Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
39K photos
5.35K videos
48 files
21.5K links
Download Telegram
#Ichki_turizm

Viloyat hokimligida ishlayotgan xotin-qizlar uchun Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi

Ayni paytda Toshkent viloyati hokimligida mehnat qilayotgan bir guruh xotin-qizlar Samarqand shahrida boʻlib turishibdi.

Ular qadimiy shaharning mashhur ziyoratgohlarida boʻlib, madaniy hordiq chiqarishmoqda.

8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tashkil etilgan mazkur sayohat doirasida vakillarimiz Samarqand viloyatidagi yana bir qator diqqatga sazovor joylar, ziyoratgohlarga borishi kutilmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb

“Tahlilnoma”ning kechagi sonida viloyatimizda “Oqqoʻrgʻon tajribasi” asosida olib borilayotgan ishlarga bagʻishlangan maxsus videosharh namoyish etildi.

Sharh muallifi: Bahodir Yusupov.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Bo'stonliq tumanidagi dam olish maskani 61 mlrd so'mga sotildi

Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, Qoronqul MFYda joylashgan boshlang'ich narxi 37 mlrd so'mlik Anhor Sayli (sobiq “Aziz” va “Kazbek”) dam olish oromgohlari ochiq auksion natijasida 61 mlrd so'mga sotildi.

Ushbu onlayn-savdo 5 nafar talabgor o'rtasida qizg'in kechdi va savdoda boshlang'ich narxga nisbatan 24 mlrd so'm qimmatroq narx taklif etildi.

Ma'lumot uchun, ushbu davlat aktivi 1,9 gektar yer maydoni hamda 3831 kv metr bino-inshootlarga ega.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#jarayon

4-mart Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilgan kun!

4-mart Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etilganligining
27 yilligi munosabati bilan joriy yilning 5-mart kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan “Kimyogarlar” saroyida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida uzoq yillar davomida xizmat qilgan faxriy ustozlar hamda viloyat aholisi
va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va yongʻin xavfsizligini taʼminlashda oʻz xizmat vazifalarini vijdonan bajarib, kechiktirib boʻlmaydigan qidiruv-qutqaruv ishlarida jasorat va motonat koʻrsatgan harbiy xizmatchi va xizmatchi xodimlar viloyat hokimining tegishli Farmoyishiga binoan, qimmatbaho sovgʻalar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Ushbu bayram tadbiri viloyatning barcha shahar-tumanlarida koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazilib, sohada samarali xizmat qilib kelayotgan qutqaruvchilar shahar va tuman xokimliklari tomonidan munosib tarzda ragʻbatlantirildi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#shukuh

O'rta Chirchiq tumani hokimining tashabbusi bilan, 8-mart ~ Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan tumandagi barcha sohalarda faoliyat yurituvchi ishchi xodimlar uchun "Muhabbat koshonasi" to'y va marosimlar majmuasida tashkil qilingan tantanavor tadbir boshlandi.

Tadbirda tuman hokimi boshchiligida, sektor rahbarlari, barcha mutasaddi mas'ullar hamda bayram sohibalari bo'lgan xotin-qizlar ishtirok etmoqdalar.

Bayramni O'rta Chirchiq tumani hokimi Qosimov Ixtiyor Rustamovich samimiy tilaklarga yo'g'rilgan so'zlari bilan ochib berdi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bildirish

Umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi

Hukumat farmoyishiga asosan Navroʻz umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik koʻrish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2023-yil 11-mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

Nurafshon shahrida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida ommaviy koʻchat oʻtqazish tadbiri boʻlib oʻtdi.

Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev qatnashdi. Jarayon bilan lavhamizda tanishing.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ehtirom

Ayol borki, olam munavvar!

Ayol nafosati va nazokati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos bo‘lib keladi.

Yasharish va umidbaxsh faslning ilk kunlarida Piskent tumanida ham Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi. “Lola” tantanalar majmuasida bo‘lib o‘tgan tadbirga tumanning faol ayollari, shu bilan birga turli sohalarda xizmat qilayotgan xotin-qizlar vakillari, obodonlashtirish boshqarmasi hamda tashkilot va korxonalarda mehnat qilayotgan 300 nafar xodimalar taklif etildi.

Tuman hokimi Nodirbek Yakubov ayollarni tabriklar ekan, ularga eng samimiy va ezgu tilaklarini izhor etdi. E’tibor va e’tirof, fayzli davra, to‘kin dasturxon, san’atkorlar va madaniyat bo‘limi xodimlarining badiiy dasturlari yig‘ilganlar ko‘ngliga xush kayfiyat baxsh etdi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бугун Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис Қонунчилик палатаси депутатлари ва Сенати аъзолари, Олий суд раҳбарияти билан учрашди. Учрашувда Конституцияга ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш юзасидан халқимиз томонидан келиб тушган таклифлар якунлари бўйича маслаҳатлашув бўлиб ўтди.

Депутатлар жамоатчилик томонидан юборилган 200 мингдан ортиқ таклифларнинг ҳар бирини синчиклаб ўрганиб чиқишди, бунда халқаро тажриба ҳам инобатга олинди, турли соҳалардан етук мутахассислар ва экспертлар жалб этилди.

Бир неча ой давом этган ўрганишлар натижасида Ўзбекистон Республикаси Конституциясига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш тўғрисидаги Конституциявий қонун лойиҳасининг якуний таҳрири тайёрланди.

Мазкур қонун лойиҳасида ижтимоий-иқтисодий, сиёсий ва давлат бошқаруви соҳаларига оид ўта муҳим ўзгаришлар акс этгани сабабли қонун лойиҳасини референдумга қўйишдан аввал депутатлар Ўзбекистон Республикаси Конституциясининг 83-моддасида белгиланган қонунчилик ташаббусига эга субъектлар билан маслаҳатлашувлар ўтказмоқда.

Бунда парламент ва ҳукумат, жамоатчилик вакиллари қонун лойиҳасига ўз таклифлари ва фикр-мулоҳазаларини билдирмоқда.

Шунингдек, мазкур қонун лойиҳаси Конституциявий суд томонидан алоҳида кўриб чиқилиши ва хулоса берилиши қайд этилди.

Маслаҳатлашувлар давом этади.

Facebook|Instagram|Twitter