Toshkent viloyati hokimligi
14.9K subscribers
40.4K photos
5.55K videos
48 files
22K links
Download Telegram
#Kun_tartibi

Chinoz tumani markazi katta o‘zgarishlar arafasida

Bugun Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Chinoz tumanida bo‘lib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xususan, infratuzilmani yaxshilash borasida aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan holatlarni tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokama qildi.

Bu yerda yillar davomida e’tibordan chetda qolib ketgan muammolar to‘planib qolgan. Jumladan, o‘sib borayotgan mashinalar qatnovi hisobga olingan holda ko‘chalar kengaytirilmagan, yo‘l yoqalariga o‘zboshimchalik bilan qurib olingan savdo nuqtalari transportlar oqimiga xalal beryapti, markaz piyodalar uchun xatarli holatga kelib qolgan, xiyobon ham alohida obodonlashtirishga muhtoj.

Zoyir Mirzayev Chinoz markazini piyoda aylanib, bu hududlar qiyofasini tubdan o‘zgartirish, insonlar xotirjam yurishi, dam olishi, sayrga chiqishi, bozor-o‘char qilishi uchun qulay maskanga aylantirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

“Eltuz” telegram kanalida Ohangaron tumanida 20 gektar giloszordagi daraxtlar kesib tashlangani haqida tanqidiy material chop etildi. Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Postda yozilganidek, Ohangaron tumanidagi 20 gektar giloszor deyilayotgan bogʻ, aslida, “Buviniso Olima” fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan bodomzor boʻlib, ushbu bodomzor 2020-yilda tashkil etilgan. Yangi ekilgan bodomlar erta gullaydigan navidan boʻlganligi sababli, oʻtgan yili qishda koʻchatlarni sovuq urgan. Fermer xoʻjaligi rahbari Iskandar Sarimsaqov 2024-yilning 16-fevral kuni oʻz fermer xoʻjaligiga qarashli 592, 593, 594, 595, 596 va 597-konturdagi jami 16 gektar yer maydonidagi bodomzorning hosildorligi va rentabelligi yoʻqligi sababli, ushbu bogʻni buzib, oʻrniga boshqa daraxt koʻchatlarni oʻtqazishni soʻrab, tuman hokimiga murojaat etgan. 

Uning ushbu murojaati yuzasidan tuman Fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari Kengashi rahbari Abdumannob Xoʻjayorov boshchiligida ishchi guruh tuzilib, fermerning arizasida koʻrsatilgan holat oʻrganildi. Oʻrganishlar davomida mazkur yer maydoniga 2019-2020-yil bahor-kuz oylarida bodomning “Qilich”, “Бумажный” navlari ekilgan va ushbu bogʻga tomchilatib sugʻorish texnologiyalari joriy qilingan. Biroq jami 16 gektar yer maydonidagi bodomzor 2023-yil qish oylaridagi anomal sovuq tufayli hamda tuproq iqlim sharoitining sovuqligi, shuningdek, bodomlar erta gullaganligi bois, uning gullari, kurtaklari va tana qismini sovuq urganligi aniqlangan. Koʻchatlar yaroqsiz holga kelganligi uchun, ushbu bodomzor iqtisodiy jihatdan samarasiz, deb topilgan. Fermerga esa ushbu bogʻni buzib, iqlim sharoitidan kelib chiqib, eksportbop, intensiv, serhosil va iqtisodiy samarador boʻlgan mevali daraxt koʻchatlarini ekish tavsiya etilgan.

Shundan kelib chiqib, “Buviniso Olima” fermer xoʻjaligi rahbari oʻz xohishi bilan ushbu bogʻni 2024-yilning dekabr oyida buzgan. Ushbu yerga fermer xoʻjaligi tomonidan shu yilning bahor oylarida boshqa turdagi mevali daraxt koʻchatlarini ekish rejalashtirilgan.

Bu joy kommunikatsiya tarmoqlari va aholi yashash manzilidan uzoqligi bois, koʻp qavatli uylar qurilishi toʻgʻrisidagi gaplar mutlaqo asossizligini bildiramiz.

Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Tojikistonning So‘g‘d viloyati delegatsiyasi Toshkent viloyatida bo‘ldi
________

Ахборот 24 | Делегация Согдской области Таджикистана постели Ташкентскую область

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori #Governor_resolution #Решение_хокима

Nurafshonda yopiq suv havzasi majmuasi
quriladi
________

An indoor pool complex will be
built in Nurafshan
________

В Нурафшане
планируется построить плавательный комплекс закрытого типа

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tashabbus #Initiative #Инициатива

Zangiotada rassomchilikka ixtisoslashgan sinflar tashkil
etilmoqda
________

In Zangiota, specialized classes in painting are being
established
________

В Зангиатинском районе организуются учебные классы,
специализирующиеся на углубленном изучении изобразительного искусства

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kun_tartibi

Sport sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi

Bugun viloyat hokimligida hududda sportni rivojlantirish borasida 2024-yil yakunlari va 2025-yil uchun ustivor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Viloyat sport jamoatchiligi, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishga masʼul rahbarlar qatnashgan yigʻilishda davlat rahbarining sohani rivojlantirishga doir qaror va farmonlarining ijrosi xususida soʻz bordi.

Majlisda sport federatsiyalari faoliyatini muvofiqlashtirish borasidagi yutuq va kamchiliklar tanqidiy koʻrib chiqildi. Bunda sport maktablari va toʻgaraklar, havaskorlik klublari bilan hamkorlikni tizimli yoʻlga qoʻyish, seleksiya ishlariga jiddiy yondashish zarurligi qayd etildi.

Viloyatda ommaviy sportni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, oʻtgan yilda viloyatda 20 ta universal, 22 ta stritbol-vorkaut sport maydonchalari qurib, foydalanishga topshirildi. Havaskorlar oʻrtasida turli musobaqalar, turnirlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish borasida jismoniy tarbiya va sport muhim oʻrni tutadi. Turli darajadagi sport tadbirlari miqdorini oshirish, aholi qamrovini koʻpaytirishimiz zarur, deya taʼkidlandi yigʻilishda. Majlisda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarning axboroti eshitildi.

Yigʻilishda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va nutq soʻzladi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида олимпия ва паралимпия ҳаракатини янада ривожлантириш, оммавий спортни янги босқичга олиб чиқиш ҳамда аҳоли жисмоний фаоллигини ошириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам дальнейшего развития олимпийского и паралимпийского движения, выведения массового спорта на новый уровень, а также повышения физической активности населения.

Facebook|Instagram|X