos
48 files
22.1K links
Download Telegram
Toshkent viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi

Batafsil

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Audio
Dushanba – viloyat hokimligida hudud tashkilotlari va idoralarida ijro intizomining ahvoli oʻrganiladi hamda muhokama qilinadi. “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” bilan ishlash, muammolarni oʻrganish va amaliy koʻmak berish kuni.

🔘Bo’ka tumani. Byudjet tushumlari va bandlik dasturi rejasining bajarilish holati muhokama qilindi.

🔘Nurafshon shahri. Imkoniyati cheklangan yoshlar o'rtasida "Besh tashabbus" paralimpiadasi ommaviy sport musobaqalari bo'lib o'tdi.

🔘Bekobod tumani. 50-sonli umumta’lim maktabida "Uch avlod" uchrashuvi tadbiri tashkil qilindi.

🔘O’rta Chirchiq tumani. "Temir daftar"da roʻyxatda turuvchi ayollar oʻz xonadonida tomorqachilik faoliyatini yoʻlga qoʻydi.

🔘Chinoz tumani. Yoshlar bandligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha press-tur tashkil etildi.

🔘Oqqo’rg’on tumani. Tuman hokimi dolzarb masalalar yuzasidan navbatdagi yigʻilishni oʻtkazdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Hokim_farmoyishi

Toshkent viloyati hokimining farmoyishi bilan, viloyatdagi tegishli jamgʻarmalarga mablagʻlar yoʻnaltirilishi belgilandi.

Jumladan, Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga 6 milliard 589 million 800 ming hamda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer maydonlarini olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilayotgan zararlarni qoplash boʻyicha hududiy jamgʻarmaga 2 milliard 824 million 200 ming soʻm miqdordagi mablagʻlar yoʻnaltirildi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Президент Шавкат Мирзиёевнинг футбол бўйича Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева молодежной сборной команде Узбекистана по футболу

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Hokim_qarori

Quyi Chirchiq tumanida Yoshlar markazi quriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Tumanning "Navqiron" MFYda joylashgan 0,06 gektar davlat zaxirasidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydoni ajratildi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Rasmiy

TAYINLOV

Akramov Aziz Shavkatovich Toshkent viloyati hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari etib tayinlandi.

A.Akramov 1985-yil Toshkent viloyatining Yangiyo'l tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2007-yil O‘zbekiston milliy universitetini, 2015-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasini magistraturasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Yangiyo'l shahar, Yangiyo'l tuman va Toshkent viloyati hokimliklarida bir nechta mas'ul lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, lavozimga tayinlangunga qadar, Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Obodonlashtirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Hokim_qarori

Viloyatda "Luys Tex Cluster" MChJ tomonidan paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati tashkil etiladi.

Klaster paxta xom-ashyosi yetishtirishdan boshlab uni tayyor mahsulot sifatida sotishgacha boʻlgan ishlab chiqarishning uzluksiz zanjirini, shu jumladan kooperatsiya asosida tashkil qilish hamda mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda sotish kabi vazifalarni bajaradi.

Shuningdek, paxta yetishtirishda mexanizatsiya darajasini oshirib borish hamda suv tejaydigan zamonaviy sugʻorish texnologiyalarini joriy etish belgilangan. Klaster tomonidan paxta xom-ashyosi toʻliq elektron tarozi orqali qabul qilinadi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Rasmiy

Viloyat hokimligida Protokol xizmati tashkil etildi

Ubaydullayev Umidjon Rayimqulovich Toshkent viloyati hokimligi Protokol xizmati bosh mutaxassisi etib tayinlandi.

U.Ubaydullayev 1986-yil Toshkent viloyatining Bo'ka tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2007-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini, 2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Olmaliq va Nurafshon shahar hokimliklarida hokim o'rinbosari, Toshkent viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, lavozimga tayinlangunga qadar, Piskent tumani hokimi o‘rinbosari – Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma'lumot uchun, Protokol xizmati bosh mutaxassisi Toshkent viloyati hokimining xorijiy hamkorlar bilan xalqaro hamkorligini muvofiqlashtiradi va viloyat hokimiga tegishli takliflarni taqdim etadi. Viloyat hokimining xorijiy davlatlarga tashriflarini tashkil qiladi va shu kabi qator vazifalarni bajaradi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Тўра Абдиевич, қаттиқроқ олинг" - Зойир Мирзаев тиббиётда ёш кадрларни ишга олишдаги муаммолар ҳақида

Тошкент вилояти ҳокими тиббиёт муассасалари талабалари билан учрашди. Унда туманлардаги тиббиёт муассасаларига ишга қабул қилишда тегишли қонунлар ишламаётгани, “сунъий баръерлар” қўйилганини айтди.

👉 https://kun.uz/kr/93514361

Kun.uz расмий канали
Audio
Seshanba – hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.

🔘Yangiyo’l shahri. "Bog‘bon" mahallasida shahar hokimining navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

🔘
Nurafshon shahri. Shahar hokimi hamda mutasaddi tashkilot rahbarlari sportchi xonadonida bo'lishdi.

🔘
O’rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi "Aranshi" mahallasida yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

🔘
Bo’stonliq tumani. Tuman hokimi boshchiligida mahalla "yettiligi" tomonidan navbatdagi muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔘
Oqqo’rg’on tumani. Tuman hokimi mahalla “yettiligi” faoliyatini yoʻlga qoʻyishdagi vazifalar yuzasidan ochiq muloqot oʻtkazdi.

🔘Chinoz tumani. "Humo", "Chorvador", "Sutchilar" va "Birlik" mahallalarida yashovchi yoshlarga yer ajratish yuzasidan seminar tashkil etildi.

🔘
Ohangaron shahri. Shahar hokimi va hokim o'rinbosari o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
#Xorij_nigohida

Eron Islom Respublikasining "Farsnews.ir" saytida "O'zbekiston va Afgʻoniston rasmiylari hamkorlikni kengaytirish uchun uchrashmoqda" nomli maqola eʼlon qilindi.

Unda Toshkent viloyatidagi “Qorasuv mebel savdo” oilaviy korxonasi, “Turon Resort and Spa" MChJ va "Heaven's Garden" dam olish maskanlari faoliyati toʻgʻrisida gap boradi.

Maqolani o'qish

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида шу йилнинг апрель ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Hokim_qarori

Mudofaa vazirligiga Bo'stonliq tumani, "Nanay" MFY hududida 10354, 10363-konturidagi davlat zaxirasidagi 500 gektar yer maydoni ajratib berildi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Ajratilgan mazkur yer maydonida "Mudofaa vazirligi bog'i" barpo etilishi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter