#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Parkent tumani So'qoq qishlog'ida 13-aprel kuni kuchli sel kelgani haqida video xabar tarqaldi.
✔️Ushbu holat yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.
13-aprel kuni qisqa muddatda yog‘ib o‘tgan ko‘p miqdordagi kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Parkent tumani So'qoq qishlog'ining Chashma mahallasida sel oqimlari yuzaga kelgan.
Hodisa oqibatida Parkent tumani So'qoq qishlog'ining Chashma mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi suv yo'liga kuchli yog‘ingarchilik oqibatida oqib kelgan suv sig‘may, mazkur hududdagi avtomobil yo‘lining qatnov qismiga toshib chiqgan.
Parkent tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va tegishli xizmatlar tomonidan mazkur holat yuzasidan hududda o'rganish ishlari olib borildi va o'rganish natijasida hech qanday talofatlar yuzaga kelmaganligi aniqlandi.
🌐 Telegram 🌐Website 🌐 YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Twitte

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda “Zakovat yoki ta’mirtalab yo‘l” nomli video murojaat tarqaldi. Mazkur murojaat mutasaddilar tomonidan oʻrganib chiqildi va bu boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Yuqori Chirchiq tumani hududida joylashgan, davlat ahamiyatidagi 4 R 17 a “A 373-a avtoyo‘lidan Bektemir shahriga shoxobcha” avtomobil yo‘li qoplamasida hozirgi kunda yuqori yuk ko‘taruvchi transport vositalari qatnovi hamda yog‘ingarchiliklar sababli, chuqurcha va buzilishlar yuzaga kelgan edi.
Joriy yilning 13-16-aprel kunlari xizmat ko‘rsatuvchi "Bordonko‘l" YFDM tomonidan yo‘l qoplamasida vujudga kelgan chuqurchalar joriy ta’mirlangan hamda harakat xavfsizligi ta’minlanganini maʼlum qilamiz.
🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte|

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi imzosi bilan viloyatdagi barcha tashkilotlar rahbarlari va tuman hokimlari nomiga yoʻllagan xatda shanba – dam olish kunida videoselektor yigʻilishi oʻtkazilishi belgilangani tanqid ostiga olingan.
Mazkur yigʻilish bekor qilinganini maʼlum qilamiz.
✅ Telegram🌐 Website📹 YouTube✅ Facebook🕊 Twitter
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi imzosi bilan viloyatdagi barcha tashkilotlar rahbarlari va tuman hokimlari nomiga yoʻllagan xatda shanba – dam olish kunida videoselektor yigʻilishi oʻtkazilishi belgilangani tanqid ostiga olingan.
Mazkur yigʻilish bekor qilinganini maʼlum qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat
“Oʻzbekiston 24” telekanalida namoyish etilgan Qibray tumani “Yangiyoʻl” MFY da joylashgan “Boʻri ota” (Sotiq Bugʻroxon) ziyoratgohi atrofidagi ichki yoʻllar taʼmirtalab ekanligi haqidagi materialga rasmiy munosabat
Mazkur material muallifi masalaga bir tomonlama yondashib, masʼullar fikrini inoabatga olmagan, “Boʻri ota” ziyoratgohi va unga eltuvchi yoʻl abgor holatda emas.
Xalq tilida “Boʻri ota” deb nomlangan mazkur ziyoratgoh 2022-yilda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan toʻliq taʼmirlanib, oʻsha yili avgust oyida foydalanishga topshirilgan. Ziyoratgohga tutash asosiy koʻchalarda toʻliq asfaltlashtirish ishlari bajarilgan.
“Yangiyoʻl” MFYdagi Farovon koʻchasi va dala hovlilar joylashgan “Orom-3” koʻchasi bilan tutash 130 metr masofa loyiha rejasiga kiritilmaganligi sababli taʼmirlanmagan.
Maʼlumot oʻrnida, “Tashabbusli byudjet” loyihasining joriy yil birinchi bosqichida gʻolib boʻlgan “Orom-3” koʻchasi toʻliq asfalt qilinadi. Yoʻlning loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va ekspertiza xulosasini olish uchun hujjatlar taqdim qilingan. Mazkur xulosa asosida kelasi oydan ish boshlanishi rejalashtirilgan.
Taʼkidlaymizki, videolavha tasvirga olinayotganda, Qibray tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan jurnalist Q.Abduxoliqovga yoʻlni taʼmirlash ishlari, kelgusi rejalar haqida aniq maʼlumotlar taqdim etilgan. Biroq, jurnalist masalaga bir yoqlama yondashib, masʼullarning bu boradagi fikrini lavhaga qoʻshmagan va jurnalistik kasb etikasini buzgan, deb hisoblaymiz.
Behzod Kabulov,
viloyat hokimining matbuot kotibi-axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari Nizom Abdullayev deontologiya va tibbiy etika qoidalariga zid ravishda tibbiyot xodimini kurakdan turmaydigan soʻzlar bilan haqorat qilayotgani aytilgan videolavha tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
Aniqlanishicha, ushbu voqea joriy yilning 7-iyun kuni Chirchiq shahrida joylashgan viloyat Koʻp tarmoqli tibbiyot markazining ertalabki hisobot yigʻilishi vaqtida kuzatilgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, holat atroflicha oʻrganilmoqda.
Uning natijalari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.
Toshkent viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Zoir Mirzayev xodimlarini ragʻbatlantirish uchun viloyat byudjetidan 3 mlrd. soʻmga yaqin pul ajratdi” mazmunidagi tanqidiy xabarlar eʼlon qilinmoqda.
Mazkur mablagʻlar hokimlikning 144 nafar apparat va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga, Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati hamda “Yangi ish oʻrinlarini tashkil etishni ragʻbatlantirish hududiy jamgʻarmasi” xodimlariga joriy yilning 2-yarim yillik ish haqlariga teng muvofiqlikda ajratilgan ragʻbatlantirish mablagʻlaridir.
Xodimlarni ragʻbatlantirish mezonlari mavjud boʻlib, har oyda xodimlarning faoliyat samaradorligi 7 ta yoʻnalishda baholanadi, bunda ijro va mehnat intizomi inobatga olinadi.
Ajratilgan mablagʻlar davlat Rahbarining tegishli topshiriqlariga asoslanib, respublikamizda davlat boshqaruv organi xodimlarining ish haqlari muvofiqlashtirilguniga qadar toʻlanishi nazarda tutilgan.
Behzod Qobulov,
Toshkent viloyati hokimining axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi - matbuot kotibi.

Boʻstonliq tumanida sodir boʻlgan yongʻin toʻgʻrisida maʼlumot
Kecha, 26-sentyabr kuni soat 22:23 da Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Chinor” MFY, Shirmonbuloq koʻchasida joylashgan uylarda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:30 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 23:10 da qurshab olingan va soat 23:55 da oʻchirilgan.
Yongʻin natijasida 2 ta uyning taxminan 150 kv.m. maydonda tom va ichki qismi yonib zararlangan.
Yongʻinni bartaraf etishga 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va 3 ta suv tashuvchi avtoulov jalb etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar toʻgʻrisida xabar kelib tushmadi.
Yongʻin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube 📸 Instagram✅ Facebook 🕊 Twitter

Forwarded from Piskent tuman hokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Piskent tumani Qirqqizobod hududida och bo‘rilar sang‘ib yuribdi mazmunidagi videomurojaat tarqaldi. Holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Qirqqizobod hududi tog‘li hududda joylashganligi sababli, har yili qish mavsumida qor yog‘ishi oqibatida yovvoyi hayvonlar, jumladan bo‘rilar ham qishloqlarga kelishi kabi holatlar kuzatiladi.
Bugun erta tongdan boshlab yovvoyi hayvonlarni tutuvchi maxsus guruh hududga jalb etildi. Hozirda bo‘rilarni qidirish va ularni zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda.
Tutilgan bo‘rilarni tabiiy muhitiga yaqin sharoit yaratish maqsadida hayvonot bog‘iga yuborish rejalashtirilgan. Qayd etish joizki, hozirgacha aholiga hech qanday zarar yetmagan.
➡️ Кириллда ўқиш
✅ Telegram | 🌐 Instagram |📹 YouTube |🌐 Website