Toshkent viloyati hokimligi
14.3K subscribers
38.6K photos
5.32K videos
48 files
21.3K links
Download Telegram
#Jarayon

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan “Assalom, bahor” deb nomlangan maxsus press-tur oʻtkazildi. Tadbir ishtirokchilari Toshkent tumanidagi usta gulchilar xonadonida boʻlib, yetishtirilayotgan anvoi gullar, manzarali daraxtlar, bahoriy sarxil poliz mahsulotlari maydonlarini, parvarishlash jarayonini koʻrishdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati tomonidan “Assalom, bahor” deb nomlangan maxsus press-tur oʻtkazildi.

Toshkent tumani

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RАSMIY АXBOROT

Toshkent viloyatida sholi yetishtirish bilan shugʼullanayotgan tadbirkorlik subʼektlari faoliyati viloyat ishchi guruhi tomonidan oʼrganilmoqda. Unga koʼra, sholi yetishtirish bilan shugʼullanib kelayotgan subʼektlarning ayrimlarida daromadlarini xoʼjalik hisob raqamlarida aylantirmasdan, soliqdan qochish, yetishtirilgan hosil haqidagi statistik maʼlumotlarni yashirish, oʼnlab gektar yerda sholichilik bilan shugʼullangan holda, rasmiy ravishda ishchi olmay, ishchilarni nolegal yollash, foydalanilgan suv uchun toʼlov qilmaslik singari holatlar bor.

Masalan, birgina Yangiyoʼl tumanida 24 ta sholichilik xoʼjaliklari yetishtirilgan hosil haqida yillar davomida davlatga statistik axborot bermagan, daromadini yashirgan, 16 ta fermer xoʼjaliklari oʼzboshimchalik bilan sholi ekib kelmoqda.

Ishchi guruh oʼrganishlari yakuni bilan bu kabi vaziyatlarga qonunchilikda belgilangan tartibda qatʼiy chora koʼriladi.

~~~~~~~~~~~~~~~~~

РАСМИЙ АХБОРОТ

Тошкент вилоятида шоли етиштириш билан шуғулланаётган тадбиркорлик субъектлари фаолияти вилоят ишчи гуруҳи томонидан ўрганилмоқда. Унга кўра, шоли етиштириш билан шуғулланиб келаётган субъектларнинг айримларида даромадларини хўжалик ҳисоб рақамларида айлантирмасдан, солиқдан қочиш, етиштирилган ҳосил ҳақидаги статистик маълумотларни яшириш, ўнлаб гектар ерда шоличилик билан шуғулланган ҳолда, расмий равишда ишчи олмай, ишчиларни нолегал ёллаш, фойдаланилган сув учун тўлов қилмаслик сингари ҳолатлар бор.

Масалан, биргина Янгийўл туманида 24 та шоличилик хўжаликлари етиштирилган ҳосил ҳақида йиллар давомида давлатга статистик ахборот бермаган, даромадини яширган, 16 та фермер хўжаликлари ўзбошимчалик билан шоли экиб келмоқда.

Ишчи гуруҳ ўрганишлари якуни билан бу каби вазиятларга қонунчиликда белгиланган тартибда қатъий чора кўрилади.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio 01.03.2024
<unknown>
🟦🟦🟩🟩

Juma – qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.

🔘Bekobod tumani. "Do’stlik" kanali bosh inshootini rekonstruksiya va modernizatsiya qilishning 4-bosqich ishlari tegishli mas'ullar tomonidan o’rganildi.

🔘Yangiyo’l shahri. Qurilish ishlari hajmi ortib bormoqda.

🔘Chinoz tumani. Tumanda oqava suv tizimi va inshootlarini rekonstruksiya qilish rejalashtirilmoqda.

🔘O’rta Chirchiq tumani. Tuman hokimi "Guliston" mahallasida amalga oshirilayotgan ko‘prik va yo‘l qurilishi ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🔘Nurafshon shahri. Markaziy ko'chalarda qurilish, obodonlashtirish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_siyosati

Respublika  ishchi guruhi Toshkent viloyatidagi mahallalarda o‘rganish olib boradi

Hududlarda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlarni koʻzdan kechirish hamda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2024 yil 12-yanvar kuni Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan yigʻilishida qoʻyilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan respublika ishchi guruhining navbatdagi oʻrganishlari joriy yilning 1-6 mart kunlari Toshkent viloyatida olib boriladi.

Jumladan, ishchi guruh vakillari bilan Nurafshon  shahridagi Yoshlar markazida tashkil etilgan muloqotda yoshlar bilan ishlash,  ularga amaliy  yordam koʻrsatish hamda Prezidentimizning Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan yigʻilishida bergan topshiriqlari yuzasidan Toshkent  viloyatida 296 ming 542 ta yoshlar  6 ta huquqni muhofaza  qiluvchi organlarda faoliyat olib  boruvchi 1831 kishiga biriktirilgani xususida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, 2024 yilda yoshlarni otaliqqa olish va ular bilan manzilli ishlash mexanizmi yuzasidan  fikr almashildi.

6-martga qadar ishchi guruh Toshkent  viloyatidagi mahallalarda oʻrganish ishlarini olib boradi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#LIVE

Ayni damda Parkent tumani “Qiziltogʻ” qoʻrgʻonidagi “Chotqol” madaniyat markazida viloyati hokimi Zoyir Mirzayev madaniyat va sanʼat sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar, axborot-kutubxona markazlari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazmoqda.

Jarayonni quyidagi havolalar orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin.

👉 Facebook

👉 YouTube


🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu

Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 23-fevral kuni  yoshlarining bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida o‘g‘il-qizlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularga  sifatli  ta'lim berish, intilishlarini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan qator masalalarga alohida e'tibor qaratib, ustuvor vazifalarni belgilab berdi.

Ana shu vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi hududiy  mas'ullari vakillari yoshlarga murojaat  bilan chiqishmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_farmoyishi

"Eng naʼmunali mahalla raisi" koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi oʻtkaziladi

"Eng naʼmunali mahalla raisi" koʻrik-tanlovining Toshkent viloyati bosqichi oʻtkazilishi belgilandi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Tadbirni oʻtkazish uchun 67 million 900 ming soʻm miqdorda mablagʻ ajratildi. Mazkur mablagʻlar tadbir xarajatlari va tanlov gʻoliblarining gonorarlari uchun sarflanadi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
🟦🟦🟩🟩

Shanba – qishloq xoʻjaligi sohasi va fermerlar kuni. “Yashil makon” tadbirlari bilan izchil shugʻullaniladigan kun.

🔘Yangiyo’l shahri. Shaharda arzonlashtirilgan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi savdo yarmarkalari oʻtkazildi.

🔘
Zangiota tumani. Tumanda 2024-yil hosili uchun ertaki ekinlar ekish mavsumi boshlandi.

🔘Bo’ka tumani. Qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash masalalari ko’rib chiqildi.

🔘
Chinoz tumani. Tuman hokimi boshchiligida "Birlik" mahallasida issiqxona va tomorqachilikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

🔘Bekobod tumani. Tumanda dehqonlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hosilini ekish jarayonlarini boshlab yuborishdi.

🔘Oqqo’rg’on tumani. Qishloq xoʻjaligi xodimlari ishtirokida seminar tashkil qilindi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM