Toshkent viloyati hokimligi
14.6K subscribers
41.3K photos
5.66K videos
48 files
22.4K links
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Европа тикланиш ва тараққиёт банки президенти Одиль Рено-Бассо бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял делегацию Европейского банка реконструкции и развития во главе с его президентом Одиль Рено-Бассо.

#Mirziyoyev #qabul #YTTB #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Shukuh

Nurafshonda tinch va osuda hayot nafasi joʻsh urmoqda

Bugun bahorning soʻngi oyi boshlandi. Nurafshonda havo ochiq. Kimdir roʻznomani ikki ayirgan, kimdir doʻstlari bilan shohmot tashlayapti, bolalar shoʻx-shodon kulib, favvora atrofida oʻynayapti. Xiyobon radiokarnayidan Maʼmurjon Uzoqov, Sherali Joʻrayev, Komiljon Otaniyozov singari buyuk hofizlarning oʻlmas qoʻshiqlari taralib turibdi.

📸 Nozim Abdulla olgan surat-lavha.

👉 Batafsil foto lavhalar

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#so‘z_yetakchiga

QUYOSH HAR TONG BO'STONLIQ TOG'LARIDAN BOSH KO'TARADI, BAHORNING ILK KO'KLAMLARI ESA PARKENT QIRLARIDA BO'Y KO'RSATADI

Ruhshona shu kengliklardan quyosh chiqar tomonlarga kelin bo‘ldi. Oilasiga mehr qo‘yib, navniholdek ildiz otdi.


O‘zi Parkentning qizlari ro‘zg‘orda tadbirli, ishida tartibli bo‘ladi. Gapimga shubha qilganlar Bo‘stonliqqa borsin, uning tashkilotchiligini, yoshlar ishtirokida amalga oshirayotgan ishlarini ko‘rsin.

Ruhshona Ahrorova, Bo‘stonliq tumanidagi “Xo‘jaobod” mahallasi yoshlar yetakchisi:

—  Yilning to‘rt faslida ham hovlimiz etagida mayin shabada esib turadi. U bolaligim o‘tgan ota uyimga tez-tez borolmagan kunlarimning sog‘inchli salomlarini yetkazadi. Ishimni yaxshi ko‘raman. Yoshlar bilan ishlash har doim menga kuch va zavq bag‘ishlaydi.

▶️Batafsil

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Audio
Chorshanba – investitsiya, eksport masalalarini o‘rganish va sanoat zonalarida olib borilayotgan ishlar bilan tanishish kuni.

🔘Bekobod shahri. Shahar hokimi Xitoylik investorlar bilan uchrashdi.

🔘Chinoz tumani. Tuman hokimi "Pronto textile" mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.

🔘Bekobod tumani. Tuman hokimining o’rinbosari "Green agro food" korxonasida bo’lib, olib borilayotgan ishlarni koʻzdan kechirdi.

🔘Angren shahri. Shahar hokimi tegishli mutasaddilar bilan birga ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini oʻrgandi.

🔘Ohangaron shahri. Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparkiga tashrif buyurdi.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tuman hokimi va mutasaddilar kichik sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi.

📹DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
Бироздан сўнг Халқаро конгресс марказида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида учинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми бошланади.

Давлатимиз раҳбарининг форум ялпи мажлисидаги нутқини Президент Матбуот хизматининг Facebook ва YouTube даги расмий саҳифаларида жонли эфирда томоша қилинг.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида учинчи Тошкент халқаро инвестиция форуми бошланди.

Форумнинг ялпи сессиясида БМТ Бош котиби ўринбосари Татяна Молчан, Қирғизистон Вазирлар Маҳкамаси Раиси Ақилбек Жапаров, Туркия вице-президенти Жавдат Йилмаз, Саудия Арабистони энергетика вазири Абдулазиз бин Салмон Ол Сауд, Сингапур Парламенти Спикери Сиа Киан Пенг, Европа тикланиш ва тараққиёт банки президенти Одиль Рено-Бассо, ОПЕК Халқаро тараққиёт жамғармаси президенти Абдулҳамид Ал-Халифа ҳам қатнашмоқда.

Сессияга CNN телеканали журналисти Ричард Квест модераторлик қилмоқда.

Айни дақиқаларда ялпи сессияда Президентимиз нутқ сўзламоқда.

Facebook|Instagram|X
Президент Шавкат Мирзиёев учинчи Тошкент халқаро инвестиция форумининг ялпи мажлисида нутқ сўзламоқда.

Давлатимиз раҳбари форум иштирокчиларини самимий қутлаб, йилдан-йилга яхши анъанага айланиб бораётган ушбу формат доирасида юртимизда дунёнинг барча қитъаларидан янгидан-янги ишончли ҳамкорлар жам бўлаётганини таъкидлади.

Ўтган уч йил давомида мазкур форум икки ва кўп томонлама ҳамкорликни кенгайтириш, энг долзарб муаммоларни муҳокама қилиш, илғор ғоя ва ёндашувларни ишлаб чиқиш учун самарали мулоқот майдонига айланди.

Бугунги тадбирда 93 та давлатдан икки ярим мингдан ортиқ хорижий меҳмонлар келгани ҳам форумнинг аҳамияти тобора ортиб бораётганини яққол тасдиқлайди.

Бу ўз навбатида, мамлакатимизда ортга қайтмас тус олган ислоҳотларга, ўзаро манфаатли ҳамкорликни йўлга қўйишга бўлган улкан қизиқишдан далолат беради.

Facebook|Instagram|X
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Zakovat yoki ta’mirtalab yo‘l” nomli video murojaat tarqaldi. Mazkur murojaat mutasaddilar tomonidan oʻrganib chiqildi va bu boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan, davlat ahamiyatidagi 4 R 17 a “A 373-a avtoyo‘lidan Bektemir shahriga shoxobcha” avtomobil yo‘li qoplamasida hozirgi kunda yuqori yuk ko‘taruvchi transport vositalari qatnovi hamda yog‘ingarchiliklar sababli, chuqurcha va buzilishlar yuzaga kelgan edi.

Joriy yilning 13-16-aprel kunlari xizmat ko‘rsatuvchi "Bordonko‘l" YFDM tomonidan yo‘l qoplamasida vujudga kelgan chuqurchalar joriy ta’mirlangan hamda harakat xavfsizligi ta’minlanganini maʼlum qilamiz.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|